O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


Moliyaviy-huquqiy normalarning harakati



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   161
Moliya huquqi

Moliyaviy-huquqiy normalarning harakati. 
Moliyaviy-huquqiy 
normalar boshqa huquq sohalarining normalaridan farq qilgan holda
vaqt, hudud va shaxslar doirasi bo‘yicha harakat qiladi. 
Moliyaviy-huquqiy normalarning vaqt bo‘yicha harakati 
– bu 
moliyaviy-huquqiy normalar o‘z ifodasini topgan qonun hujjatlarining 
(qonunlar, qonunosti aktlari, moliyaviy rejali aktlarlarning) kuchga kirishi 
vaqtidan boshlab harakatlanishidir. Masalan, moliyaviy-huquqiy norma-
larni o‘zida ifoda etgan qonunlar qabul qilingan kundan boshlab yoki 
qonunda belgilangan muddat kelgandan so‘ng kuchga kirishi hamda 
normalarni harakatga keltirishi mumkin. Misol tariqasida O‘zbekiston 
Respublikasining «Budjet tizimi to‘g‘risida»gi qonunni olib qarasak. 
Ushbu qonun 2000-yil 14-dekabrda qabul qilinib, 2001-yil 1-yanvardan 
kuchga kiritilgan. Demak, qonunda belgilangan normalarning harakati 
2001-yil 1-yanvardan boshlanadi. Moliyaviy-huquqiy normalarning 
harakatdan to‘xtashi ham bevosita qonun hujjatining o‘z kuchini 
yo‘qotishiga bog‘liqdir. 
Moliyaviy-huquqiy normalarning hudud bo‘yicha harakati 

moliyaviy-huquqiy normalarni o‘zida ifoda etgan qonun hujjatlarini qabul 
qiluvchi davlat organining tutgan o‘rniga bog‘liq. Hudud bo‘yicha 
moliyaviy-huquqiy normalar: respublika miqyosidagi yoki mahalliy 
miqyosdagi normalarga bo‘linadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan chiqarilgan moliyaviy-huquqiy hujjatlar butun 
respublika miqyosida amalda bo‘lib, umummajburiy xarakterga ega 
bo‘ladi. Davlat mahalliy hokimiyati organlari tomonidan chiqariladigan 
moliyaviy-huquqiy hujjatlar viloyat, tuman yoki shahar miqyosida amalda 
bo‘lishi mumkin.
Moliyaviy-huquqiy normalar hudud bo‘yicha harakatiga ko‘ra lokal 
normalarga ham bo‘linishi mumkin. Lokal normalar – bu ma’lum bir 
sohada yoki ma’lum bir tashkilot doirasida harakat qiluvchi normalardir. 
Moliyaviy-huquqiy normalar shaxslar doirasi bo‘yicha 
ham 
harakatda bo‘ladi. Moliyaviy-huquqiy normalar hammaga birday emas, 
balki jamiyat-dagi fuqarolarning ma’lum bir guruhlari bo‘yicha harakatda 
bo‘ladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga binoan, 
moliya yilida soliq solinadigan daromadga (foydaga) ega bo‘lgan yuridik 
shaxslar daromad (foyda) solig‘i to‘lovchilar hisoblanadi. Demak, ushbu 


28
norma hammaga nisbatan emas, balki daromad (foyda)ga ega bo‘lgan 
yuridik shaxslarga nisbatan harakat qiladi va h.k.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin