Davlat boshqaruv organlari, xo‘jalik organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat tashkilotlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan qonunlar bilan o‘rnatilgan maxsus qoidalarning bajarilishi ustidan olib boriladigan nazorat ma’muriy nazorat deb ataladi. Ushbu nazoratni maxsus vakolatga
ega bo‘lgan organlar amalga oshiradi. Bunday organlar qatoriga: davlat avtomobil nazorati, davlat yong‘in xavfsizligi nazorati organlari, shahar texnika nazorati organlari, davlat sanitariya organlari, davlat veterinariya nazorati organlari, tabiatni muhofaza qilish organlari, ichki ishlar organlari va hokazolar kiradi.
Ichki ishlar organlari jamoat tartibini saqlash, yo‘llarda ha- rakatlanish xavfsizligi qoidalari, pasport tizimi, yong‘in xavfsiz- ligi qoidalarining fuqarolar va mansabdor shaxslar tomonidan bajarilishi ustidan nazorat olib boradi.
Bundan tashqari, ular maxsus qoidalarning bajarilishi ustidan ham nazorat o‘rnatadilar, jumladan, O‘zbekiston Respublika- sining «Jinoiy jazoni ijro etish muassasalaridan bo‘shatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarining ma’muriy nazorati to‘g‘risida»gi 1992-yil 9-dekabr qonuniga asosan, jazoni ijro etish muassasalaridan bo‘shatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar organ- larining ma’muriy nazorat, tarbiyaviy profilaktik ta’sir choralar majmuini ifodalab, nazorat ostidagilarga nisbatan maxsus chek- lashlarni qo‘llashni amalga oshiradilar.
Sanitariya nazorati. Ushbu nazorat turi O‘zbekiston Respublikasining «Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida»gi 1992- yil 3-iyul qonuniga asosan amalga oshiriladi.
Davlat sanitariya nazorati bu sanitariya qonunlari buzilishining oldini olish, aniqlash va ularga chek qo‘yishga qaratilgan sanitariya- epidemiologiya xizmatining faoliyatidir.
O‘zbekiston Respublikasining davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati qaysi organga bo‘ysunishidan va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar sanitariya normalari va gigiyena normativlariga rioya etishlari ustidan davlat sanitariya nazoratini amalga oshiradi.
Sanitariya-epidemiologiya stansiyasi tibbiy-profilaktik muassasa hisoblanib, sanitariyaga doir va epidemiyaga qarshi kurash chora- tadbirlarining majburan uyushtirilishi va o‘tkazilishini ta’minlaydi hamda davlat sanitariya nazoratini amalga oshiradi.
Davlat sanitariya nazoratini tashkil etish va amalga oshirish vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi va
uning o‘rinbosarlari, viloyatlar, tumanlar Bosh davlat sanitariya vrachlari va ularning o‘rinbosarlari zimmasiga yuklatilgan.
Davlat sanitariya nazorati quyidagi qoidalarning buzilmasligini ta’minlaydi:
tuproqni, atmosfera havosini, oziq-ovqat mahsulotlarini, ish olib boriladigan joy havosini, ochiq va yer osti suv bilan ta’minlash manbalarini, aholi tomonidan madaniy-maishiy maqsadda foydalaniladigan suv havzalari va suv omborlarining qirg‘oqlarini kimyoviy, fizikaviy, biologik va boshqacha tarzda ifloslantirmaslikni;
sanitariya normalari, qoidalariga rioya etish va gigiyena normativlarini hisobga olish, aholining salomatligini muhofaza qilishda sanitariya-epidemiologiya masalalariga, aholining radiatsiya xavfsizligini ta’minlashga doir normativ-texnikaviy hujjatlarni ishlab chiqilishi ustidan;
yangi xomashyo turlari, texnologiya uskunalari, asbobla- rini, oziq-ovqat mahsulotlari hamda oziq-ovqat xomashyosi, sanoat buyumlari, binokorlik materiallarini, ion hosil qiluvchi nurlanish manbalarini, kimyoviy moddalar va mahsulotlarni, biologiya vositalari, oziq-ovqat xomashyosi, oziq-ovqat mollari va dori-darmonlar bevosita tegib turadigan idishlar hamda boshqa materiallarni, bu materiallardan tayyorlanadigan buyumlarni, atir- upa va pardoz mahsulotlari hamda boshqa xalq iste’moli mollarini, tibbiyot va immunobiologiya dori-darmonlarini ishlab chiqarish va qo‘llashga doir normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqish ustidan va hokazo.
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlari O‘zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi 1992-yil 9-dekabr qonuniga asosan ekologik nazoratni amalga oshiradi1. Ekologik nazorat oldiga: atrof tabiiy muhit holatini hamda xo‘jalik yuritish va boshqa faoliyat ta’siri ostida unda bo‘ladigan o‘zgarishlarni kuzatib borish; atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof tabiiy muhitni sog‘lomlashtirish, tabiatni muhofaza qilishga doir qonunlar talablari va atrof tabiiy muhit sifatining normativlariga rioya etish borasidagi dasturlar hamda ayrim tadbirlar bajarilishini tekshirish vazifasi qo‘yilgan.
Ekologik nazorat tizimi davlat atrof tabiiy muhit holatini kuzatib borish xizmati, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi davlat, idoraviy, ishlab chiqarish va jamoat nazoratidan iborat.
459
Nazorat uchun savol va topshiriqlar
Davlat boshqaruvida nazorat faoliyatining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Davlat boshqaruvida nazorat faoliyatining turlari nimalardan iborat?
Prokuror nazorati predmetining mohiyati haqida so‘zlab bering.
Prokuror nazoratining qanday shakllari mavjud?
Ma’muriy nazorat qaysi organ tomonidan amalga oshiriladi?
Umumiy ma’muriy nazoratni qaysi organlar amalga oshiradi?