35
huquq va majburiyatlarini amalga oshirish vositasi hisoblanadi. Bu
huquqiy munosabatlar moliyaviy rejalarda nazarda tutilgan muayyan
miqdordagi pul mablag‘larini moliyaviy-huquqiy munosabatlar qatnash-
chilari ixtiyoriga berish va ulardan belgilangan maqsadda foydalanish
bilan bog‘liq bo‘lgan tashkiliy-hokimiyat
vakolatlar orqali ham, mulkiy
huquq va majburiyatlar orqali ham amalga oshirilishi mumkin.
O‘z mazmuniga ko‘ra, masalan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat hokimiyat va
boshqaruv
organlari, viloyatlar va Toshkent shahri o‘rtasida tegishli
ma’muriy-hududiy birliklarga respublika budjetidan qat’iy aniq belgi-
langan maqsad bo‘yicha foydalanilishi lozim bo‘lgan budjet subvensiya-
larini ajratish bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan moliyaviy-
huquqiy
munosabatlar moddiy hisoblanadi. Davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi
subyektlar o‘rtasida moliyaviy nazoratni amalga oshirish bo‘yicha yuzaga
keladigan huquqiy munosabatlar ham mazmuni bo‘yicha
shunday
munosabatlardir. Soliq to‘lashi lozim bo‘lgan soliq to‘lovchilar bilan soliq
to‘lanishini talab qilish huquqi berilgan soliq organlari o‘rtasidagi
huquqiy munosabatlar moddiy moliyaviy-huquqiy munosabatlarga yana
bir misoldir va bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Bu o‘z
xususiyati va maqsadli yo‘nalishi bo‘yicha ko‘plab
turli moliya huquqi
moddiy normalarining mavjudligi bilan bog‘liq bo‘lib, ular asosida u yoki
bu moddiy moliyaviy-huquqiy munosabatlar yuzaga keladi.
Protsessual
moliyaviy-huquqiy munosabatlar davlat pul jamg‘arma-
larini taqsimlash tartibi, ulardan foydalanishni nazorat qilish shakl va
uslublarini belgilash munosabati bilan yuzaga keladi. Ushbu huquqiy
munosabatlar asosan davlat-hokimiyat xususiyatiga ega bo‘lib, bu
xususiyat ushbu huquqiy munosabatlar tomonlarining subyektiv
protses-
sual huquq va majburiyatlarini qat’iy belgilash va tartibga solishda
namoyon bo‘ladi. Protsessual moliyaviy-huquqiy munosabatlarga budjet
jarayoni, soliq ishlarini olib borish va boshqa sohalarda yuzaga keladigan
huquqiy munosabatlar kiradi. Ushbu huquqiy munosabatlarning eng
muhim o‘ziga xos xususiyatlari davlat organlarining
belgilangan shakl va
turdagi hujjatlaridan foydalanish, u yoki bu harakatlarni amalga oshirish
vaqtida muayyan izchillik va muddatlarga rioya etishdan iborat.
Ko‘rsatilgan barcha xususiyatlarni o‘zida mujassamlantirgan protsessual
moliyaviy-huquqiy munosabatlarga budjetnoma bo‘yicha huquqiy
munosabatlar misol bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Masalan, «Budjet
tizimi to‘g‘risida»gi qonunning 28-moddasiga muvofiq O‘zbekiston
36
Respublikasi Moliya vazirligi belgilangan ko‘rsatkichlar ro‘yxati
bo‘yicha budjetnoma loyihasini ishlab chiqadi va uni 15-sentabrgacha
Hukumatga taqdim etadi, keyin u joriy yilning 15-oktabridan kechik-
tirilmagan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomoni-
dan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritiladi.
Moliyaviy-huquqiy munosabatlar
Dostları ilə paylaş: