O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademi ya a. A. Mavlyanov



Yüklə 417,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/61
tarix16.05.2023
ölçüsü417,23 Kb.
#114700
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   61
Mantiq maruzalar kursi

2. Deduktiv xulosa chiqarish 
Umumiy hukmlardan juz’iy yoki yakka hukmlarni keltirib chiqarish 
deduktiv xulosa chiqarish deyiladi. 
Deduktiv xulosalashda, agar asoslar isbotlangan bo‘lsa, mavjud 
umumiy qoidalarga asoslanib, mantiqiy qoida va qonunlar asosida chin 
natija chiqariladi.
Masalan, O‘zbekistonning barcha fuqarolari bilim olish huquqiga ega. 
Karimov O‘zbekistonning fuqarosi. Demak, Karimov bilim olish huquqiga 
ega. Deduktiv xulosalash qat’iy hukmlarda asoslar miqdoriga ko‘ra, 
bevosita va bilvosita turlarga bo‘linadi. 
Bevosita xulosa chiqarish. Agar xulosa bir asosdan olinsa, u bevosita 
xulosa chiqarish deb ataladi. Bevosita xulosa chiqarishning to‘rt turi 
mavjud: 
– aylantirish;
almashtirish
– predikatga qarama-qarshi qo‘yish;
– mantiqiy kvadratga ko‘ra xulosa qilish. 
Aylantirish – bunda asosda miqdoriy o‘zgarishlar yuz bermay, sifatiy 
o‘zgarish ro‘y beradi.
Bizga ma’lumki, qat’iy hukmlar bog‘lovchining sifatiga ko‘ra tasdiq 
yoki inkor hukmlar («dir» yoki «emas»)ga bo‘linadi. Shuning uchun ham 
aylantirish orqali xulosalashda umumiy tasdiq hukmlar umumiy inkor 
hukmlarga, juz’iy tasdiq hukmlar esa juz’iy inkor hukmlarga aylantiriladi. 
Umumiy tasdiq hukm (A) umumiy inkor hukm (YE) ga aylantiriladi 
va formulada quyidagidek ifodalanadi:
77


Barcha S – P dir
Hech bir S – R emas. 
A. Barcha insonlar yashash huquqiga ega. 
YE. Hech bir inson yashash huquqidan mahrum etilishi mumkin 
emas. 
Umumiy inkor (YE) umumiy tasdiq hukm (A)ga aylantiriladi va 
formulada quyidagicha ifodalanadi: 
Hech bir S –R emas. 
Barcha S – P dir.
YE. Hech bir jinoyat jazosiz qolmas.
A. Barcha jinoyatlar jazolanadi. 
Juz’iy tasdiq (I) juz’iy inkor (O) hukmga aylantiriladi va formulada 
quyidagicha ifodalanadi:
Ba’zi S – P dir. 
Ba’zi S – P mas (siz) emas.
I. Ba’zi tinglovchilarning bilimi qoniqarli hisoblanadi. 
O. Ba’zi tinglovchilarning bilimi qoniqarsiz hisoblanmaydi. 
Juz’iy inkor (O) juz’iy tasdiq hukm (I)ga aylantiriladi va formulada 
quyidagicha ifodalanadi: 
Ba’zi S – P emas. 
Ba’zi emas – P dir. 
O. Ba’zi bir jinoyatlar qasddan qilingan emas. 
I. Ba’zi bir jinoyatlar ehtiyotsizlikdan qilingandir.
Almashtirish – bevosita xulosa chiqarishning shunday turiki, unda 
hukmning sifati o‘zgarmasdan, uning subyekti natijada predikatga, 
predikati esa natijada subyektga almashtiriladi. 
Almashtirish orqali chiqarilgan xulosada terminlarning hajmiga, ya’ni 
ularning taqsimlangan va taqsimlanmaganligiga e’tibor berish kerak. Agar 
mazkur qoida buzilsa, xulosa noto‘g‘ri bo‘ladi. 
Terminlarning taqsimlanishiga ko‘ra almashtirish oddiy (sof) va 
chegaralangan turlarga bo‘linadi. Oddiy (sof) almashtirishda berilgan asos 
hukmning predikati xulosaning subyektiga, subyekti esa hajm 
o‘zgarishisiz xulosaning predikatiga almashtiriladi.
Masalan:
A. Barcha jinoyatlar ijtimoiy xavfli qilmishlardir. 
A. Ijtimoiy xavfli qilmishlarning barchasi jinoyatdir.
Mazkur almashtirishning formulasi:
Barcha S – P dir. 
Barcha P – S dir. 
78


Terminlarning taqsimlanish qoidasiga ko‘ra, asos hukmning predikati 
taqsimlanmagan bo‘lsa, u xulosada subyektga almashtirilganda ham 
taqsimlanmaydi. Bunday almashtirishda xulosa xato bo‘ladi. Aynan shu 
xatolikning oldini olish uchun xulosada S (subyekt) o‘rnida kelgan 
terminning hajmi chegaralanadi. Bunday almashtirish chegaralangan 
almashtirish deyiladi. Masalan: 
A. Guruhimizning barcha tinglovchilari mantiq fanidan imtihon 
topshirdilar. 
I. Mantiq fanidan imtihon topshirganlarning ba’zilari guruhimiz 
tinglovchilaridir. 
Mazkur almashtirishning formulasi: 
Barcha S – P dir. 
Ba’zi P – S dir. 
Umumiy inkor hukm (E) umumiy tasdiq hukm (A)ga cheksiz 
almashtiriladi. Masalan: 
YE. Hech bir inson ongsiz mavjudot emas. 
A
. Hech bir ongi yo‘q mavjudot inson emas. 
Umumiy inkor (YE) hukmini almashtirish formulasi: 
Hech bir S – P emas. 
Hech bir P – S emas. 
Juz’iy inkor hukmi (O)ni juz’iy tasdiq hukmi (I)ga quyidagicha 
almashtirish mumkin: 
O. Guruhimizning ba’zi tinglovchilari sportchilardir. 
I. Sportchilarning ba’zilari guruhimiz tinglovchilaridir. 
Juz’iy tasdiq hukmi (I)ni almashtirish formulasi: 
Ba’zi S – P emas. 
Ba’zi P – S emas. 
Juz’iy inkor hukmdan (O) almashtirish orqali xulosa chiqarib 
bo‘lmaydi, chunki bunday hukmlardan zaruriy chin natija kelib 
chiqmaydi. 
Almashtirish usuli bilan xulosa chiqarishda hukmlardagi 
terminlarning taqsimlanish qoidasiga qat’iy amal qilish kerak. Chunonchi
predikati taqsimlanmagan umumtasdiq hukmni chegaralashsiz almashtirib 
bo‘lmaydi yoki predikati taqsimlanmagan juz’iy tasdiq hukmni 
chegaralash orqali almashtirish mumkin emas. Masalan, «IIV 
Akademiyasi tinglovchilarining barchasi mantiq fanini o‘rganishadi» 
hukmidan faqat chegaralash orqali «Mantiq fanini o‘rganuvchilarning 
ba’zilari IIV Akademiyasi tinglovchilaridir» degan xulosani chiqarish 
mumkin yoki «Ba’zi huquqshunoslar tergovchilardir» hukmidan faqat 
79


kengaytirilgan almashtirish orqali «Barcha tergovchilar 
huquqshunoslardir» degan xulosaga kelishimiz mumkin. 
Demak, almashtirish usulida hukmdagi subyekt va predikatning 
hajmini aniqlash to‘g‘ri xulosa chiqarishning muhim sharti ekanligiga o‘z 
mulohazalarimizda qat’iy amal qilishimiz lozim. 

Yüklə 417,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin