Prokurorning nazorat jarayonida davlat hokimiyati va boshqaruv organlari majlislarida ishtirok etishi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori tegishincha O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etish huquqiga ega.
Viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar prokuror- lari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar davlat hokimiyati va boshqaruvning tegishli va quyi organlari majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etishga haqli.
Umumiy nazorat predmetiga quyidagilar kiradi:
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, organlar, davlat nazorat organlari, hokimlar, muassasalar, korxonalar, tashkilotlar, birlashmalar, harbiy qismlar, jamoat birlashmalari, partiyalar va harakatlar, mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning bajari- layotganligi, shuningdek, ular chiqarayotgan hujjatlarning konstitutsiya va qonunlarga muvofiqligi;
shaxsning daxlsizligi, fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va shaxsiy erkinliklari, ularning sha’ni va qadr-qimmatini
muhofaza qilish (basharti ushbu huquqlarni muhofaza etishning o‘zga tartibi ko‘zda tutilmagan bo‘lsa) to‘g‘risidagi qonunlarga rioya etilishi;
iqtisodiy munosabatlarga, atrof-muhitni muhofaza qilish va tashqi iqtisodiy faoliyatga doir qonunlarga rioya etilishi.
Prokuror aralashuvini talab qiladigan qonunbuzarlik hollari haqida arizalar yoki boshqa ma’lumotlar tushganda, shuningdek, yetarli asoslar bo‘lganda, o‘z tashabbusi bilan ham qonunlar ijrosi bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkaziladi. Prokurorning bevosita xo‘jalik va boshqa turdagi faoliyatga aralashuviga, shuningdek, boshqaruv va nazorat organlari faoliyatini amalga oshirishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Prokuror o‘z vakolati doirasida nazoratni amalga oshirish chog‘ida:
xizmat guvohnomasini ko‘rsatib, vazirliklar, davlat qo‘mi- talari va organlari tobeligidan, kimga qarashli ekanligidan qat’i nazar, tashkilotlar va birlashmalarning, harbiy qismlar, jamoat birlashmalarining hududiga va binolariga moneliksiz kirishga, hujjat va materiallarni olib ko‘rishga;
tekshirish uchun zarur bo‘ladigan qarorlar, farmoyishlar, yo‘riqnomalar, buyruqlar va boshqa hujjatlarni talab qilib olishga, qonuniylikning ahvoli to‘g‘risida va uni ta’minlashga doir chora- tadbirlar haqida ma’lumot olishga;
davlat organlari, harbiy qismlarning rahbarlari va mansabdor shaxslaridan o‘z nazorati ostidagi hamda o‘z bo‘ysunuvidagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar faoliyatini tekshirish va taftish qilishni, tekshirishlar o‘tkazish uchun mutaxassislar ajra- tishni talab qilishga;
mansabdor shaxslar va fuqarolarni chaqirtirib, ulardan qonunlarning buzilganligiga doir og‘zaki, yozma tushuntirishlar talab qilishga haqlidir.