O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


Moliyaviy-huquqiy munosabatlarning turlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   161
Moliya huquqi

Moliyaviy-huquqiy munosabatlarning turlari. 
Moliya huquqiga 
oid adabiyotlarda o‘zining mazmuni, tuzilmasi hamda xususiyatiga ko‘ra 
ko‘p sonli va turli-tuman bo‘lgan moliyaviy-huquqiy munosabatlar 
umumiy huquq nazariyasi va moliya huquqi fani tomonidan ishlab 
chiqilgan mezonlarga muvofiq ravishda tasniflanadi. Shu bilan birga qayd 
etish kerakki, sobiq Ittifoq davlati mavjud bo‘lgan davrda moliya huquqi 
bo‘yicha nashr etilgan darsliklarda moliyaviy-huquqiy normalar tasnifi 
masalalariga yetarlicha e’tibor ajratilmagan yoki ular butunlay ko‘rib 
chiqilmagan. Va bu shunday holdaki, tasniflash huquqning u yoki bu 
tarmog‘ini qamrab oluvchi butun munosabatlarni ilmiy tushunishga 
yordam beradi. U ilmiy fikrlashning mantiqiy qurilishini ta’minlaydi. 
Moliyaviy-huquqiy munosabatlarni:
1)
davlat moliyaviy tizimi tuzilmasi;
2)
huquqiy tartibga solish obyekti yoki moliyaviy-huquqiy normalar 
xususiyatidan 
kelib chiqqan holda tasniflash eng ko‘p tarqalgan 
tasniflashdir. 
Birinchi holda moliya tizimining tegishli bo‘g‘ini funksiyalanishi 
bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy-huquqiy munosabatlar ajratiladi: 
budjet, 
soliq, davlat kreditini tashkil etish bo‘yicha, sug‘urta, pul muomalasi va 
hisob-kitoblar, valutani tartibga solish 
h.k. Ular o‘z asosi bilan tegishli 
moliyaviy-huquqiy institutlarga muvofiq keladi. Shu sababli ba’zan 
moliyaviy-huquqiy munosabatlarning ayrim turlarini ushbu tasnif 
bo‘yicha ajratish mezoni sifatida moliyaviy-huquqiy institutlardan 
foydalaniladi.
Bozor munosabatlarining rivojlanishi sharoitlarida davlat moliya 
tizimi tuzilmasida jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Unda yangi elementlar 
paydo bo‘lib, ularsiz bozor va, shu jumladan moliya mexanizmining 
normal ishlashi amalda mumkin emas. Bu yerda gap davlat moliya 
tizimining shunday elementlari haqida ketyaptiki, bular davlat budjetdan 
tashqari jamg‘armalari, qimmatli qog‘ozlardir. Shu munosabat bilan 
huquqiy munosabatlarning yangi turlari vujudga kelmoqda, ular 
ajratilmasa, ko‘rib chiqilayotgan moliyaviy-huquqiy munosabatlar to‘liq 
bo‘lmasligi mumkin. 
Ikkinchi tasnif bo‘yicha moliyaviy-huquqiy munosabatlarni an’ana-
viy ravishda 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin