O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademi ya a. A. Mavlyanov


Murakkab hukmlardan xulosalar chiqarish



Yüklə 417,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/61
tarix16.05.2023
ölçüsü417,23 Kb.
#114700
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   61
Mantiq maruzalar kursi

Murakkab hukmlardan xulosalar chiqarish 
Nafaqat oddiy hukmlardan, balki murakkab hukmlardan qam xulosa 
chiqarish mumkin. Asoslari yo shartli, yo ayiruvchi yoki ham shartli, ham 
ayiruvchi hukmlar bo‘lib, ularning o‘zaro yoki qat’iy hukmlar bilan 
birikishidan tashkil topgan xulosalarga murakkab hukmlardan xulosa 
chiqarish deyiladi. 
Bu xulosa chiqarishning o‘ziga xosligi shundaki, asoslardan olingan 
xulosa qat’iy sillogizmdagi kabi o‘rta terminlarning munosabatidan emas, 
balki hukmlar o‘rtasidagi mantiqiy bog‘lanishdan kelib chiqadi. Shuning 
uchun ham asoslarning subyekt – predikat tartibidagi tarkibi hisobga 
olinmaydi. Murakkab hukmlardan xulosa chiqarishning keng tarqalgan 
turlari quyidagilardir: 
– sof shartli xulosa; 
– shartli qat’iy xulosa; 
– ayiruvchi qat’iy xulosa; 
– shartli ayiruvchi xulosa. 
Har ikki asos yoki asoslaridan biri shartli hukm bo‘lgan sillogizmga 
«shartli xulosa chiqarish» deb aytiladi. Ma’lumki, hukm: «Agar a bo‘lsa, 
unda v bo‘ladi» tartibida kelsa, u «shartli hukm» deyiladi. Shartli 
xulosalash esa o‘z navbatida sof shartli va shartli qat’iy xulosalarga 
bo‘linadi. 
Sof shartli xulosa. Ikki asos va xulosani shartli hukmlardan tashkil 
topgan vositali xulosalashga sof shartli xulosa chiqarish deyiladi. Masalan:
Agar o‘qishni xohlasang, (A) imkoniyat qidir (V). 
Agar imkoniyat qidirsang, (V) maqsadingga yetasan (S). 
Agar o‘qishni xohlasang, (A) maqsadingga yetasan (S). 
Uning formulasi quyidagicha:
Agar A bo‘lsa, V bo‘ladi 
Agar V bo‘lsa, S bo‘ladi. 
yoki [(a → v) ^ (v → s)] → (a → s). 
Demak, A bo‘lsa, S bo‘ladi.
90


Shartli-qat’iy (kategorik) xulosa chiqarish. Asoslardan biri shartli, 
ikkinchisi va xulosa qat’iy hukmlardan iborat bo‘lgan xulosalashga shartli-
qat’iy xulosa chiqarish deyiladi. Masalan: 
Prokuror sud majlisiga kelmay qolgan taqdirda (A) jinoyat ishini 
muhokama qilish keyinga qoldiriladi (V). 
Prokuror sud majlisiga kelmadi (A). 
Sud jinoiy ishning muhokamasini keyinga qoldirdi (V). 
Birinchi asos – shartli hukm asos (A) va oqibatning (V) bog‘lanishini 
ifodalaydi. Ikkinchi asos qat’iy hukm bo‘lib, unda «prokurorning sud 
majlisiga kelmaganligi» tasdiqlanadi. Ikkinchi asos natijaning chinligini 
keltirib chiqarmoqda. Shartli qat’iy xulosa chiqarishning ikki, ya’ni tasdiq 
va inkor moduslari mavjud. 
Tasdiq modusi (modus ponens)ning formulasi quyidagicha: 
av
a yoki 
[(a 
→ v) ^ a ] → v 
v
Asoslarni tasdiqlash natijasida xulosani tasdiqlab ishonchli xulosalar 
tuzish mumkin. Masalan: 
Agar Oliy Majlis yangi saylansa (a), Vazirlar Mahkamasi o‘z 
vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi (v). 
Oliy Majlis yangi saylandi (a).
Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi (v). 
Inkor 
modusi (modus tollens)ning formulasi: 
v
v
yoki 
[(a → v)^ v ] → a 

Xulosani 
inkor etish natijasida qam, asoslarni inkor etib ishonchli xulosa 
tuzish mumkin. Masalan: 
Agar jinoyat sodir etilgan bo‘lsa (a), jinoiy ish qo‘zg‘atiladi (v). 
Jinoiy ish qo‘zg‘atilmagan (v emas). 
Demak, jinoyat sodir etilmagan (a emas ). 
Shartli-qat’iy xulosa chiqarish nafaqat ishonchli xulosalarni, balki 
ehtimoliy xulosalarni ham beradi. Birinchi ehtimoliy modusning formulasi 
quyidagicha: 
→ v
v yoki 
[(av) ^v] 
Ehtimol , a 
Ikkinchi ehtimoliy modusining formulasi quyidagicha: 
91


v

yoki 
[ (av) ^ a] 
Ehtimol 
v
Birinchi va ikkinchi ehtimoliy modus formulalarida ifodalangan 
xulosa chin va ishonchli hisoblanmaydi. 

Yüklə 417,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin