Nazoratningturlari: prokuratura nazorati (umumiy va max- sus); ma’muriy nazorat (umumiy va maxsus); yong‘in nazorati; bojxona nazorati; sanitariya nazorati; veterinariya nazorati.
Nazoratning asosiy xususiyati: nazorat organlari o‘zining funksiyasi va vakolatlarini ularga tashkiliy jihatdan bo‘ysunmagan obyektlarga nisbatan amalga oshiradi.
Nazoratningtashkiliyshakllari: birinchidan, organ rahbarlari- ning, shuningdek ular tomonidan tuzilgan komissiyalarning
nazorat faoliyati, ular uchun asosiy ish turi hisoblanmaydi, balki organga kelib tushgan ariza, shikoyat, ish yuzasidan tashkil etiladi; ikkinchidan, maxsus idoralar, xizmatlar va organlar tomonidan amalga oshiriladigan nazorat ular uchun eng muhim yoki bosh funksiya hisoblanadi (masalan, sanitariya-epidemiologiya xizmati tizimi).
2-§. Prokuraturaning umumiy nazorati, uning shakllari
O‘zbekiston Respublikasining «Prokuratura to‘g‘risida»gi 2001-yil 29-avgust (yangi tahrirdagi) qonuniga asosan, prokuror qonunlarga rioya etilishi ustidan umumiy nazorat olib boradi.
Prokuratura organlarining umumiy nazoratni amalga oshirish- dagi asosiy vazifalari:
O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish; qonun ustuvorligini ta’minlash; qonuniylikni mustahkam- lash; fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini himoya qilish; jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish; huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilish.
Prokuratura organlarining umumiy nazoratni amalga oshirishda faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish;
fuqaroning huquq hamda erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan qonunlar ijrosi ustidan nazorat qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida, vazirliklar, dav- lat qo‘mitalari va idoralarining harbiy tuzilmalarida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish;
tezkor-qidiruv faoliyatni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiradigan organlar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish hamda ularning jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
jinoyatlar yuzasidan dastlabki tergov olib borish;
sudlarda jinoyat ishlari ko‘rib chiqilayotganda davlat ayblovini quvvatlash, sudlarda fuqarolik ishlarini, ma’muriy huquqbu- zarliklar to‘g‘risidagi ishlarni hamda xo‘jalik nizolarini ko‘rishda ishtirok etish, qonunlarga zid bo‘lgan sud hujjatlariga protest keltirish;
soliq intizomini mustahkamlashga, soliq, valuta sohasidagi jinoyatlar va huquqbuzarliklarga qarshi kurashga, shuningdek davlatga yetkazilgan iqtisodiy zararni qoplashga qaratilgan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish;
ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoiy-huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro etish chog‘ida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish; qonun ijodkorligi faoliyatida hamda jamiyatda huquqiy
madaniyatni yuksaltirish ishida ishtirok etish.