pul
mablag‘larini qabul qilish, saqlash va budjetdan ajratilgan mablag‘larni
oluvchilarga berish
katta rol o‘ynaydi.
«Budjet tizimi to‘g‘risida»gi qonunda davlat budjetining kassa ijrosi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amalga oshirilishi
nazarda tutilgan. Shunday qilib, «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy
banki to‘g‘risida»gi qonun 3-moddasiga muvofiq Markaziy bankning
asosiy vazifalaridan biri O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan
hamkorlikda davlat budjetining kassa ijrosini tashkil etishdan iborat.
Markaziy bank topshirig‘i bo‘yicha davlat budjetining kassa ijrosi
bo‘yicha operatsiyalarni O‘zbekistondagi barcha banklar bajarishi
majburiydir (O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati
to‘g‘risida»gi qonuni 27-moddasi).
Respublika banklari davlat budjetiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kassa
operatsiyalarini amalga oshirar ekan, ular quyidagi operatsiyalarni
bajarishadi:
130
Respublika va mahalliy budjetlar daromadlariga kelib tushadigan
mablag‘larni qabul qiladi va tegishli hisobvaraqlarga kiritadi;
davlat soliqlari va daromadlari bo‘yicha tushumlardan mahalliy
budjetlarga mablag‘lar ajratadi;
respublika budjeti va mahalliy budjetlar mablag‘larini hisobva-
raqlarda mavjud bo‘lgan summalar doirasida beradi va h.k.
Banklar ko‘rsatilgan operatsiyalarni bajarar ekan, respublika budjeti
daromadlari va xarajatlari hisobini yuritadi, belgilangan muddatlarda
respublika budjetining daromadlar bo‘yicha kassa ijrosi to‘g‘risida
hisobot; korxonalar, tashkilotlar, muassasalar tomonidan budjetga
soliqlarni o‘tkazish uchun topshiriqnomalar hamda davlat maqsadli
jamg‘armalariga badallarning o‘z vaqtida taqdim etilishini nazorat qiladi;
respublika va mahalliy budjetlarda turgan muassasalar va tashkilotlarga
hisob-kitob va kassa xizmatini ko‘rsatadi, Markaziy bankning amaldagi
ko‘rsatmalariga muvofiq ravishda budjet mablag‘lari va budjetdan
tashqari mablag‘lar berilishini nazorat qiladi.
2006-yil 1-yanvardan boshlab mamlakatimizda davlat budjetini ijro
etishning g‘aznachilik tizimi joriy etildi.
Davlat budjetining g‘azna ijrosi davlat budjetining barcha daromad-
larini yagona g‘azna hisobvarag‘iga kiritishdan, shuningdek davlat
budjetining xarajatlarini shu hisobvaraqdan to‘lashdan iborat.
Davlat budjetining g‘azna ijrosi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladi-
gan maxsus vakolatli moliya organi hamda uning Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlardagi hududiy bo‘linmalari
tomonidan amalga oshiriladi.
G‘aznachilikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
davlat budjetining kassa ijrosi;
davlat budjeti mablag‘larining tushumi va sarfi ustidan nazoratni
amalga oshirish;
davlat budjeti mablag‘larini boshqarish;
davlat budjetida mablag‘lar nazarda tutilgan yuridik yoki jismoniy
shaxslar nomidan va ularning topshirig‘iga binoan to‘lovlarni amalga
oshirish;
– davlat budjeti ijrosining qanday borayotganligi to‘g‘risidagi
axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish;
O‘zbekiston Respublikasi davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat
ko‘rsatish, O‘zbekiston Respublikasi kafolatlarini bajarish va h.k.
131
G‘aznachilik o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni davlat boshqa-
ruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari,
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari, boshqa
tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda bajaradi. Mazkur organlar va
tashkilotlar davlat budjetining kassa ijrosini amalga oshirishda, uning
mablag‘larini boshqarishda, davlat budjeti mablag‘larining tushumi va
sarfi ustidan nazoratni amalga oshirishda g‘aznachilikka ko‘mak-
lashishlari shart.
Davlat budjetiga to‘lanadigan soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy
to‘lovlar yagona g‘azna hisobvarag‘iga kiritilib, ular tegishlicha
respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, mahalliy
budjetlar, davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlarida aks ettiriladi.
Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari yagona g‘azna
hisobvarag‘iga kiritilib, ular mazkur tashkilotlarning daromadlarida aks
ettiriladi.
Davlat budjetining xarajatlari yagona g‘azna hisobvarag‘i yoki
G‘aznachilikning boshqa bank hisobvaraqlaridan belgilangan muddat-
larda va tegishincha respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
budjeti, mahalliy budjet, davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘larining
hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘larining
qoldiqlari doirasida amalga oshiriladi.
G‘aznachilik yagona g‘azna hisobvarag‘idagi va g‘aznachilikning
boshqa bank hisobvaraqlaridagi davlat budjeti mablag‘larini ularni davlat
budjetining xarajatlarini belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun
yo‘naltirish, shuningdek davlat budjeti bo‘sh mablag‘larini bank
depozitlari va boshqa aktivlarga vaqtincha joylashtirish hamda ular
hisobidan respublika budjetiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga,
mahalliy budjetga, shuningdek davlat maqsadli jamg‘armalariga budjet
ssudalari berish yo‘li bilan boshqarib boradi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining ijrosi respublika budjeti,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar daromadlar
ko‘rsatkichlarining choraklar bo‘yicha taqsimoti va xarajatlar ro‘yxatiga
asosan amalga oshiriladi.
Respublika budjeti O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomo-
nidan daromadlar va xarajatlar ro‘yxati bo‘yicha ijro etiladi. Respublika
daromadlar va xarajatlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi tomonidan tuziladi va bu hujjat budjetga daromadlar kelib
tushishini nazorat qilish hamda respublika budjetidan moliyalanadigan
132
budjet mablag‘larini oluvchilarga mablag‘larni o‘tkazish uchun asos
bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi budjet daromadlari va
xarajatlarini choraklar bo‘yicha taqsimlab, tasdiqlangan yillik rejaga
muvofiq hamda rejalashtirilayotgan moliya yili uchun tasdiqlangan
alohida va yig‘ma smetalarga asosan tuzilgan xarajatlar to‘plamiga ko‘ra
respublika budjeti daromadlari va xarajatlarining choraklar bo‘yicha
taqsimlangan yillik ro‘yxatini tuzadi. Daromadlar va xarajatlar ro‘yxa-
tining yakuniy ma’lumotlari bo‘limlar va boblar bo‘yicha tasdiqlangan
yillik budjet va uning choraklar bo‘yicha taqsimotida qabul qilingan
miqdorga to‘g‘ri kelishi lozim.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar tegishli
ma’muriy-hududiy tuzilmalarning moliya organlari tomonidan Qoraqal-
pog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar, shaharlar, tumanlar budjetlari
daromadlari va xarajatlari yillik rejaviy hajmlarining choraklar bo‘yicha
taqsimotiga asosan qonunchilikda belgilangan tartibda ijro etiladi.
Respublika budjeti daromadlari va xarajatlarining choraklar bo‘yicha
ro‘yxati, budjet tizimi taqsimoti, davlat budjeti daromadlari va
xarajatlarini operativ boshqarish hamda ularning butun yil davomida bir
maromda kelib tushishi va ulardan foydalanilishini ta’minlaydi. Budjetlar
daromadlari va xarajatlarini choraklar bo‘yicha ajratish, yil davomida
budjetdan ajratiladigan mablag‘lar daromadlar va xarajatlar tushumi
notengligini hisobga olgan holda, ularni har bir chorak doirasida to‘liq
muvozanatlashtirish hamda budjetlar ijrosini tekshirish samaradorligini
oshirish uchun zarurdir.
O‘zbekiston budjet qonunchiligiga muvofiq davlat budjetining ijrosi
daromadlar va xarajatlar bo‘yicha belgilangan parametrlar doirasida
amalga oshirilib, bunda joriy moliya yili uchun belgilangan taqchillik
mo‘ljallangan miqdoridan oshib ketishiga yo‘l qo‘yilmasligi lozim. Shu
boisdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va joylardagi
hokimiyat vakillik organlari davlat budjetining daromadlari yoki
xarajatlarini qisqartirishga olib keladigan biron-bir harakatlarni (agar
bunday harakatlar taqchillikning qonunchilikda belgilangan darajasi
doirasidan oshishiga olib keladigan bo‘lsa) qabul qilish huquqiga ega
emas. Shu bilan birga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa
ma’muriy-hududiy tuzilmalar vakolatli organlari budjet tizimini operativ
boshqarish maqsadida «Budjet tizimi to‘g‘risida»gi qonun (35-modda)da
nazarda tutilgan shartlarga albatta rioya etgan holda, tegishli budjet
133
daromadlari va xarajatlarini qisqartirish bo‘yicha qarorlar qabul qilishi
mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetini ijro etish jarayonida budjet
daromadlari va xarajatlarining tasdiqlangan parametrlariga, «Budjet tizimi
to‘g‘risida»gi qonun 34-moddasida belgilangan tartibda o‘zgartirishlar
kiritilishi mumkin. Bunday o‘zgartirishlar kiritish O‘zbekiston Respubli-
kasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, O‘zbekis-
ton Respublikasi Prezidenti farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining tegishli yil uchun
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti qabul qilinganidan keyin qabul
qilinishi munosabati bilan hamda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi
qonunchiligida nazarda tutilgan hollarda amalga oshirilishi mumkin.
Budjetning daromadga tegishli moddalarini ijro etish yuridik va
jismoniy shaxslar tomonidan tegishli soliqlar va soliq bo‘lmagan
to‘lovlarning davlat budjetining u yoki bu darajadagi budjetlariga
o‘tkazilishi bilan bog‘liq. Bunda yuridik shaxslar to‘lovlar summasini
mustaqil ravishda hisoblab chiqib, ularni tegishli darajadagi budjet
hisobiga o‘tkazadi. Jismoniy shaxslarning mablag‘lari ish beruvchilar
tomonidan ish haqidan summalarni hisoblab, ushlab qolish, bevosita
jismoniy shaxslarning o‘zlari tomonidan to‘lovlarning to‘lanishi orqali
budjetga kelib tushadi. Davlat budjetining xarajatlar moddalari
mablag‘larni oluvchilar tomonidan budjet mablag‘laridan foydalanish
yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Budjet mablag‘laridan foydalanish huquqi budjetdan ajratilgan
mablag‘larni oluvchilarda ular qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli
moliya organlarining moliyalovchi bo‘limlari xarajatlar smetasi va
shtatlar jadvallarida ro‘yxatga olingan vaqtda yuzaga keladi. Budjetlarda
u yoki bu tadbirlarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablag‘lar
adabiyotlarda
Dostları ilə paylaş: |