49
sohalarida mavjud bo‘lgan holda, pul jamg‘armalari harakatining butun
jarayonida kuzatiladi. Shu sababli moliyaviy nazorat har qanday ishlab
chiqarishda xo‘jalik yuritish mexanizmining obyektiv ravishda zaruriy
bo‘lgan
tarkibiy qismidir, deb tasdiqlash mumkin.
Moliyaviy nazorat obyekti bo‘lib, avvalambor, moliya tizimining
barcha bo‘g‘inlaridagi moddiy ishlab chiqarish hamda noishlab chiqarish
sohalarida moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan foydalanish
jarayonida yuzaga keladigan pul munosabatlari hisoblanadi. Moliyaviy
nazoratning amal qilish ko‘lami xo‘jalik munosabatlarining butun
majmuini ham o‘z ichiga qamrab oladi.
Moliyaviy nazoratning subyekti bo‘lib, davlat organlari, shuningdek
moliyaviy qonunchilikka rioya etilishi ustidan tekshirishlarni olib borish
bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish vakolatiga ega bo‘lgan nodavlat
tashkilotlari va muassasalari hisoblanadi.
Moliyaviy nazoratning mohiyati uning vazifalarida o‘z
ifodasini
topib, ulardan biri moliyaviy resurslarning ahvolini nazorat etishdan
iboratdir. Ushbu nazorat davlat budjeti oldidagi majburiyatlarning o‘z
vaqtida va to‘liq ijro etilishini, markazlashtirilgan va markazlash-
tirilmagan pul jamg‘armalaridan foydalanishga
doir operatsiyalarning
to‘g‘ri amalga oshirilishini tekshirishni nazarda tutadi.
Moliyaviy nazoratning boshqa vazifalari qatoriga yuridik adabiyot-
larda korxonalar, tashkilotlar tomonidan ularning tasarrufidagi pul
mablag‘lari (budjet mablag‘lari, bank ssudalari va h.k.)dan to‘g‘ri
foydalanilishi hamda tashkilotlar, korxonalar va muassasalar tomonidan
moliyaviy operatsiyalar, hisob-kitoblarni amalga oshirish va pul
mablag‘larini saqlashga oid qoidalarga rioya etilishini tekshirish
kiritilgan. Yana bir vazifa sifatida moliya sohasida huquqbuzarliklarni
ogohlantirish va cheklash ajratiladi. Ular aniqlangan hollarda tashkilotlar,
mansabdor shaxslar va fuqarolarga nisbatan belgilangan
tartibda jazo
choralari qo‘llaniladi, davlat va xo‘jalik yurituvchi subyektlarga yetka-
zilgan zararni qoplash ta’minlanadi.
Bizning mamlakatimizda olib borilayotgan bozor qayta qurishlari
tekshiruvlarni tashkil etish va amalga oshirish mazmunini tubdan
o‘zgartirishni talab qiladi va moliyaviy nazorat oldiga pritsipial jihatdan
yangi vazifalarni qo‘yadi. Bu vazifalar shu bilan belgilanadiki, bozor
iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish bozorning tarmoqlangan
infratuzilmasini
tashkil etishni talab qiladi, ularsiz bozor mexanizmlari
to‘liq darajada ishlay olmaydi. Bunday infratuzilmalar qatoriga bank-
50
kredit va soliq tizimlari, qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi, sug‘urta va
auditorlik xizmatlari kiradi.
Ushbu sharoitlarda moliyaviy nazoratning eng muhim vazifalari
moliyaviy munosabatlarning barcha
subyektlari tomonidan bank, soliq,
valuta qonunchiligi, qimmatli qog‘ozlar, sug‘urta va auditorlik faoliyati
to‘g‘risidagi qonunlarga rioya etilishi samaradorligini oshirishdan iborat
bo‘lib qolmoqda. Moliyaviy nazoratning nihoyatda muhim vazifalaridan
biri, shuningdek, to‘lov aylanmasini normallashtirish, noto‘lovlar,
debitorlik va kreditorlik qarzlari bo‘yicha salbiy oqibatlarni tugatishdir.
Moliyaviy nazorat vazifalarini amalga oshirish natijasida moliyaviy
faoliyatda qonuniylik prinsipi tomonlaridan birini ifodalaydigan
moliya
intizomi
mustahkamlanadi.
Dostları ilə paylaş: