O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


 «Moliyaviy-huquqiy munosabatlar» tushunchasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   161
Moliya huquqi

2. «Moliyaviy-huquqiy munosabatlar» tushunchasi,
ularning xususiyatlari va turlari 
«Moliyaviy-huquqiy munosabatlar» tushunchasi va o‘ziga xos 
xususiyatlari.
Moliyaviy faoliyat sohasida davlat oldida turgan vazifa-
larni amalga oshirish uchun, mazkur jarayonda yuzaga keladigan 
munosabatlarni huquqiy tartibga solish lozim bo‘ladi. Moliyaviy-huquqiy 
normalar yordamida tartibga solingan ijtimoiy munosabatlar moliyaviy-
huquqiy munosabatlar hisoblanadi. 
Moliyaviy-huquqiy munosabat huquqiy munosabatlarning muayyan 
bir turini tashkil etadi. Shu munosabat bilan har qanday huquqiy 
munosabatga xos bo‘lgan umumiy xususiyatlar unga ham xosdir. 
Ma’lumki, huquqiy munosabat unga yuridik shakl beradigan huquq 
normasining mazkur ijtimoiy munosabatni tartibga solish ta’siri 
natijasidir. Shu sababli huquqiy munosabatlarda tomonlar, o‘z ixtiyori 
bo‘yicha to‘la harakat qilishi mumkin bo‘lgan huquq normalari bilan 
tartibga solinmagan ijtimoiy munosabatlar, masalan, axloq normalari 
bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlardan farqli ravishda, o‘zaro yuridik 
majburiyatlar va huquqlar egalari bo‘lib qoladi, ularning aloqasi esa, 
yuridik xususiyatga ega bo‘lib, davlat majburiy kuchi bilan muhofaza 
etiladi. 
Moliyaviy-huquqiy munosabatlar moliyaviy-huquqiy normalar 
asosida yuzaga keladi, uning ishtirokchilari esa, subyektiv huquq va 
majburiyatlar orqali o‘zaro bog‘liq bo‘ladi hamda bunday munosabatlar 
davlatning majburlov kuchi bilan muhofaza qilinadi. Shuni ham ta’kidlab 
o‘tish kerakki, davlatning moliyaviy faoliyati jarayonida yuzaga keluvchi 
ba’zi bir munosabatlar (masalan, davlat organlarining tashkilotchilik, 
tayyorlov, informatsion, tushuntirish ishlarini olib borish va boshqa 
faoliyati) turli huquq sohalari bilan tartibga solinadi. 
Moliyaviy-huquqiy munosabatlar 
bu moliya huquqi normalari 
bilan tartibga solingan ijtimoiy munosabatlar bo‘lib, uning ishtirokchilari 
yuridik huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladi hamda normalarda 
ko‘rsatilgan davlat pul jamg‘armalarini va daromadlarini tashkil etish
taqsimlash va ulardan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalarni bajaradi. 
Moliya huquqiga oid maxsus adabiyotlarda moliyaviy-huquqiy 
munosabatlarning o‘ziga xos turli xususiyatlari ajratiladi. Ammo, 


29
ko‘pchilik mualliflar tomonidan haqqoniy ravishda ko‘rsatilgan 
predmetning o‘ziga xosligi va moliya huquqi uslubini hisobga olgan 
holda, mazkur munosabatlarning asosiy xususiyatlari quyidagilardan 
iboratdir: 
birinchidan
, moliyaviy-huquqiy munosabatlar faqat davlat pul 
jamg‘armalarini rejali tashkil etish, taqsimlash va ulardan foydalanish 
jarayonida yuzaga keladi. Demak, moliyaviy-huquqiy munosabatlarning 
belgilovchi xususiyati shundan iboratki, ular asosan davlat va ijtimoiy 
hayotning maxsus sohasida, ya’ni davlatning aynan moliyaviy faoliyati 
sohasida tarkib topadi; 
ikkinchidan
, moliyaviy-huquqiy munosabatlar ko‘pincha mulkiy 
munosabatlarning turlaridan hisoblanadi, chunki ushbu munosabatlar 
obyekti sifatida pul mablag‘lari qatnashadi. Demak, pul munosabatlari 
markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag‘lari jamg‘ar-
malarini tashkil etish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq holda yuzaga 
keladi. 
Ayrim hollarda moliyaviy munosabatlar boshqa munosabatlarni, 
masalan, turli darajadagi budjetlar va boshqa moliyaviy rejalarni tuzish, 
ko‘rib chiqish va tasdiqlash, moliyaviy-huquqiy munosabatlar barcha 
qatnashchilarining davlat tegishli pul mablag‘larini tashkil etish, 
taqsimlash va ulardan foydalanish bo‘yicha faoliyati qonuniyligini 
nazorat etish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa munosabatlarni tashkil etish 
hamda rejalashtirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Garchi mazkur holda 
moliyaviy-huquqiy munosabatlar obyekti bevosita pul mablag‘lari 
bo‘lmasa ham, bu moliyaviy-huquqiy munosabatlar barcha majmuining 
mulkiy xususiyatga ega ekanligini inkor etishga sabab bo‘lmaydi. Gap 
shundaki, budjetlarni tasdiqlash bilan bog‘liq bo‘lgan tashkiliy 
harakatlardan keyin ularni ijro etish boshlanadi, ushbu jarayonda pul 
mablag‘larining budjetlar daromad qismiga kelib tushishi va bu 
mablag‘larning budjetdan ajratilgan mablag‘lardan aniq foydalanuv-
chilarning ixtiyoriga berilishi bilan bog‘liq bo‘lgan harakati amalga 
oshiriladi. Shunday qilib, moliyaviy-huquqiy munosabatlar hamma vaqt 
pul mablag‘lari sababli yuzaga keladi; 
uchinchidan
, moliyaviy-huquqiy munosabatlar tomonlaridan biri 
sifatida hamma vaqt davlat yoki uning vakolatli organi qatnashadi. 
Moliyaviy-huquqiy munosabatlarning mazkur xususiyati shu bilan 
izohlanadiki, moliyaviy-huquqiy munosabatlarning asosiy obyekti 
hisoblangan moliyaviy faoliyat to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita davlatning 


30
xohish-irodasi va manfaatlarini ifodalaydi. Ayni shu davlat butun jamiyat 
manfaatlari yo‘lida markazlashtirilgan pul mablag‘lari jamg‘armalarini 
yaratadi va tasarruf etadi, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani moliyalashtirishni 
tashkil etadi. 
Moliyaviy faoliyat, ilgari qayd etilganidek, vakillik qonunchilik 
organlari tomonidan ham, ijroiya hokimiyat organlari tomonidan ham 
amalga oshirilib, ular tegishli davlat-hokimiyat vakolatlariga egadir. Shu 
boisdan moliyaviy-huquqiy munosabatlar ularda ommaviy-huquqiy 
manfaatni namoyon etadigan tegishli subyekt albatta ishirok etgan 
taqdirdagina yuzaga keladi. 
Moliyaviy-huquqiy munosabatlar davlat-hokimiyat xususiyatisiz 
mavjud bo‘lishi mumkin emasligi va ularning mulkiy, pul munosabatlari 
bilan chambarchas uzviy bog‘liqligi sababli moliya huquqiga oid 
adabiyotlarda ular 
hokimiyat-mulkiy munosabatlar 
sifatida ta’riflanadi. 
Moliyaviy-huquqiy munosabatlarni huquqiy munosabatlarning 
mustaqil turiga ajratish uchun qayd etilgan barcha xususiyatlarning 
birgalikdagi majmuiga ega bo‘lish lozim. Ko‘rsatilgan xususiyatlardan 
hyech bo‘lmasa bittasining yo‘q bo‘lishi shundan dalolat beradiki, mazkur 
holda gap huquqiy munosabatlarning boshqa turlari haqida ketishi 
mumkin. Masalan, huquqning boshqa tarmoqlari, xususan fuqarolik 
huquqi normalari (qarz shartnomasi, kredit shartnomasi) bilan tartibga 
solinadigan ijtimoiy munosabatlar mulkiy xususiyatga ega bo‘ladi. Ammo 
bu yerda faqat moliyaviy-huquqiy munosabatlarning o‘zigagina xos 
bo‘lgan boshqa xususiyatlar yo‘q. Fuqarolik-huquqiy munosabatlari, bir 
tomondan, davlat moliyaviy faoliyati bilan bog‘lanmagan, ikkinchi 
tomondan esa, ushbu munosabatlar subyektlari turli huquqlarga ega 
bo‘lib, o‘zlarining o‘zaro munosabatlarini shartnoma asosida quradilar, 
ya’ni ularda hokimiyat xususiyati yo‘q. Boshqa misol sifatida ma’muriy 
huquqiy munosabatlarni havola qilish mumkin, ular ham, moliyaviy-
huquqiy munosabatlar kabi, hokimiyat-mulkiy xususiyatga ega bo‘lib, 
tomonlardan biri sifatida hamma vaqt ijroiya hokimiyat organi 
qatnashadi. Shu bilan birga, ushbu munosabatlar davlat pul mablag‘lari 
jamg‘armalarini tashkil etish, taqsimlash va ulardan foydalanish bo‘yicha 
davlat moliyaviy faoliyati bilan bog‘lanmagan.
Moliyaviy-huquqiy munosabatlarni huquqiy munosabatlarning 
boshqa turlaridan aniq ajratish davlat moliyaviy faoliyati sohasida 
moliyaviy huquq normalarini to‘g‘ri qo‘llash uchun katta amaliy 
ahamiyatga egadir. 


31

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin