nisbatan qo‘llash, jinoyat uchun jazo belgilash va shu kabi boshqa sud
qarorlarida qo‘llaniladi.
Ikkinchi figura, o‘rta termin ikki asosda ham predikat o‘rnida keladi.
Masalan:
Jinoiy ishlar bo‘yicha isbot qilish majburiyati (
R) surishtiruvchi,
tergovchi, prokuror va sudga yuklatiladi (
M).
Aliyev (
S)
surishtiruv, tergov, prokuratura va sud idoralarida
ishlamaydi (M). Demak, Aliyevga (
S) jinoiy ishlar bo‘yicha isbot qilish
majburiyati yuklatilmaydi (
R).
Ikkinchi figura asos hukmlarda ifodalangan fikrlarga zid holatlarni
inkor
etadi va sud amaliyotida, hodisada jinoyat tarkibining yo‘qligi
haqida xulosalar beradi.
Uchinchi figura, o‘rta termin har ikkala asosda ham subyekt bo‘lib
keladi. Masalan:
Yuzlashtirishda (
M) gumon qilinuvchi,
ayblanuvchi, sudlanuvchi,
jabrlanuvchi va guvoh so‘roq qilinishi mumkin (
R) (O‘zb. Res. JPK-122
m.).
Yuzlashtirish (
M) tergov harakatidir (
S).
Demak, tergovda (
S) gumonlanuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi,
jabrlanuvchi va guvoh so‘roq qilinishi mumkin (
R).
Xulosa chiqarishda sillogizmning boshqa figuralariga nisbatan
uchinchi figurasi kam ishlatiladi.
To‘rtinchi figura, o‘rta termin katta asosda predikat,
kichik asosda esa
subyekt bo‘lib keladi. Masalan:
Hech bir jinoyat (
R) xalq manfaati yo‘lidagi harakat emas (
M).
Xalq manfaati yo‘lidagi ba’zi harakatlar (
M) ozodlikdir (
S).
Demak, ozodlik (
S) jinoyat emas (
R).
Sillogizmning to‘rtinchi figurasi sun’iyroq xususiyatga ega bo‘lib,
uning amaliy ahamiyati nisbatan kam hamda muhokama jarayonida ko‘p
qo‘llanilmaydi.
Asoslarning sifat va miqdoriy tasnifi bilan farqlanadigan sillogizm
turlari oddiy-qat’iy sillogizm moduslari deb ataladi.
Modus lotincha «Modius» so‘zidan olingan bo‘lib, «o‘lchov», «tur»,
«qoida» degan ma’nolarni anglatadi. Har bir sillogizm ikki asos hukm va
bir xulosa hukmdan hamda bu hukmlarning umumiy birlashgan tasnifi
to‘rt turdan, ya’ni umumiy tasdiq (
A), umumiy inkor (
YE), juz’iy
tasdiq
(
I) va juz’iy inkor (
O) hukmlardan iborat bo‘ladi. Sillogizmning moduslari
sillogizm umumiy qoidalari va o‘rta terminning figurada joylashgan
tartibiga ko‘ra, hukmlarning o‘zaro bog‘lanishi natijasida paydo bo‘ladi.
85
Har bir asos to‘rt hukmdan biri bo‘lishi mumkin. Bir figuraning asoslarida
yuz berishi mumkin bo‘lgan asoslarni birlashtirishning 16
turi mavjud,
to‘rtta figurada 64 ta. Hamma moduslar ham sillogizmning qoidalariga
to‘g‘ri kelmaydi. Ishonchli xulosani faqat 19 ta modusdan olish mumkin.
Ular quyidagilar:
1-figura: AAA, YEAYE, AII, YEIO;
2-figura: YEAYE, AYEYE, YEIO, AOO;
3-figura: AA I, IAI , AII, YEAO, OAO, YEIO;
4-figura: AA I, AYEYE, IAI, YEAO , YEIO.
Sillogizm moduslari figuralarning maxsus qoidalaridan olinadi.
Dostları ilə paylaş: