O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademi ya a. A. Mavlyanov


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



Yüklə 417,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/61
tarix16.05.2023
ölçüsü417,23 Kb.
#114700
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   61
Mantiq maruzalar kursi

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar 
1. Quyidagi xulosaning turi va tarkibini aniqlang: 
1.1. Barcha tergovchilar O‘zbekiston Respublikasi JKning amaliyotida ko‘p 
takrorlanadigan asosiy moddalarni sharhlab bera olishadi.
S. tergovchi. 
Demak, S. O‘zbekiston Respublikasi JKning amaliyotida ko‘p takrorlanadigan 
asosiy moddalarni sharhlab bera oladi. 
2. 
Keltirilgan hukmlardan aylantirish usuli orqali xulosa chiqaring va 
formulasini yozing: 
2.1. «Real» (Madrid) futbol jamoasining barcha a’zolari jahon miqyosidagi 
yulduzlardir;
2.2. hech qanday qilmish javobsiz qolmaydi; 
2.3. ba’zi davlatlarning sanoati rivojlangan hisoblanadi; 
2.4. ayrim jinoyatlar qasddan qilingan deb hisoblanmaydi. 
3. 
Keltirilgan hukmlardan almashtirish usuli orqali xulosa chiqaring va 
formulasini yozing: 
3.1. barcha tergovchilar – huquqshunoslardir; 
3.2. barcha kvadratlar to‘g‘ri to‘rtburchaklardir; 
3.3. 112-guruhning hech bir tinglovchisi mantiq fanini o‘zlashtira olmaganlar 
jumlasidan emas; 
3.4. boks bo‘yicha jahon chempionlarining ayrimlari O‘zbekiston fuqarolaridir. 
4. Keltirilgan hukmlardan predikatga qarama-qarshi qo‘yish usuli yordamida 
xulosa chiqaring va formulasini yozing: 
101


4.1. barcha jinoyatlar ijtimoiy xavflilik darajasiga ko‘ra tasniflanadi; 
4.2. o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarning hech biriga 
o‘lim jazosi qo‘llanilmaydi; 
4.3. ayrim huquqshunoslar tergovchilar emas. 
5. Oddiy-qat’iy sillogizm va uning tarkibini ta’riflab bering. 
6. Keltirilgan sillogizmni to‘liq tahlil qilib bering: katta va kichik asos, xulosa, 
o‘rta, kichik va katta terminlarni ko‘rsating: 
6.1. barcha mansabdor shaxslar hokimiyat vakillaridir. 
Shahar IIB boshlig‘i mansabdor shaxsdir. 
Demak, shahar IIB boshlig‘i hokimiyat vakilidir. 
7. Keltirilgan asoslardan sillogistik xulosa chiqaring va figuralarini aniqlab, 
chizib ko‘rsating: 
7.1. jinoyat jazolanadi.
Yolg‘on guvohlik berish jinoyatdir. 
Demak, …..; 
7.2. ba’zi mashhur estrada xonandalari xayriya telemarafon ishtirokchilaridir. 
Anvar Sanayev estrada xonandasidir. 
Demak, …..; 
7.3. etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab 
chiqaruvchi va muomalaga kirituvchi shaxslar O‘zbekiston Respublikasi JKning 
186
1
-moddasiga binoan javobgarlikka tortiladi. 
Fuqaro S. etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda 
ishlab chiqarishda va muomalaga kiritishda aybdor deb topildi. 
Demak, …..; 
7.4. 
yuzlashtirish vazifalaridan biri so‘roq qilinayotgan ikki shaxsning 
ko‘rsatmalari o‘rtasidagi qarama-qarshilikning sababini aniqlashdir. 
Yuzlashtirish jinoyat protsessidagi surishtiruv harakatidir. 
Demak, ….. 
8. Quyidagi misollarda keltirilgan induktiv xulosaning metodini aniqlang va 
formulasini sxema tarzida yozing: 
8.1. qotillik sodir etilgan joyda jinoyatni o‘z bo‘yniga olgan N. va S.ning oyoq 
kiyimlari izlari aniqlangan. Biroq jinoyat quroli bo‘lgan pichoqda topilgan barmoq 
izlari N. va S.ga tegishli emas edi. Shunda qotillikda yana bir kishi ishtirok etgan, deb 
xulosa qilindi. Darhaqiqat, qotil muqaddam sudlangan, o‘ta xavfli jinoyatchi K. 
bo‘lib chiqdi. 
102



Yüklə 417,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin