O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə149/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Kontrol
Kontrol subyektini aniqlash. Ichki ishlar organlaridagi kontrol faoliyatini vakolatlari, faoliyatining asosiy shakl va usullarini O‘zbekiston Respublikasi IIV normativ hujjatlarida mustahkamlab qo‘yilgan turli subyektlar amalga oshiradilar.
Yuqorida ta’kidlanganidek, avvalo, kontrol ichki ishlar organ- larining barcha darajalardagi rahbarlari amalga oshiradigan bosh-
karuv faoliyatining ajralmas tarkibiy qismidir. Ushbu rahbarlar kontrolni mustaqil va bevosita amalga oshirish bilan bir qatorda uni tashkil qiladilar, kontrol vazifalari, uni o‘tkazish muddatlarini belgilaydilar, inspektorlik va boshqa komissiyalar (guruhlar)ning tarkibini tasdiqlaydilar yoki tegishli xodimlarni tayinlaydilar, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha chora ko‘radilar, kontrol faoliyatida to‘plangan ijobiy tajribaning joriy etilishini ta’minlaydilar va hokazo.
Kontrol subyektlari orasida IIV tashkiliy-inspektorlik apparat- lari, IIB, shahar, tuman va transportdagi ichki ishlar organlarining shtablari muhim o‘rin tutadi. Ular uchun kontrol asosiy funk- siyalardan biridir. Ular kontrolni bevosita (inspektorlik tekshiruvlari va boshqa tekshiruvlar orqali) amalga oshirish bilan bir qatorda uni tashkil qilishda ham ishtirok etadilar, kontrol rejasini ishlab chiqadilar, boshqa subyektlarning kontrol faoliyatini muvofiq- lashtiradilar, tegishli takliflar tayyorlaydilar va hokazo.
Tarmoq va funksional bo‘linmalar hamda xizmatlarning tarmoq tekshiruvlari va tanlab o‘tkaziladigan tekshiruvlarni tashkil qiluvchi hamda amalga oshiruvchi boshqaruv apparatining rahbarlari va inspektorlar tarkibi kontrol subyektlari hisoblanadilar.
Kontrol obyektini aniqlash. Ushbu masalani hal qilishning muhimligi shundaki, kontrolning xuddi boshqaruvning o‘zi kabi, iyerarxiyaga (bosqichlarga) egaligi, shu bois har bir boshqaruv obyekti odatda bevosita bo‘ysunuvchi obyektlar faoliyatini kontrol qilishi kerakligi bilan bog‘liq. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi IIV, IIBni, ular esa o‘z navbatida, shahar, tuman va transportdagi ichki ishlar organlarini kontrol qiladilar. Ichki ishlar organining boshlig‘i o‘z o‘rinbosarlarining faoliyatini, ular esa o‘zlariga bo‘ysunuvchi ijrochilarning ishini kontrol qilishi kerak. Shu bilan birga, kontrol faoliyatining bunday tuzilishi (iyerarxik ekanligi) muayyan sharoitlarda iyerarxiyaning quyiroq bosqichida bo‘lgan obyektlarning ham kontrol qilinishi mumkinligini istisno etmaydi. Masalan, zarur bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi IIV muayyan bir ichki ishlar bo‘limining faoliyatini, ichki ishlar bo‘limining boshlig‘i esa nafaqat o‘zining o‘rinbosarlari, balki bevosita ijrochilarni ham tekshirishi mumkin. Buning ustiga, bir
qator hollarda (jinoyatlarni ochish bo‘yicha operativ qidiruv tadbirlari rejasini tasdiqlashda, patrul-post xizmatining borishini tekshirishda va hokazo.) ichki ishlar organi bo‘limining boshlig‘i bunday kontrolni amalga oshirishi shart.

Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin