33
uchun, soliqlar va yig‘imlarni hisoblash va to‘lash uchun zarur bo‘lgan
deklaratsiya, hisob-kitoblar va hisobotlarni taqdim etmagani uchun
to‘lovchidan muddati o‘tgan har bir kun uchun bir foiz miqdorida, ammo
tegishli to‘lov summasining o‘n foizidan ortiq bo‘lmagan
miqdorda jarima
undirib olinib, belgilangan to‘lov muddatida tegishli hisobot davri uchun
ilgari hisoblangan to‘lovlar olib tashlanadi.
Moliyaviy-huquqiy munosabatlarning yuzaga kelishi, o‘zgarishi va
tugallanishiga asos bo‘lgan
hodisalar
odamlarning xohish-irodasiga
bog‘liq bo‘lmagan holda sodir bo‘ladigan voqyea-hodisalardir (bolaning
yoshi, o‘lim, tabiiy ofat va boshq.). Masalan, o‘n olti yoshgacha ikki nafar
va undan ortiq farzandi bo‘lgan yolg‘iz
onalar jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlar olish huquqiga ega bo‘lib,
mazkur soliq to‘lashdan qisman, har bir to‘liq oy uchun eng kam ish
haqining to‘rt barobari miqdorida ozod etiladi. Jismoniy shaxslarning
vafot etgan oila a’zolariga yoki oila a’zolarining vafoti bilan bog‘liq
ravishda eng kam ish haqining o‘n barobari miqdorida yil davomida
ko‘rsatiladigan moddiy yordam shaklidagi daromadlariga soliq solin-
maydi. Tabiiy ofatlar yuz bergan hollarda ularning oqibatlarini
tugatish
uchun zahira jamg‘armalardan moliyaviy mablag‘lar ajratiladi, ular ushbu
mablag‘larni belgilangan maqsadlarda ishlatish bo‘yicha tegishli mo-
liyaviy munosabatlarni yuzaga keltiradi.
Moliya huquqiga oid adabiyotlarda shunday fikr mavjudki, unga
asosan moliyaviy-huquqiy munosabatlarni yuzaga keltiruvchi yuridik
faktlar –hodisalarga muddatlar ham kiritilishi kerak. Bu fikr real
vaziyatlarga to‘liq muvofiq kelavermaydi, deb tasavvur qilinadi. Gap
shundaki, muddatlar moliya huquqida yuridik faktlar sifatida anchagina
katta rol o‘ynaydi, ular oxir-oqibatda hisobga olinadi, obyektiv emas,
balki subyektiv omillar bilan belgilanadi.
Boshqacha aytganda, moliya
huquqida muddatlar odamlarning xohish-irodasiga va, xususan, hamma
vaqt subyektiv xususiyatga ega bo‘lgan qonun chiqaruvchining
xohish-
irodasiga bog‘liq bo‘ladi.
Yuqorida keltirilgan va ko‘pincha maxsus manbalarda uchraydigan
yuridik faktlar tasnifidan tashqari, boshqa tasniflar ham mavjud.
Moliyaviy-huquqiy munosabatlarning yuzaga kelishi, o‘zgarishi va
tugallanishi uchun asos bo‘lgan yuridik faktlar birlamchi va hosila yuridik
faktlarga, tuzilmaviy murakkabligi mezoni bo‘yicha, ular harakatining
xususiyati bo‘yicha, tarkiblarining aniqlik darajasi va hokazo bo‘yicha
tasnif qilinadi.