Yuqoridagi «Ba’zi tinglovchilar a’lochi» degan juz’iy tasdiq hukmidan
«Hech bir tinglovchi a’lochi emas»
degan umumiy inkor hukm, ya’ni
antitezis kelib chiqadi. Antitezisni shartli ravishda chin hisoblab,
mantiqiy
xulosalasak, har bir alohida olingan tinglovchilarning a’lo o‘qimasligi
haqida yolg‘on xulosa kelib chiqadi. Demak, xulosaning yolg‘onligidan
antitezisning yolg‘onligi, antitezisning yolg‘onligidan esa tezisning
chinligi kelib chiqadi. Demak, tezis isbotlandi.
Ayiruv vositali isbotlashda tezis sof ayiruvchi (dizyunktiv)
hukmning
bir a’zosi bo‘lib, uning chinligi boshqa a’zolar (antitezis)ning xatoligini
ko‘rsatish orqali asoslanadi. Masalan,
jinoyatning qasddan yoki
ehtiyotsizlik orqasida sodir etilganligi tezis bo‘lib, unda mazkur
jinoyatning ehtiyotsizlik tufayli sodir
etilmaganligi tasdiqlansa, u holda
jinoyatning qasddan sodir etilganligi isbotlanadi.
Dostları ilə paylaş: