Prokuror nazorati hujjatlarining turlari: protest, qaror, taq- dimnoma, ariza va ogohlantiruvdan iborat.
Qonun buzilgan taqdirda prokuror va uning o‘rinbosarlari o‘z vakolatlari doirasida:
Birinchidan, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va organlarining, korxona va tashkilotlar, muassasalar, hokimlar, harbiy qismlar va
jamoat birlashmalari hujjatlariga, shuningdek, mansabdor shaxs- larning qarorlari va xatti-harakatlariga nisbatan protestlar keltirishi mumkin. Protest qonunga zid bo‘lgan normativ hujjatga nisbatan ana shu hujjatni chiqargan organga yoki yuqori turuvchi organga keltiriladi. Mansabdor shaxsning xatti-harakatlariga nisbatan ham xuddi shu tartibda protest keltiriladi. Protest u topshirilgan vaqtdan boshlab ko‘pi bilan o‘n kun muddat ichida ko‘rib chiqilishi shart. Qonuniylik buzilganligiga tezda barham berish talab qilingan favqulodda hollarda prokuror protestni ko‘rib chiqishning qisqarti- rilgan muddatini belgilashga haqlidir. Protestni ko‘rib chiqish natijasi haqida prokurorga darhol yozma ravishda ma’lum qilinishi kerak. Protest kollegial organlar tomonidan ko‘rib chiqilgan taqdirda majlis bo‘ladigan kun prokurorga ma’lum qilinishi kerak, prokuror esa protestni ko‘rib chiqishda ishtirok etishga haqlidir.
Protest g‘ayriqonuniy hujjat chiqargan organ yoki yuqori turuvchi organ tomonidan rad etilgan taqdirda, shuningdek, protest qonunda belgilangan muddat ichida ko‘rib chiqilmagan taqdirda, prokuror tegishli sudga ana shu hujjatni g‘ayriqonuniy deb, ariza bilan murojaat qilishga haqlidir. Sudga protest rad etilganligi to‘g‘risida ariza axborot berilgan paytdan boshlab, bir kun muddat ichida yoki ko‘rib chiqish uchun qonunda belgilangan muddat o‘tgandan keyin berilishi mumkin. Prokurorning bergan arizasi sudda ko‘rib chiqilguniga qadar u hujjatning amal qilishini to‘xtatib qo‘yadi.
Ikkinchidan, qonunda belgilangan tartibda jinoyat, intizomiy yoki ma’muriy huquqbuzarliklarga doir ishlarni qo‘zg‘atishga, ko‘rib chiqish uchun materiallarni jamoatchilik muhokamasiga topshirishga haqlidir.
Bunday hollarda prokuror ish qo‘zg‘atish to‘g‘risida asosli qaror chiqaradi. Intizomiy yoki ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risi- dagi ishni qo‘zg‘atish haqidagi prokuror qarori organ yoki aniq mansabdor shaxs tomonidan bu qaror tushgan kundan boshlab kechi bilan o‘n besh kun muddat ichida ko‘rib chiqilishi shart. Ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida prokurorga zudlik bilan yozma ravishda ma’lum qilinadi.
Uchinchidan, qonunning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik xususida mansabdor shaxslar va fuqarolarga yozma ravishda ogohnoma bildirishga haqlidir.
Fuqarolarning qonuniy manfaatlariga, huquq va erkinliklariga, davlat yoki jamoat manfaatlariga zarar yetkazilishi mumkin bo‘lgan g‘ayriqonunniy xatti-harakatlar tayyorlanayotganligi xususida ishonchli ma’lumotlar bo‘lganda huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida mansabdor shaxslar va fuqarolar prokuror tomonidan qonunning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik xususida yozma ravishda ogohlantiriladilar hamda huquqbuzarlik uchun ularning javobgarligi tushuntiriladi. Ogohnoma to‘g‘risida prokuror yuqori turuvchi tashkilotga, shuningdek, ogohnoma chiqarilgan shaxsning ishlash, o‘qish yoki yashash joyi ma’muriyatiga yoxud jamoat birlashma- lariga ma’lum qilishga haqlidir.
To‘rtinchidan, fuqarolar, jamiyat va davlatning huquqlari hamda qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risida sudlar yoki xo‘jalik sudlariga ariza bilan murojaat etishga haqlidir.
Beshinchidan, davlat idoralari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar tomonidan qonunbuzarlik hollarini, shuning- dek, qonun buzilishining sabablari va bunga yo‘l ochib bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritishga haqlidirlar. Bunday taqdimnomalar qonun buzilishini bartaraf etish vakolatiga ega bo‘lgan davlat organiga yoki mansabdor shaxslarga kiritiladi, bu taqdimnoma darhol ko‘rib chiqilishi lozim. Ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida bir oy muddat ichida proku- rorga ma’lum qilinishi shart. Taqdimnoma kollegial organ tomonidan ko‘rib chiqilayotganda, prokurorga majlis o‘tkaziladigan kun ma’lum qilinishi kerak, prokuror esa bu majlisda qatnashishga haqlidir.