O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademi ya a. A. Mavlyanov


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



Yüklə 417,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/61
tarix16.05.2023
ölçüsü417,23 Kb.
#114700
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   61
Mantiq maruzalar kursi

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar 
1. Quyidagi gaplar ichidan hukmlarni ajratib ko‘rsating: 
1.1. jinoiy jazoning qanday turlari mavjud? 
1.2. guvohni chaqiring; 
1.3. butun dunyo proletarlari birlashingiz! 
1.4. hech kim aynan bitta jinoyati uchun ikki marta jazoga tortilishi mumkin 
emas; 
1.5. O‘zingda yo‘q – olamda yo‘q. 
74


2. Quyidagi sodda hukmlarning tarkibiy qismlarini qarfiy ifodalarda aniqlang: 
2.1. jinoyat – ijtimoiy xavfli harakat; 
2.2. qamoqxona – kishilar o‘z xohishi bilan boradigan joy emas. 
3. Quyidagi sodda hukmlarning turlarini aniqlang va formulada ifodalang; 
3.1. O‘zbekistonda inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz mavjud; 
3.2. Nukus Toshkentga nisbatan shimolda joylashgan shahar; 
3.3. 13 raqami – xosiyatsiz hisoblanmaydi. 
4. Quyidagi atributiv hukmlarning miqdor va sifatiga ko‘ra turlarini harfiy 
ifodalarda aniqlang: 
4.1. barcha tergovchilar huquqshunoslardir; 
4.2. hech bir tinglovchi qoniqarsiz baho olishni istamaydi; 
4.3. ba’zi jinoyatlar ehtiyotsizlik tufayli sodir etiladi; 
4.4. ayrim retsidivist jinoyatchilarni umumiy tartibdagi koloniyalarda saqlash 
mumkin emas. 
5. Murakkab hukmlarning turlarini harfiy ifodalarda aniqlang: 
5.1. 
IIV Akademiyasi zamonaviy kompyuter va shinam mebellar bilan 
jihozlangan auditoriyalarga ega; 
5.2. sud hukmi oqlovchi yoki qoralovchi bo‘ladi; 
5.3. agar ayblanuvchi S.ning harakatlari zaruriy mudofaa deb baholansa, u jinoiy 
javobgarlikka tortilmaydi; 
5.4. faqat va faqat oxirgi zarurat holatida sodir etilgan harakatgina qonuniy deb 
topilishi mumkin. 
6. 
Quyidagi hukmlarda terminlarning taqsimlanganlik holatini doiralarda 
ko‘rsating: 
6.1. ba’zi huquqbuzarlar balog‘at yoshiga yetmaganlardir; 
6.2. ba’zi huquqshunoslar tergovchilardir; 
6.3. guruhimizning ayrim tinglovchilari sportchilar emas; 
6.4. jamoamizning barcha a’zolari oliy ma’lumotlilardir; 
6.5. jamoamizning hech bir a’zosi oliy ma’lumotli bo‘lmagan kishilar emas. 
7. Hukmlar o‘rtasidagi munosabatlarni misollar yordamida, mantiqiy kvadratda 
ifodalab bering. 
8. Hukm modalliklarini aniqlang: 
8.1. ehtimol, yerdan ham boshqa sivilizatsiyalar mavjuddir; 
8.2. metro bekati va vagonlarida chekish man etiladi; 
8.3. ehtiyotkorlik ko‘pgina noxush holatlarning oldini oladi; 
8.4. ayblanuvchi S.ning firibgarlik bilan shug‘ullanganligi aniqlangan.

Yüklə 417,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin