O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   161
Moliya huquqi

Davlat jamg‘armasi 
tuzildi. 
Ish bilan ta’minlash jamg‘armasi budjetdan tashqari maqsadli davlat 
jamg‘armasi hisoblanadi, mahalliy va respublika darajalarida tashkil 
etiladi va uning mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanishning 
maqsadli yo‘naltirilganligi saqlab qolingan holda davlat budjeti tarkibida 
jamlanadi hamda jamg‘armaning mustaqil balansida aks ettiriladi. 
Ish bilan ta’minlash jamg‘armasi mablag‘lari O‘zbekiston Respub-
likasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qora-
qalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish 
vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy 
muhofaza qilish bosh boshqarmalarining budjetdan tashqari maqsadli 
maxsus hisob raqamlarida jamlanadi. Bunda korxonalar, muassasalar va 
tashkilotlarning (keyingi o‘rinlarda ish beruvchilar deb yuritiladi) 
ajratmalari hisobiga tashkil topadigan Ish bilan ta’minlash jamg‘armasi 
mablag‘larining yetmish foizi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va 
aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar 
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari ixtiyorida 
qoladi, keyinchalik tumanlar va shaharlar o‘rtasida taqsimlanadi, o‘ttiz 
foizi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza 
qilish vazirligi, tegishli hududiy mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza 
qilish boshqarmalarining to‘lov topshiriqnomalari bilan pul o‘tkazish 
yo‘li bilan respublika darajasida markazlashtiriladi.
Ish bilan ta’minlash jamg‘armasining asosiy vazifalari quyidagicha: 
– ishsizlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan davlat kafolatlarini 
amalga oshirish; 
– mehnat bo‘limlari ta’minotini moliyalashtirish; 
– tijorat banklarida kredit liniyalari ochish yo‘li bilan ish o‘rinlarini 
saqlab qolish va yangi ish o‘rinlari tashkil etish uchun kreditlar berish; 
– fuqarolarni ishga joylashtirish, mehnat, aholini ish bilan ta’minlash 
va ijtimoiy muhofaza qilish masalalari bo‘yicha normativ hujjatlarni 
ishlab chiqish, sosiologik kuzatuvlar o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni 
mablag‘ bilan ta’minlash. 


147
Ish bilan ta’minlash jamg‘armasi mablag‘larini tashkil etish va undan 
foydalanish to‘g‘risidagi nizomga binoan mazkur jamg‘arma quyida-
gilardan tashkil topadi: 
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mehnatga haq to‘lash 
jamg‘armalaridan ushbu xarajatlarning mahsulot tannarxi nisbatiga qarab 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan 
majburiy ajratiladigan mablag‘lar; 
respublika budjeti va mahalliy budjetlardan tegishli budjetlarni 
shakllantirish vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
hamda joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadigan 
miqdorlarda ajratiladigan mablag‘lardan dotatsiyalar; 
qonunchilikda nazarda tutilgan talablarni buzganlik uchun 
mahalliy mehnat organlari tomonidan qo‘llanadigan moliyaviy sanksiya-
lar va hisoblab yozilgan penyalar summasi; 
shartnoma asosida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Ish 
bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasi mablag‘laridan 
qo‘shimcha va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish uchun foydalanishdan 
tushgan daromadlar; 
yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el jismoniy va 
yuridik shaxslardan tushgan ixtiyoriy badallar. 
Quyidagilar «Ish bilan ta’minlash jamg‘armasi»ga ajratmalar 
to‘lashdan ozod etiladilar: 
nogironlar jamoat tashkilotlariga qarashli o‘quv-ishlab chiqarish va 
ishlab chiqarish korxonalari; 
protez-ortopediya buyumlari ishlab chiqarishga, nogironlarga 
protez qo‘yish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan korxo-
nalar; 
tarbiya va ta’lim muassasalari huzuridagi o‘quv-ishlab chiqarish 
ustaxonalari va o‘quv-ishlab chiqarish korxonalari;
budjet ta’minotidagi teatr-tomosha tashkilotlari. 
Jamg‘arma mablag‘larini xarajat qilish yo‘nalishlari respublika, 
hududiy va boshqa aholini band qilish maxsus dasturlarida belgilanadi. 
Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi tadbirlarni amalga oshirish uchun 
foydalanilishi mumkin: 
mehnat organlarida ishsizlik maqomi olgan va ish qidiruvchi 
sifatida ro‘yxatda turgan shaxslarni kasbga tayyorlash, ularning mala-
kasini oshirish va qayta tayyorlash ishlarini mablag‘ bilan ta’minlash; 


148
ishsizlik bo‘yicha nafaqalar, mehnat organlarining taklifiga binoan 
ishlash uchun boshqa joyga ixtiyoriy ravishda ko‘chib o‘tish uchun 
kompensasiyalar to‘lash va qonun hujjatlariga muvofiq ishsizlarga 
moddiy yordam berish;
nogironlar va fuqarolarning ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan 
boshqa toifalari mehnatidan foydalanish uchun ixtisoslashtirilgan ish 
o‘rinlari (ishlab chiqarishlar) tashkil etish tadbirlarini mablag‘ bilan 
qisman ta’minlash; 
mehnat organlari ta’minoti, barcha darajalardagi mehnat va aholini 
ijtimoiy muhofaza qilish organlarini (tuman va shahar ijtimoiy ta’minot 
bo‘limlaridan tashqari) joylashtirish uchun binolar qurish va ularni 
rekonstruksiya qilish, ularni moddiy-texnikaviy ta’minlash, kompyuterlar, 
nusxa ko‘chirish va boshqa zarur texnika bilan jihozlash; 
ish bilan band bo‘lmagan aholiga yordam ko‘rsatish, shu jumladan 
ishga joylashtirishga ko‘maklashish va maslahat xizmatlari ko‘rsatish 
bilan bog‘liq xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlash; 
ishchi kuchi eksport qilish masalalari bo‘yicha xalqaro loyiha va 
shartnomalarni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasining chet 
ellarga ishga yuborilgan fuqarolarini ishga joylashtirishni tashkil etish, 
ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlarni mablag‘ 
bilan ta’minlash va boshq. 
Qonunchilikda nazarda tutilgan ayrim hollarda ish bilan ta’minlashga 
ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasi mablag‘lari boshqa maqsadlar 
uchun ham foydalanilishi mumkin. Masalan, O‘zbekiston Respublikasida 
haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish to‘g‘risida nizomda ushbu 
jamg‘arma mablag‘lari hisobidan haq to‘lanadigan jamoat ishlarini 
qisman moliyalashtirish uchun ayrim mintaqalar hududida shaxslarni 
ishga joylashtirish noqulay bo‘lgan vaziyatlarda korxonalarga dotatsiyalar 
ajratilishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan. Bandlikka yordam ko‘rsatish 
davlat jamg‘armasidan tuman (shahar) mehnat birjalariga mablag‘lar 
ajratish shahar (tuman) bandlik dasturlariga muvofiq ravishda amalga 
oshiriladi.
Ish beruvchilarning «Ish bilan ta’minlash jamg‘armasi»ga majburiy 
ajratmalari to‘liq va o‘z vaqtida tushishi ustidan nazorat O‘zbekiston 
Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, uning 
joylardagi organlari va soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Ish bilan ta’minlash jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanilishini 
nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy 


149
muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi tomonidan, zarur hollarda, 
auditorlar va auditorlik firmalarini jalb qilgan holda amalga oshiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan 
tashqari Pensiya jamg‘armasi ijtimoiy ta’minot tizimida davlat kafo-
latlarini amalga oshirishga yo‘naltiriladigan maqsadli moliyaviy 
resurslarni jamlaydi. Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari mablag‘-
larni shakllantirish va sarflashning maqsadli yo‘naltirilganligi saqlab 
qolingan holda O‘zbekiston Respublikasining yig‘ma budjeti tarkibiga 
kiritiladi va jamg‘arma balansida aks ettiriladi. 
Pensiya jamg‘armasi huquqiy maqomining asoslari O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Budjetdan tashqari Pensiya 
jamg‘armasini boshqarishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi 2004-
yil 21-oktabr qarori bilan belgilangan. Ushbu normativ akt orqali Pensiya 
jamg‘armasining asosiy vazifalari, uni shakllantirish manbalari, O‘zbe-
kiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi 
to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan. 
Majburiy ajratmalar, badallar va boshqa to‘lovlardan tushgan mab-
lag‘larni jamlash yo‘li bilan ijtimoiy ta’minot tizimida davlat kafolatlarini 
amalga oshirish, shuningdek mablag‘larning pensiyalar, nafaqalar va 
kompensasiyalarni to‘lashga maqsadli va samarali sarflanishi ustidan nazo-
ratni kuchaytirish Pensiya jamg‘armasi faoliyatining maqsadi hisoblanadi.
Ushbu jamg‘armaning asosiy vazifalari quyidagicha: fuqarolarning 
ijtimoiy ta’minotga va ijtimoiy sug‘urtaga bo‘lgan davlat tomonidan 
kafolatlangan huquqlarini amalga oshirish; respublikada pensiya 
ta’minotini yanada takomillashtirish; majburiy ajratmalar, badallar va 
boshqa to‘lovlarni jamg‘armaning budjetdan tashqari maxsus hisob 
raqamida markazlashtirilgan tartibda jamlash; pensiyalar, nafaqalar va 
kompensasiyalarni to‘lashga xarajatlarni moliyalashtirish; jamg‘arma 
mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishi ustidan nazoratni 
ta’minlash; jamg‘arma mablag‘larini ko‘paytirishni tashkil etish; davlat 
ijtimoiy sug‘urtasi sohasida xalqaro aloqalarni amalga oshirish, chet el 
tajribasini o‘rganish va undan foydalanish. 
Pensiya jamg‘arma daromadlari quyidagi manbalar hisobiga shakl-
lantiriladi:
a) majburiy ajratmalar va badallar: 
mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, yuridik shaxslarning 
mehnatga haq to‘lash fondidan yagona ijtimoiy to‘lov tushumlarining 
belgilangan miqdori; 


150
alohida yuridik shaxslarning ijtimoiy sug‘urta badallari; 
yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ul-
lanuvchi jismoniy shaxslarning ijtimoiy sug‘urta badallari; 
fuqarolarning ish haqidan sug‘urta badallari; 
qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i chiqarib tashlangan holda 
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning tovarlar sotish (ishlar, 
xizmatlar ko‘rsatish) hajmidan ajratmalari, shuningdek kommunal 
xo‘jalik tizimi korxonalari uchun faoliyat xususiyatiga ko‘ra issiqlik 
energiyasi, suv va tabiiy gazning xarid qiymati hajmlari chiqarib 
tashlangan holda. Bunda uzoq muddatli aktivlar va o‘zi foydalanadigan 
boshqa mol-mulkni sotish majburiy mablag‘ ajratish obyektiga 
kiritilmaydi.
b) boshqa to‘lovlar: 
«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi O‘zbe-
kiston Respublikasi qonunining 15-moddasiga muvofiq tayinlangan 
mehnatda mayib bo‘lganlik yoki kasb kasalligi oqibatida nogiron 
bo‘lganlarga pensiya to‘lash xarajatlarini qoplash uchun regressiv talablar 
(da’volar) bo‘yicha ish beruvchilar va fuqarolardan undiriladigan 
mablag‘lar; 
ushbu qonun 14-moddasiga muvofiq muddatidan oldin tayinlan-
gan pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash uchun o‘tkaziladigan 
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish 
vazirligining Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi 
mablag‘lari; 
qonunning 12-moddasiga muvofiq tayinlangan imtiyozli pen-
siyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash uchun o‘tkaziladigan korxonalar, 
muassasalar va tashkilotlar mablag‘lari; 
dehqon xo‘jaliklari a’zolarining ixtiyoriy ravishda to‘lanadigan 
sug‘urta badallari; 
hisoblangan jarimalar summalarining bir qismi, qonun hujjatlariga 
muvofiq soliq organlarini rivojlantirish jamg‘armasiga undiriladigan 
summalardan tashqari, majburiy ajratmalar, badallar va boshqa to‘lovlar 
o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun penyalar; 
korxona tugatilganda, qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat 
xo‘jaligi), fermer va dehqon xo‘jaligi qayta tashkil etilganda yoki 
tugatilganda, mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda mayib 
bo‘lgan, kasb kasalligiga uchragan yoki sog‘lig‘iga boshqacha shikast 
yetkazilgan xodimga zararni qoplash uchun to‘lanadigan summalar; 


151
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar, shu jumladan 
ixtiyoriy badallar mablag‘lari, xorijiy investitsiyalar va kreditlar. 
Majburiy ajratmalar, badallar va boshqa to‘lovlarni o‘tkazish 
jamg‘armaning banklarda budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi 
daromadlarining belgilangan tasniflariga muvofiq tushumlarning har bir 
turi bo‘yicha ochilgan tegishli tranzit hisob raqamlariga o‘tkaziladi. 
Yagona ijtimoiy to‘lov yuridik shaxslar tomonidan tegishli tuman 
(shahar) soliq organlari uchun xizmat ko‘rsatuvchi banklarda ochilgan 
tranzit hisob raqamlariga hisoblangan summaning to‘liq miqdorida 
o‘tkaziladi. Tushgan mablag‘lar har kuni xizmat ko‘rsatuvchi banklar 
tomonidan belgilangan normativlar bo‘yicha taqsimlanadi va tegishli 
ravishda Jamg‘arma, Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi, 
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federasiyasi Kengashi hisob 
raqamlariga yoziladi. 
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadigan boshqa 
majburiy ajratmalar, badallar va boshqa to‘lovlar ularga xizmat ko‘rsa-
tadigan tijorat banklari orqali tuman (shahar) soliq organlariga xizmat 
ko‘rsatadigan banklarda ochilgan jamg‘armaning tranzit hisob 
raqamlariga belgilangan tartibda o‘tkaziladi. 
Tuman (shahar) soliq organlari uchun ochilgan tranzit hisob 
raqamlariga tushgan mablag‘lar har kuni, ish kuni oxirida tijorat banklari 
tomonidan Markaziy bankning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar 
va Toshkent shahar bosh boshqarmalarida ochilgan jamg‘armaning tranzit 
hisob raqamiga o‘tkaziladi. 
Markaziy bankning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va 
Toshkent shahar bosh boshqarmalaridagi jamg‘armaning tranzit hisob 
raqamlariga tushgan mablag‘lar shu kunning o‘zida ushbu banklar 
tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi 
budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankida ochilgan yagona yig‘ma hisob raqamiga avtomatik 
rejimda o‘tkaziladi. 
Jamg‘arma mablag‘lari: 
a) ishlamaydigan fuqarolarga: ijtimoiy ta’minot bo‘limlari tomonidan 
tayinlanadigan pensiyalar; bolalikdan nogironlarga, davlat pensiya 
ta’minoti olish huquqiga ega bo‘lmagan keksa va mehnatga layoqatsiz 


152
fuqarolarga nafaqalar; qonun hujjatlariga muvofiq jamg‘arma 
mablag‘laridan moliyalashtiriladigan boshqa kompensasiya to‘lovlari 
to‘lash uchun; 
b) ishlaydigan fuqarolarga: ijtimoiy ta’minot bo‘limlari tomonidan 
tayinlanadigan pensiyalar; vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari; 
homiladorlik va tug‘ish nafaqalari; bola tug‘ilganda beriladigan nafaqalar; 
dafn marosimi nafaqalari; 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolaning ota-
onalaridan biriga (vasiyga, homiyga) bir oyda bir qo‘shimcha dam olish 
kuni uchun to‘lovlar; qonun hujjatlariga muvofiq jamg‘arma 
mablag‘laridan moliyalashtiriladigan boshqa kompensasiya to‘lovlari 
uchun sarflanadi. 
Ishlamaydigan va ishlaydigan fuqarolarga pensiyalar, nafaqalar va 
kompensasiya to‘lovlarini moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respub-
likasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va uning 
joylardagi organlari tomonidan alohida hisob raqamlari ochiladi.
Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalar, badallar va boshqa 
to‘lovlarning hisoblanishi va o‘z vaqtida to‘lanishi uchun javobgarlik 
yuridik shaxslarga yuklanadi, ular:
Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda 
majburiy ajratmalar, badallar va boshqa to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblanishi 
va o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlashga; 
ish joyi bo‘yicha to‘lanadigan Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari 
sarfi uchun javob berishga; 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat soliq xizmati 
organlari xodimlarini Pensiya jamg‘armasiga to‘lovlar va majburiy 
ajratmalar hisoblanishi va to‘lanishining to‘g‘riligini tekshirish uchun 
qo‘yishga, ularning talabiga ko‘ra ushbu to‘lovlar va majburiy 
ajratmalarning hisoblanishi va to‘lanishi bilan bog‘liq zarur hujjatlar va 
ma’lumotlarni taqdim etishga majburdirlar. 
Pensiyalar, nafaqalar va kompensasiyalarni to‘laydigan korxonalar, 
tashkilotlar va muassasalar Pensiya jamg‘armasi mablag‘larining o‘z 
vaqtida va maqsadli to‘lanishi uchun javob beradilar. 
Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha badallarni mustaqil to‘laydigan yuridik va 
jismoniy shaxslar Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalar, badallar va 
boshqa to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblanishi va o‘z vaqtida to‘lanishi uchun 
javob beradilar. 


153
Pensiyalar, nafaqalar va kompensasiyalarni to‘lashda Pensiya 
jamg‘armasi mablag‘larining to‘g‘ri hisoblanishi, to‘lanishi va foydala-
nilishini nazorat qilish yuridik shaxslarning rahbarlari va bosh 
buxgalterlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan 
majburiy ajratmalar, badallar va boshqa to‘lovlarning to‘g‘ri hisob-kitob 
qilinishi, to‘liqligi va o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat qilish davlat soliq 
xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va uning hududiy 
organlari quyidagilarni amalga oshiradi: 
jamg‘armaga majburiy ajratmalar, badallar va boshqa to‘lovlarni 
to‘lovchilar bo‘yicha hisobga olib borish; 
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan «Pensiya jamg‘armasi»ga 
majburiy ajratmalar, badallar va boshqa to‘lovlarning to‘g‘ri hisobla-
nishini, shuningdek «Pensiya jamg‘armasi» bilan o‘zaro hisob-
kitoblarning holatini tekshirish; 
majburiy ajratmalar, badallar va boshqa to‘lovlarni hisoblash 
tartibini va to‘lash muddatlarini buzganlik uchun yuridik va jismoniy 
shaxlarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy va ma’muriy 
javobgarlik choralarini qo‘llash; 
badallarni har bir shaxs bo‘yicha hisobga olish hamda mehnat 
daftarchalari yuritish uchun har chorakda tegishli ijtimoiy ta’minot 
bo‘limlariga yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan 
shug‘ullanuvchi shaxslar hamda dehqon xo‘jaliklari a’zolari tomonidan 
to‘langan badallar miqdorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin