O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademi ya a. A. Mavlyanov


Analogiya bo‘yicha xulosa chiqarish



Yüklə 417,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/61
tarix16.05.2023
ölçüsü417,23 Kb.
#114700
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   61
Mantiq maruzalar kursi

4. Analogiya bo‘yicha xulosa chiqarish 
Mantiq fanida deduktiv va induktiv xulosa chiqarish bilan birga 
analogiya bo‘yicha xulosa chiqarish ham mavjud. Ikki predmet yoki 
hodisaning muhim belgilarini o‘xshashligiga qarab, bu predmet yoki 
hodisalarning yana boshqa o‘xshash belgilarga egaligi haqida chiqarilgan 
xulosaga analogik xulosa chiqarish deb aytiladi. 
Agar A predmet a, b, s, d va V predmet a, b, s belgilariga ega bo‘lsa, 
bu predmetlarning a, b, s belgilarini o‘xshashligiga asoslanib, V 
predmetda d belgisi ham mavjud degan xulosaga kelamiz. 
Bizga ma’lumki, obyektiv reallikdagi narsa va hodisalarning o‘rtasida 
obyektiv xususiyat va munosabatlar yotadi. Har qanday hodisalarning 
o‘rtasidagi obyektiv bog‘liqlik, insoniyatning amaliyotida qayta-qayta 
takrorlanishi natijasida ulardagi o‘xshash belgilarning tafakkurda aks 
etishi analogik xulosalash usulining shakllanishiga olib keldi. 
Bir modeldan prototipga o‘tkazilayotgan axborotning tabiatiga ko‘ra 
analogiya ikkiga, ya’ni xususiyatlar va munosabatlar analogiyasiga 
bo‘linadi. 
Xususiyatlar analogiyasida ikki predmet tahlil etilib, ulardan birining 
xususiyati ikkinchisiga ko‘chiriladigan belgi hisoblanadi.
Ikki insonda yuz berayotgan kasallik belgilarining o‘xshashligiga 
qarab, vrach kasallikka tashxis qo‘yishi mumkinligini xususiyat 
analogiyasiga misol tariqasida keltirishimiz mumkin. 
Huquqni muhofaza qilish sohasida xususiyat analogiyasiga ko‘ra 
xulosalash usuli keng qo‘llaniladi. Masalan, sodir etilgan jinoyatlarning 
o‘xshash xususiyatlariga ko‘ra, ularning umumiyligidan kelib chiqib, 
jinoyatni ayrim bir guruh shaxslar amalga oshirishi mumkinligi to‘g‘risida 
xulosa qilish mumkin. 
Xususiyatlar analogiyasi sxemada quyidagicha ifodalanadi: 
A – a, v, s, d xususiyatlarga ega. 
V – a, v, s xususiyatlarga ega.
Ehtimol, V – d xususiyatga ega.
Munosabatlar analogiyasida xulosalash predmetlar o‘rtasidagi 
munosabatlarning o‘xshashligiga asoslanib amalga oshiriladi. Munosabat 
analogiyasining sxemasi quyidagicha: 
A K1 V – K1– a, v, s, d xususiyatlariga ega. 
100


S K2 D – K2 – a, v, s xususiyatlariga ega.
Ehtimol , K2 ham – d xususiyatiga ega. 
Bu yerda: A, V, S, D – bu predmetlardir. 

1
va K 
2
– ularning o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalamoqda. 
Analogiya bo‘yicha xulosa chiqarishning barcha turlaridan olingan 
natijalarning ehtimoliy tabiati yuqori bo‘lmasa-da, ular ham ayrim xato va 
yanglishlardan holi emas, chunki qiyoslash yetarli isbot bo‘la olmaydi. 
Analogiya bo‘yicha xulosalar ishonchli bo‘lishi uchun quyidagi 
mantiqiy qoidalarga rioya etish lozim: 
– o‘rganilayotgan predmetlar muhim belgilari jihatidan bir-biriga mos 
kelishi kerak; 
– umumiy muhim belgilar imkoni qadar ko‘p aniqlanishi kerak; 
– aniqlanayotgan belgi boshqa o‘xshash belgilar bilan bog‘liq bo‘lishi 
lozim; 
– mos kelmaydigan belgilar muhim bo‘lmasligi lozim.
Fan tarixida analogik xulosalash natijasida juda ko‘p kashfiyotlar 
qilinganligi sir emas. Shuning uchun xulosaning boshqa turlari singari 
analogik xulosa ham insonning hayoti faoliyatida muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 417,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin