O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


MAXSUS QISM Boshqaruvning ayrim sohalarini ma’muriy-huquqiy tartibga solish



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə157/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

MAXSUS QISM

  • Boshqaruvning ayrim sohalarini ma’muriy-huquqiy tartibga solish




Y e t t i n c h i b o l i m
BOSHQARUVNING AYRIM SOHALARINI MA’MURIY- HUQUQIY TARTIBGA SOLISH




  1. bob

IQTISODIYOT SOHASINI MA’MURIY-HUQUQIY TARTIBGA SOLISH


    1. §. Sohani boshqarishning mazmuni


Respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq mamlakatimiz bozor munosabatlariga asoslangan demokratik huquqiy jamiyat qurishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi.


Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan belgilab berilgan bozor munosabatlariga o‘tishning beshta tamoyili dasturulamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Ana shu tamoyillardan biri – bozor munosabatlariga o‘tishda davlatning bosh islohotchi ekanligidir. Darhaqiqat, o‘tish davrida davlatning islohotlarni amalga oshirish- dagi roli katta ahamiyatga ega. Chunonchi, birinchidan, hozirgi sharoitda davlatning roli mohiyatan iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy siyosatni amalga oshirishga qaratilgan; ikkinchidan, davlatning iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy sohalardagi ahamiyati xorijiy davlat- larning tarixiy tajribasida ham o‘z isbotini topgan.
O‘tkazilayotgan islohotlar doirasida bugungi kunda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining vazifalari va tarkibini qayta ko‘rib chiqish ishlari jadal olib borilmoqda. Bunda boshqaruv tizimi samaradorligini sezilarli darajada oshirish, qabul qilinayotgan qarorlar sifatini yaxshilash hamda boshqaruv apparatiga sarfla- nayotgan asossiz xarajatlarni qisqartirishga qaratilgan qat’iy faoliyatga alohida ahamiyat berilmoqda.
Tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, markazda tashkil etilgan har qanday boshqaruv organi odatda, viloyatlar va tumanlarda o‘zining hisob beruvchi bo‘linmasiga ega bo‘ladi, bu esa boshqaruv apparati va texnik xodimlarning ko‘payib ketishiga olib keladi. Oqibatda, qo‘shimcha nazorat organlari paydo bo‘lishini, xarajatlar ko‘la-
mining ortishini, turli xil shartnomalar va ortiqcha qog‘ozboz- liklarni keltirib chiqaradi. Bular davlat boshqaruvining ayrim organlari faoliyati samaradorligining keskin pasayishiga sabab bo‘ladi.
Islohotlar asosini tashkil etuvchi iqtisodiyotni boshqaruvning yangi konsepsiyasi vertikal ma’muriy tuzilmalarni aniq vazifalarni bajaruvchi mustaqil tashkilotlarning gorizontal tarmog‘i bilan muvofiqlashtirilishini taqozo etadi. Bunda shartnoma asosida boshqarish, ichki va tashqi audit kabi mexanizmlar yaratiladi. Davlat siyosatini shakllantirish masalalari vazirliklar va davlat qo‘mitalarida jamlanadi, ularning ijrosini ta’minlash va nazorat qilish agentlik, qo‘mita, inspeksiya kabi davlat boshqaruvi organlari zimmasiga yuklanadi.
Davlat sektori faoliyatiga xorijda tajribadan o‘tkazilgan, xususiy kompaniyalarda qo‘llaniladigan davlat menejment usullari tobora kengroq joriy etilmoqda. Bunda asosiy e’tibor davlat tuzilmalarining tahliliy, amaliy va baholash vazifalarini rivojlantirishga, eng muhimi, qarorlar qabul qilish, avvalo, markaziy boshqaruv or- ganlarida qabul qilinayotgan qarorlarning sifati va ularning tayyorlanishini yaxshilashga qaratiladi.
Boshqaruv tarkibini takomillashtirishga nisbatan bunday yondashuvga misol tariqasida Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining ikki mustaqil davlat boshqaruv organiga – Iqtisodiyot vazirligi va Statistika davlat qo‘mitasiga aylantirilganini, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, «O‘zbekneftgaz» xolding kompaniyasidagi va boshqa davlat hamda xo‘jalik boshqaruvi organlaridagi tashkiliy o‘zgarishlarni keltirish mumkin.
Shuningdek, tumanlar boshqaruvi tarkibini optimallashtirish bo‘yicha ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Oliy Majlis va respublika hukumati qarorlariga ko‘ra 2003 — 2004-yillarning o‘zida 8 ta ma’muriy tuman hokimligi va ular quyi tashkilotlari tugatildi. Ushbu ma’muriy tumanlarning birlashtirilishi, ortiqcha hududiy boshqaruv tizimlari va ularning quyi tashkilotlarining tugatilishi yarim milliard so‘mni tejash, bu mablag‘ni mazkur tumanlarning ijtimoiy sohalarini rivojlantirishga sarflash imkonini berdi.
Tadbirkorlik subyektlari iqtisodiy erkinligini ta’minlash va ularga keng huquqiy kafolatlar berishga katta e’tibor qaratilmoqda. Masalan, xo‘jalik subyektlarini tekshirishlarni tartibga solish va nazorat organlari sonini muntazam qisqartirish bo‘yicha doimiy ish olib borilmoqda. Jumladan, hukumatning qator maxsus qarorlari bugungi kunda iqtisodiy faoliyat subyektlari xo‘jalik ishlariga davlat organlarining aralashuvini sezilarli darajada chekladi, natijada xo‘jalik subyektlarini davlat nazorat organlari tomonidan tekshirishlar bir necha barobar kamaydi.
Iqtisodiyotni bozor islohotlariga va ma’muriy boshqaruv islohotlariga tayyorlash ma’lum darajada korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish hamda yangi xususiy sektorni tashkil etishga bog‘liq edi. Davlat iqtisodiyotini xususiylashtirish dasturi o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillaridan boshlandi va ulgurji hamda chakana savdo, moddiy-texnik ta’minot, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat sohasi, shuningdek, mahalliy ahamiyatga ega sanoat korxonalari ishlab chiqargan mahsulotlarni taqsimlash hamda almashish bilan bog‘liq butun sektorni qamrab oldi.
Shundan so‘ng har yili tasdiqlanadigan xususiylashtirish dasturi iste’mol tovarlari ishlab chiqarish bo‘yicha ko‘plab elektrotexnika, mebel korxonalari, farmatsevtika sanoati, umumiy mashinasozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish, ko‘plab yo‘lovchi va yuk tashuvchi avtomobil turlarining deyarli butun sektorini xususiylashtirish imkonini berdi. 2003-yilda keng ko‘lamda korxonalarni xususiylashtirish va aksiyalashtirish tufayli iqtisodiyot boshqaruvida yo‘qotishlarga yo‘l qo‘ymasdan korxonalar ma’muriy boshqaruvining saqlanib qolgan elementlarini boshqaruvning yangi korporativ uslublari bilan almashtirish uchun yetarli shart-sharoit yaratildi. 2004-yil boshida O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotida nodavlat sektorining ulushi 74,5 foiz, sanoatda – 73,9 foiz, qurilish ishlarida 88,8 foizni tashkil etdi. Iqtisodiyot sohasida ishlayotgan kishilarning 77,2 foizi xususiy sektorda band bo‘ldi.

  1. asr boshiga kelib O‘zbekiston MDH mamlakatlari o‘rtasida birinchi bo‘lib iqtisodiy tanazzulni yengib o‘ta oldi va 1997-yil sanoat ishlab chiqarishi bo‘yicha, 2001-yilda yalpi ichki mahsulot borasida islohotgacha bo‘lgan darajaga yetib oldi. Ayni

paytda bozor iqtisodiyotining qonunchilik va institutsiyaviy asoslari yaratilgan bo‘lib, u xususiy mulkchilik keng rivojlangan holatda barcha mulkchilik shakllari tengligi, yangi bank tizimini shakllan- tirish, tovar, moliya bozorlarini erkinlashtirish, shuningdek, bozor munosabatlari jarayonlarini amalga oshirishga qodir yangi davlat institutlarini ta’sis etish kabi tayanch asoslarni yaratishni o‘z ichiga oladi.
2003-yil oxirida joriy operatsiyalar hisobi bo‘yicha milliy valutani erkin konvertatsiyalashga o‘tish iqtisodiy islohotlarda tub burilish yasadi.
Shu bilan birga jamiyat hayotini har tomonlama erkinlashtirish bo‘yicha islohotlar mantiqi va ehtiyoji davlat vazifalarini mikro- miqyosda, ya’ni xo‘jalik yurituvchi subyektlar va hududlarni rivoj- lantirish darajasida ancha qisqartirishni qat’iy talab etmoqda. Bu shu narsa bilan bog‘liqki, bozor sharoitlariga ko‘nikish holatida davlat organlarining korxonalar va aholining qonuniy faoliyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuvi biznes va umuman iqtisodiy taraqqiyot uchun tobora katta to‘siq bo‘lib qolmoqda.
Masalan, sobiq tarmoq vazirliklari negizida qayta tuzilgan xo‘jalik birlashmalari, ayniqsa, kadrlar siyosati, tanqis xom ashyo turlarini taqsimlash borasida bir qator ma’muriy vazifalarni o‘zlarida saqlab qolgan bo‘lib, shu dastaklar orqali korxonalarning xo‘jalik faoliyatiga ko‘p aralashar edi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2003-yil 24-yanvar farmoni haqiqiy bozor uslublari foydasiga korxonalarni boshqarishda davlatning ma’muriy resurslardan foydalanishdan voz kechishi masalasida burilish davri bo‘ldi.
Davlat boshqaruvi vazifalarini ko‘plab tarmoq uyushmalari, konsern, xolding va kompaniyalarning xo‘jalik faoliyati vazifalari bilan qo‘shib yuborish ham dolzarb muammolardan biridir. U bozorning barcha ishtirokchilariga xo‘jalik yuritish uchun teng shart-sharoit yaratish, iqtisodni monopoliyadan chiqarishga yordam bermadi. Ko‘pgina xo‘jalik birlashmalari xo‘jalik vazifalari bilan bir qatorda davlat boshqaruvining ayrim vazifalarini ham bajardilar. Xususan, korxonalarning qonunchilikka rioya qilishga
oid faoliyatini inspeksiyaviy nazorat qilish, faoliyat yuritish uchun litsenziya va boshqa turli ruxsatnomalar berish shular jumlasidan. Bularning bari toqat qilib bo‘lmas darajaga yetib, iqtisodiy islohotlarning xo‘jalik yurituvchi subyektlar va korxonalar egalarining tashabbuslari va tadbirkorligi yo‘liga g‘ov bo‘layotgan edi.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, jamiyatning ijtimoiy- iqtisodiy borada muvaffaqiyatli rivojlanishi ko‘p jihatdan hoki- miyatning ayrim bo‘g‘inlari o‘rtasidagi vakolatlarni cheklashga, markaziy organlarning mahalliy boshqaruv organlari bilan o‘zaro munosabatlari xususiyatiga bog‘liq. Boshqaruv apparati a’zolarining haddan ziyod ko‘pligi, vazifalarning takrorlanishi, boshqaruvning yaxshi tashkil qilinmaganligi, jamoatchilik nazoratining yetish- masligi davlat boshqaruv organlari byurokratizmining kucha- yishiga, tadbirkorlikning rivojlanishi yo‘lida turli xil to‘siqlarning ko‘payishiga asos bo‘ladi.
Aynan shuning uchun ham bugungi kunda O‘zbekistonda mamlakat Prezidentining tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ma’muriy islohot yo‘nalishlaridan biri davlat boshqaruvi tizimida vazifalarni aniq belgilab olish va nomarkazlashtirish sanaladi.
Bu ustuvor yo‘nalish bo‘lib, davlat boshqaruvi vazifalarini nomarkazlashtirish:
Birinchidan, hukumatning umumdavlat ahamiyatiga molik strategik masalalarga e’tibor qaratishga imkon beradi. Bu davlatni boshqarish va strategik rejalashtirish samaradorligini oshirishga ko‘maklashadi, markaziy boshqaruv organlari tuzilmasi va sonini optimallashtirish uchun sharoit yaratadi, ularning xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy faoliyatiga joriy aralashuvidan xalos qiladi.
Ikkinchidan, davlat tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar (ijtimoiy ta’minot, sog‘liqni saqlash, ta’lim, obodonlashtirish va hokazo sohalarda) uchun mahalliy hokimiyat organlarining mas’uliyatini oshiradi, ushbu xizmatlar turlarini ko‘rsatuvchi institutlarni foydalanuvchilarga yaqinlashtiradi. Bu esa, o‘z nav- batida, xizmat turlaridan foydalanish darajasini, davlat boshqaruvi tizimining sifati, ochiq-oydinligi va samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Uchinchidan, mahalliy hokimiyat organlariga mahalliy shart- sharoit va ehtiyojlarni hisobga olgan holda ustuvor yo‘nalishlarni mustaqil belgilash hamda resurslarni taqsimlash bo‘yicha vakolat berish orqali ularning demokratik rolini oshiradi.
To‘rtinchidan, o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat nohukumat tashkilotlariga davlat nazoratining ko‘plab vazifalarini jamoatchilik nazorati sifatida berishni amalga oshiradi.
Beshinchidan, mamlakatda fuqarolik jamiyatining shakllanish jarayonini tezlashtiradi.
Davlat boshqaruv organlari vazifalarini nomarkazlashtirish mazmuni, shakli, uslubi va ko‘lamidagi farqlarga qaramay dunyo- dagi deyarli barcha mamlakatlarda amalga oshirilmoqda. Jamiyatga iqtisodiyotni boshqarishning demokratik tamoyillarini allaqachon joriy etgan, bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda nomar- kazlashtirishdan maqsad – davlat boshqaruvi tuzilmasi va uning vazifalarini optimallashtirish, davlat organlari ishini jamoatchilik nazoratiga olish mexanizmini yaratish, vazifalarni hukumatning quyi bo‘g‘inlariga, o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, xususiy sektorga berish orqali davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishdir. Jahon amaliyotida mustaqillik darajasiga ko‘ra nomarkaz-
lashtirishning quyidagi asosiy turlari farqlanadi:

Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin