O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a a. V. Narbekov dinshunoslik asoslari toshkent



Yüklə 489,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/49
tarix23.05.2023
ölçüsü489,79 Kb.
#120147
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   49
c1ac7a2db35cc9d043f33d38d301475b Dinshunoslik asoslari o`quv qo`llanma

1) ibodiylar guruhi VII asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan. 
Unga Abdulloh ibn Ibod (VII asrning ikkinchi yarmida yashagan) asos 
solgan. U yo‘nalishning mo‘tadil guruhi hisoblanadi va diniy ta’limotda 
ijtimoiy shart-sharoitlarni hisobga olish va hukmron siyosiy kuchlar bilan 
murosa qilish, hatto ularga yon bosishga yo‘l qo‘yadi; 
2) sufritlar guruhi VII asrning ikkinchi yarmida Arabistonda vujudga 
kelgan. Mazkur guruh maqsadni yashirish, vaziyatga qarab kurash 
usullarini o‘zgartirish tarafdori sanaladi; 
3)
 
azrakiylar guruhi VII asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan. 
Unga Nafi ibn Azrak (685 yilda vafot etgan) asos solgan. Bu guruh e’tiqod 
masalasida har qanday murosalarni inkor qiladi. Azrakiylar guruhi 
maqsadga erishishda qat’iy harakat tarafdori hisoblanadi. 
Xorijiylar xalifa Ali va boshqa sulolalar vakillariga qarshi murosasiz 
kurash olib borganlar. Ularning ijtimoiy-siyosiy tizimga nisbatan 
murosasizligi, kishilar hayotini normativlashtirish darajasining juda 
yuqoriligi va uni qat’iy nazorat qilishga intilishi yo‘nalish tarafdorlari 
sonining kamayishiga sabab bo‘lgan. Ayni vaqtda xorijiylar juda kam sonli 
bo‘lib, Shimoliy Afrikada va ayrim arab davlatlarida saqlanib qolgan. 
Islom yo‘nalishlari qatorida avvalgi ta’siri va mavqeini yo‘qotgan. 
Islom dinidagi yirik yo‘nalishlardan biri shialikdir (arabchada shia – 
guruh, partiya, tarafdorlar degan ma’nolarni anglatadi). U VII asrning 
o‘rtalarida xalifa Ali va uning tarafdorlarini birlashtirgan diniy-siyosiy 
oqim sifatida Iroqda vujudga kelgan.
Shialar dastlab siyosiy hokimiyatni Muhammad payg‘ambarning 
avlodlari boshqarishi va hokimiyat otadan farzandga meros sifatida o‘tishi 
kerak degan talablari bilan chiqqanlar. Shuning uchun shialar Ali va uning 
avlodlaridan boshqa barcha sunniy xalifalarni zo‘ravonlik bilan 
hokimiyatni bosib olganlikda ayblaydilar. Sunniy xalifalarga Ali va uning 
avlodi bo‘lgan o‘n ikki imomni qarshi qo‘yadilar. Oxirgi (o‘n ikkinchi) 
144


imom Muhammad Mahdiy (Olloh yo‘liga yetaklaydigan kishi) 873 yilda 
tug‘ilgan. U yoshlik chog‘ida bedarak yo‘qolgan. 
Diniy ta’limotda shialar Qur’oni karim Ollohning kalomi ekanligini 
tan oladilar, lekin xalifa Usmon uni o‘z manfaatiga moslashtirib, xalifa 
Alining hokimiyatni egallashiga oid bitta surani chiqarib tashlagan, deb 
hisoblaydilar. Shu bilan birga qur’onning haqiqiy nusxasini qiyomat kuni 
o‘n ikkinchi imom Yerga olib kelishi haqidagi aqida qabul qilingan. 
Shialar, sunniylardan farqli o‘laroq, Muhammad payg‘ambar bilan 
bog‘liq hadislarni tan olmaydilar. Ular xalifa Ali va uning avlodlari bilan 
bog‘liq maxsus hadislar to‘plamini tuzganlar va u «Axbor» deb nomlanadi. 
Shu bilan birga, shialar iymonda beshta aqida (Ollohning yagonaligi, 
adolat, oxirat va o‘lgandan keyin qayta tirilish, payg‘ambarlik, imomat)ni 
tan oladilar. 
Shialikda diniy ta’limot bilan birga urf-odat va marosimlarda ham 
farqlar mavjud. Masalan, ular Makka va Madinadan tashqari Karbalo va 
Najaf shaharlarini ziyorat qiladilar. Xalifa Alining avlodi bo‘lgan o‘n ikki 
imomning jabrdiyda va din yo‘lida shahid bo‘lganlar sifatida qabrlari 
muqaddaslashtirilgan. Imom Husaynga motam tutadilar. Bu «shaxsey-
vaxsey» marosimi deb ataladi. 
Shialikning asosiy mazhablari quyidagilardan iborat: 
1) alaviylar mazhabiga IX asrda Ibn Nusayr asos solgan. Shu bois 
mazhab asoschisining nomi bilan nusayriylar deb ham ataladi. Mazhab 
a’zolari xalifa Alining shaxsini ilohiylashtiradilar va uni xudo kabi 
ulug‘laydilar. Alaviylar ta’limotida xristianlik aqidalari, oy va 
yoritqichlarga sig‘inish, ruhning ko‘chib yurishiga ishonish kabi qarashlar 
mujassamlashgan. Odamlarning ruhlari dastlab yulduzlar bo‘lgan. Ali 
ularni odamlarning jismiga joylagan. Taqvodor odamlarning ruhlari vafot 
etganlaridan keyin yana qayta yulduzlarga aylanadi. Gunohga botgan 
odamlarning ruhlari hayvonlar jismiga ko‘chadi. Alaviylar mazhabiga 
mansub kishilar namoz, ro‘za va boshqa islom marosimlarini 
bajarmaydilar va rasmiy diniy oqimlar tomonidan ta’qib qilinganligi 
sababli o‘z e’tiqodlarini sir tutadilar; 

Yüklə 489,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin