O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


Moliyaviy-huquqiy munosabatlarning yuzaga kelishi, o‘zgarishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   161
Moliya huquqi

 Moliyaviy-huquqiy munosabatlarning yuzaga kelishi, o‘zgarishi 
va bekor bo‘lishi. 
Moliyaviy-huquqiy munosabatlar (boshqa har qanday 
huquqiy munosabatlar kabi) moliya huquqi normalarida nazarda tutilgan 
sharoitlar mavjud bo‘lganida yuzaga keladi, o‘zgartiriladi va tugatiladi. 
Bunday sharoitlar sifatida yuridik faktlar namoyon bo‘ladi, ya’ni bu 
shunday vaziyatlarki, ushbu norma uning subyektlari o‘rtasidagi huquqiy 
munosabatlarning yuzaga kelishi, o‘zgartirilishi va tugatilishini ular bilan 
bog‘laydi. Yuridik faktlar sifatida, odatda 
harakatlar
, ayrim hollarda esa 
hodisalar 
namoyon bo‘ladi.
Harakatlar 
shunday faktlardan iboratki, ular moliya huquqi 
subyektlarining faol xohish-irodasi natijasidir. Xususiyati va yuridik 
oqibatlariga ko‘ra, 
qonuniy 
(huquq doirasidagi) va 
noqonuniy 
(huquqqa 
xilof) harakatlar farqlanadi.
Qonuniy 
harakatlar hamma vaqt moliyaviy-huquqiy normalar 
talablariga muvofiq bo‘ladi. Ular, o‘z navbatida, huquqning umumiy 
nazariyasiga ko‘ra quyidagicha bo‘linishi mumkin:
1) 
yuridik oqibatlarni yuzaga keltirish maqsadida amalga 
oshiriladigan harakatlar, ular 
yuridik hujjatlar 
deb ataladi; 
2) shaxsning maqsadlaridan qat’i nazar, yuridik oqibatlarga olib 
keladigan harakatlar, ular 
yuridik xatti-harakatlar 
deyiladi. 
Moliya huquqida qonuniy harakatlarning asosiy turlari 
yuridik 
hujjatlar 
hisoblanadi. Bunda hujjatlar ular normativ hujjat emas, balki 
individual, ya’ni aniq shaxslarga tegishli bo‘lganida shunday rolni 
bajaradi. Bu shu narsa bilan bog‘liqki, normativ hujjatlar va muvofiq 
ravishda huquqning normalari o‘z holicha huquqiy munosabatlarning 
yuzaga kelishi, o‘zgartirilishi va tugallanishi uchun asos bo‘la olmaydi, 
balki muayyan yuridik oqibatlarni yuzaga keltirish uchun maqsad 
vazifasini o‘taydi, xolos. Shu boisdan davlat moliyaviy faoliyati sohasi 
uchun qonuniy harakatlar tizimiga shunday yuridik faktlar juda xoski, 
ular individual tartibga solish huquqiy hujjatlari bo‘lib, o‘zining aniq 
egasiga va muayyan bir masalaga tegishli bo‘ladi. Moliyaviy-huquqiy 
munosabatlarning yuzaga kelishi, o‘zgartirilishi va tugallanishi yuridik 
faktlari sifatida namoyon bo‘ladigan bunday hujjatlarga quyidagilar misol 
bo‘lishi mumkin: jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘ini to‘lash 
to‘g‘risidagi to‘lov xabarnomasi (O‘zbekiston Respublikasi Soliq 
kodeksining 95-moddasi), tegishli davlat organlarining yuridik shaxslar 
rezidentlar va chet davlatlarga hamda davlat maqsadli jamg‘armalariga 
budjet ssudalarini berish to‘g‘risidagi qarorlari (O‘zbekiston Respublikasi 


32
«Budjet tizimi to‘g‘risida»gi qonunining 12-moddasi), budjet muassasa-
lari smetalari va h.k.
Ba’zan maxsus adabiyotlarda yuridik harakatlar qatorida to‘la 
haqqoniy ravishda aralash hujjatlarni, xususan individual ko‘rsatmalarni 
o‘z ichiga olgan normativ hujjatlarni ajratadilar. Va haqiqatan ham 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan har yili mamlakat davlat budjetining 
asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida qabul qilinadigan qarorlari ayni vaqtda 
normativ va individual ko‘rsatmalarni ham o‘z ichiga olgan. Individual 
ko‘rsatmalar sifatida, masalan, Respublika budjeti bilan Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri budjetlari o‘rtasida tartibga 
solinadigan daromadlarning taqsimlanishini nazarda tutuvchi normalar 
namoyon bo‘ladi. Ushbu normalar asosida mazkur aniq masala bo‘yicha 
moliyaviy faoliyatni amalga oshiruvchi turli darajadagi davlat organlari 
o‘rtasida aniq moliyaviy-huquqiy munosabatlar yuzaga keladi.
Yuridik va jismoniy shaxslarning qonuniy harakatlari moliyaviy-
huquqiy munosabatlarning yuzaga kelishi uchun asos bo‘lib xizmat qilishi 
ham mumkin. Masalan, hisobot yilida jismoniy shaxslarga imtiyozlar 
berish huquqi Soliq kodeksining 59-moddasiga muvofiq tegishli hujjatlar 
taqdim etilayotgan vaqtda yuzaga keladi.
Avval ko‘rsatilganidek, moliyaviy-huquqiy munosabatlarning yuzaga 
kelishi, o‘zgartirilishi va tugallanishi bilan bog‘liq bo‘lgan qonuniy 
harakatlar jumlasiga, shaxsning maqsadidan qat’i nazar, huquqiy 
oqibatlarni yuzaga keltiradigan 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin