O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademi ya a. A. Mavlyanov



Yüklə 417,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/61
tarix16.05.2023
ölçüsü417,23 Kb.
#114700
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   61
Mantiq maruzalar kursi

Soritlar 
Soritlar murakkab sillogizmning polisillogizmlardan tashkil topgan 
ko‘rinishidir. Mantiqda progressiv va regressiv polisillogizmlar 
qisqartirilgan shaklda «soritlar» deb yuritiladi. Sorit yunoncha «Sorit» 
so‘zidan olingan bo‘lib, «to‘da», «jamlangan» ma’nolarini anglatadi. 
Progressiv soritda polisillogizmning xulosasi – episillogizmlarning 
katta asosi tushirib qoldiriladi. Masalan: 
Barcha ijtimoiy xavfli harakatlar (A) jazolanadi (V). 
Jinoyat (S) – ijtimoiy xavfli harakatdir (A). 
Pora berish (D) jinoyatdir (S).
Pora berish (D) jazolanadi (V). 
Progressiv soritning sxematik tuzilishi quyidagicha:
Barcha A – V dir. 
S – A dir.
D – S dir. 
D – V dir. 
Regressiv soritda prosillogizm xulosasi bilan episillogizmlarning 
kichik asosi tushirib qoldiriladi. Yuqoridagi regressiv polisillogizmga oid 
misolimizni regressiv soritga aylantiramiz: 
Rahimov (A) fuqarodir (V). 
Fuqarolar (V) fikr yuritish va uni ifodalash erkinligiga ega (S). 
Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi (S) demokratik erkinlikdir (D). 
Rahimov (A) demokratik erkinlikka ega (D). 
Ushbu progressiv soritning sxematik tuzilishi quyidagicha:
A – V dir.
V – S dir. 
S – D dir. 
A – D dir. 
88


Epixeyrema 
Epixeyrema murakkab qisqartirilgan sillogizm bo‘lib, uning ikki asos 
hukmlari qisqartirilgan oddiy sillogizm (entimema)lardan iborat bo‘ladi. 
Masalan :
Ongli mehnat (A) 
hurmatga sazovor (S), chunki ongli mehnat 
(A) shaxs va jamiyat rivojiga xizmat qiladi (V). 
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining mehnati (D) ongli 
mehnat (A), chunki ushbu xodimlar (D) jamiyatda qonun ustuvorligini 
ta’minlashga xizmat qiladi (YE). 
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari (D) 
hurmatga 
sazovordir (S). 
Umumiy va tasdiq muhokamalar uchun epixeyremaning sxematik 
tuzilishi quyidagicha ifodalanadi: 
A – S dir, chunki A – V dir. 
D – A dir, chunki D – YE dir. 
D – S dir. 
Epixeyremaning birinchi va ikkinchi asoslari qisqartirilgan entimema 
bo‘lib, ularda asoslardan biri tushirib qoldiriladi. Quyida epixeyremaning 
birinchi va ikkinchi asoslari to‘laligicha ifodalangan: 
V – S dir. YE – A dir. 
A – V dir. D – YE dir. 
A – S dir. D – A dir.
Birinchi va ikkinchi sillogizmlarning xulosasini uchinchi 
sillogizmning katta va kichik asoslari sifatida olsak: 
A – S dir.
D – A dir. 
D – S dir ko‘rinishida ifodalanadi. 
Epixeyremani to‘laligicha ifodalasak: 
Shaxs va jamiyat rivojiga xizmat qiladigan harakatlar (V) hurmatga 
sazovor (S).
Ongli mehnat (A) jamiyat va shaxs rivojiga xizmat qiladi (V). 
Ongli mehnat (A) hurmatga sazovor (S). 
Jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash (YE) ongli mehnatdir (A). 
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari (D) jamiyatda qonun 
ustuvorligini ta’minlashga xizmat qiladi (YE). 
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining mehnati (D) ongli 
mehnat (A).
Bu misolda birinchi va ikkinchi sillogizm xulosasi uchinchi 
sillogizmning asosi bo‘ladi.
89


Ongli mehnat (A) hurmatga sazovor (S). 
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining mehnati (D) ongli 
mehnatdir (A).
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining mehnati (D) 
hurmatga sazovor (S).
Bahs va munozaralarda fikrlarning to‘g‘riligini tekshirish hamda 
mantiqiy xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida epixeyremadan keng 
foydalaniladi. 

Yüklə 417,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin