Chunki isbotlash bu chinligi oldin isbot etilib, mavjud holatlardan yangi
holatlarni keltirib chiqarishdir. Ta’riflangan tushunchalarda ularning
mazmunini ifodalaydigan asosiy belgilar aks ettiriladi.
Ta’riflash chin hukm bo‘lganligi tufayli isbotda asos sifatida ishtirok
etishi mumkin;
v)
aksioma va postulatlar isbotning asosi sifatida. Aksioma va
postulatlar bu insonning ko‘p yillik amaliyotida tasdiqlangan, isbotsiz
qabul qilingan haqiqatlardir. Ular matematika, fizika va mexanika
fanlarida ko‘p ishlatiladi. Aksioma va postulatlarning roli ayrim fanlarda
ilmiy nazariyalarni asosli, izchil isbotlashda muhim o‘rin egallashi bilan
belgilanadi. Mantiq fanining ba’zi qonun-qoidalari aksiomatik tabiatga
ega. Agar aksiomalarga asoslanib isbotli mulohaza yuritiladigan bo‘lsa,
ayrim mantiqiy talablarga rioya etilishi lozim. Aksiomalar to‘liq, mustaqil
va ziddiyatsiz bo‘lishi kerak.
g) Fan qonunlari va teoremalari isbotlashning asosi sifatida. Isbotning
dalili va asosi sifatida isbot etilgan tabiiy va ijtimoiy fanlarning qonun va
teoremalar kelishi mumkin. Huquqiy qonunlar sud-tergov amaliyotida
foydalaniladigan dalillar vazifasini bajaradi.
Isbot tarkibiga tezis va asoslardan tashqari, demonstratsiya ham
kiradi. Tezis va asoslar o‘rtasidagi mantiqiy bog‘lanishga
demonstrasiya
(lot. demonstratio – namoyish etish) deyiladi.
Demonstrasiya hukmlarning
mantiqiy bog‘lovchisi bo‘lib, muayyan bir natijani keltirib chiqaradi.
Demak, demonstratsiya tezis bilan asosning o‘rtasidagi aloqa vositasidir.
Dostları ilə paylaş: