O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə148/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

Ichki ishlar organlarida kontrolni amalga oshirishni tashkil qilish va uning usullari. Boshqaruv subyekti kontrol faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirishga qo‘yiladigan muayyan talablarga rioya etgan taqdirdagina kontroldan ko‘zlangan maqsadlarga erishish va vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilishi mumkin. Bunday talablar- ning asosiylari quyidagilardan iborat: kontrolning umumiyligi, har tomonlama va chuqurligi, xolisona, oshkora va muntazam ekanligi. Kontrolning umumiyligi uning barcha ichki ishlar organlari, uning bo‘linmalari, apparatlari, xizmatlari va har bir xodimiga taalluqli bo‘lishi kerakligini bildiradi. Bunda kontroldan chetda qola- digan organlar, bo‘linmalar va xodimlar bo‘lmasligi kerak, chunki samarali ish yuritayotganlar ham, orqada qolayotganlar ham, tekshi- riluvchilar (boshqaruv obyektlari) ham, tekshiruvchilar (boshqa-
ruv subyektlari) ham kontrolga bir xil darajada muhtojdirlar.
Kontrolning har tomonlamaligi uning bo‘ysunuvchi organlar, bo‘linmalar va xodimlar faoliyatining barcha yo‘nalishlari va tomonlarini qamrab olishi lozimligini bildiradi.
Kontrolning chuqurligi boshqaruv subyektining tekshiriluv- chilar faoliyatini batafsil, puxta va to‘liq mazmuni bo‘yicha o‘rga- nishdan iborat.
Kontrolning xolisligi uni amalga oshirish natijasida nazorat qilinuvchi obyektdagi haqiqiy ahvolni aks ettiradigan hamda barcha omillarni ularning sabab-oqibat aloqalari bilan birga tahlil qilish asosida tekshiriluvchilarning ishi haqida asoslangan, xolisona xulosalar chiqarishga imkon beruvchi ishonchli ma’lumotlar oli- nishi kerakligini bildiradi.
Xolislik kontrolni tashkil qilish va amalga oshirish davomida subyektivlik, tarafkashlik (bir yoqlama qarash) va oldindan xulosa chiqarish kabi holatlar bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi.
Kontrolning oshkoraligi ko‘p jihatdan boshqa, ya’ni tekshiril- magan boshqaruv obyektlari ishidagi kamchiliklarning oldini olish va bartaraf etish, ijobiy tajribalarni joriy etish, xodimlar intizomi va mas’uliyatini kuchaytirishni ta’minlaydi.
Kontrolning muntazamligi uning vaqti-vaqti bilan o‘tkazib turilishida namoyon bo‘ladi. Ushbu talabning amalga oshirilishi ijrochilar mas’uliyatining ortishiga va tashabbusining kuchayishiga ancha yordam beradi, kontrol faoliyatining sifati va amaliyligini yaxshilaydi, uni amalga oshirishda parallelizm va bir-birini takror- lashga yo‘l qo‘ymaydi, ilgari o‘tkazilgan tekshiruv natijalarining inobatga olinishi va vorisiyligini ta’minlaydi. Bundan tashqari, kontrolning muntazamligi boshqaruvning turli subyektlari ayni bir masala bo‘yicha ayni bir obyektni ko‘p marta tekshirishining oldini olishga imkon beradi.
Ichki ishlar organlarida kontrolni oqilona tashkil qilish kontrol subyekti (uni amalga oshiradigan shaxs), obyekti (kontrol qilina- digan shaxs) va predmeti (kontrol qilinadigan faoliyat)ni to‘g‘ri belgilashni taqozo etadi. Ushbu masalalarning maqbul tarzda hal qilinishi kontrolga qo‘yiladigan talablarning, ular oldida turgan vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishi uchun zarur shart-sharoit yaratadi.

Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin