Demonstratsiyaning rad
etish usuli isbotlash shaklida, dalillar va
tezisning o‘rtasida mantiqiy bog‘lanish yo‘qligini ko‘rsatib beradi. Agar
tezis dalil va asoslardan kelib chiqmasa, uning
ishonchli emasligi haqida
xulosa qilinadi. Demonstratsiyaning rad etish usulini qo‘llash deduktiv,
induktiv va analogiya bo‘yicha xulosa chiqarish qoidalari hamda undan
kelib chiqadigan xatolarni hisobga olishni taqozo etadi.
Yuqorida tahlil etilgan raddiya usullari
nafaqat yakka tartibda, balki
birgalikda ham qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: