O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Kontrol predmetini aniqlash



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə150/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

Kontrol predmetini aniqlash. Eng umumiy ma’noda, kontrol predmetini ilgari qabul qilingan barcha boshqaruv qarorlarini amalga oshirishga qaratilgan faoliyat tashkil qiladi. Ichki ishlar organlari misolida ushbu qarorlar kontrol qiluvchi yoxud yuqori turuvchi subyektga ham, IIV tizimiga kirmaydigan subyektlarga ham mansub bo‘lishi mumkin (qonunlar, farmonlar, O‘zbekiston Respublikasi hukumatining qarorlari, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organlarning ichki ishlar organlari faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarining ijrosini kontrol qilish).
Ichki ishlar organining kelgusida (masalan, maxsus tadbirni o‘tkazish uchun) yoxud muayyan vaziyatda (masalan, favqulodda holat sharoitidagi harakatlar uchun) qarorlarni bajarishga tayyorlik holati ham kontrol predmetini tashkil qiladi.
Kontrol predmetini aniqlashda subyekt o‘zining kontrolida bo‘lgan organ, xizmat, bo‘linma yoki xodimlarning vazifalari va funksiyalaridan kelib chiqadi. Ichki ishlar organlarida kontrolning eng muhim predmetlariga operativ xizmat faoliyati bosh yo‘nalish- larining mazmunini tashkil etuvchi quyidagi jihatlar tashkil qiladi: jangovar-xizmat va safarbarlik uchun tayyorlik holati; jinoyatlarning oldini olish, ularni ochish va tergov qilish borasidagi ishlar; jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash; boshqaruv faoliyati. Kontrolning muhim predmetlariga quyidagilar ham kiradi: yo‘llarda harakat- lanish xavfsizligini, yong‘in xavfsizligini, obyektlarning va fuqarolar xonadonlarining muhofaza qilinishini ta’minlash, xo‘jalik ta’minoti, kadrlar bilan ishlash va hokazo.
Kontrol predmeti kontrol subyektining boshqaruv tizimidagi darajasi (IIV, IIB, shahar, tuman va tumandagi shahar IIO), mavqei va vazifasi (organ boshlig‘i, kotibiyat, tarmoq bo‘linmalari ekanligi)ga qarab farqlanadi. Masalan, IIV, IIB uchun ularga bo‘ysunadigan organlar faoliyatining eng muhim turlari — jinoyatchilikka qarshi kurash holati, hukumatning ichki ishlar organlari faoliyatiga doir qonunlari va qarorlarining bajarilishi,
boshqaruv faoliyati kabilar kontrol predmeti hisoblanadi. Shahar, tuman va tumandagi shahar IIO rahbarlari uchun ularga bo‘ysunuvchi bo‘lim, bo‘linma va xodimlarning kundalik faoliyatiga oid torroq va juz’iyroq masalalar kontrol predmeti hisoblanadi: IIV, IIB normativ hujjatlari va o‘zga boshqaruv qarorlarini baja- rish; bo‘linmalar va xodimlar o‘rtasida hamkorlikning holati; xizmat intizomining ahvoli; kadrlarni tanlash borasidagi ishlar; jinoyatlarga oid ariza va xabarlar bo‘yicha chora ko‘rish kabilar shular jumlasidan.
Kontrolning samaradorligi uni o‘tkazishning oqilona metodi- kasi bilan ta’minlanadi. Bunday metodika kontrol faoliyatining muayyan ketma-ketligi, bosqichlarini, shuningdek bunda foydala- niladigan usullarni o‘z ichiga oladi. Kontrol faoliyati, kontrolning qaysi turi, shakli va uni amalga oshirish darajasi qo‘llanishidan qatyi nazar, quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: a) kontrol o‘tkazishga tayyorgarlik; b) kontrolni bevosita amalga oshirish; d) kontrolga yakun yasash.
Kontrol o‘tkazishga tayyorgarlik quyidagilardan iborat: kontrol- ni amalga oshiradigan shaxslarni aniqlash (inspektorlik va boshqa komissiyalarni, kompleks va maqsadli guruhlarni shakllantirish, ayrim xodimlarni tayinlash); ular o‘rtasida kontrol funksiyalari va aniq topshiriqlarni taqsimlash; ushbu obyekt uchun eng maqbul kontrol shakllarini tanlash; kontrol o‘tkaziladigan obyekt faoliyati- ning natijalari bilan (zarur bo‘lsa) dastlabki tanishuv; kontrol faoliyatini rejalashtirish (masalan, inspektorlik tekshiruvi dasturini, obyektga maqsadli chiqish rejasini tayyorlash); tekshiruvchilarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish (maslahat berish).
Kontrolni bevosita amalga oshirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi: tekshirilayotgan masalalar bo‘yicha axborot to‘plash, tartibga solish va tahlil etish; olingan ma’lumotlarni umumlashtirish; kontrol qilinayotgan organlar, bo‘linmalar va xizmatlarga ularning faoliyatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqishda yordam ko‘rsatish; tegishli yakuniy hujjatlar uchun tekshiruv davomida aniqlangan kamchiliklarni tugatish haqida takliflar tayyorlash.
Kontrolga yakun yasash bosqichi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: yakuniy hujjatlarni (inspektorlik yoki tekshiruv dalolatnomasi,
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish xususida berilgan takliflarni amalga oshirish rejasi, kontrol o‘tkazish haqida qaror qabul qilgan rahbar nomiga yozilgan bildirgi varaqalar va hokazo.); tekshiriluvchilar faoliyatini baholash («qoniqarli» yoxud
«qoniqarsiz»), ichki ishlar organlari faoliyatining barcha yo‘nalishlarini baholash mezonlari va metodikasi O‘zbekiston Respublikasi IIVning normativ hujjatlarida batafsil ko‘rsatilgan; tekshiruv natijalarini tekshiriluvchilarga (alohida xizmat tekshirilganida esa ichki ishlar organining boshlig‘iga) yetkazish. Ushbu bosqichda tekshiruv natijalari muhokama qilinadigan majlislar o‘gkazilishi mumkin.
Shuni inobatga olish lozimki, kontrolning turli shakl va turlarida har bir bosqichdagi ish hajmi bir xil bo‘lmaydi. Ammo kontrolning har qanday shaklida ham boshkaruv jarayoniga, bo‘ysunuvchilar faoliyatining natijalariga uning konstruktiv (ijobiy) ta’sirini ta’minlash uchun unga puxta tayyorlanish zarur. Har qanday holda ham asosli xulosalar chiqarish, tekshiriluvchilar faoliyatini xolisona baholash uning mantiqiy yakuni bo‘lishi kerak.


Nazorat uchun savol va toshiriqlar

  1. Kontrol va nazoratning farqini aniqlang.

  2. Kontrol faoliyatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlarini aniqlang.

  3. Davlat boshqaruvida sud organlari kontrol faoliyatining ahamiyatini ayting.

  4. Sud organlaridagi kontrolning asosiy vazifalari nimalardan iborat?

  5. Jamoat kontrolining davlat boshqaruvidagi ahamiyati nimalarda ifodalanadi?

  6. Kasaba uyushmalari davlat boshqaruv organlarining faoliyatini kontrol qilish jarayonida qanday masalalarni hal etishga e’tibor qaratadi?

  7. Ichki ishlar organlaridagi kontrolning asosiy vazifalari nimalardan iborat?

  8. Ichki ishlar organlari amaliyotida kontrolning qaysi turlaridan foydalaniladi?

  9. Ichki ishlar organlarida kontrolni tashkil qilish va amalga oshirishga qanday talablar qo‘yiladi?







  1. bob

DAVLAT BOSHQARUVIDA NAZORAT



Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin