Neftvagazsohasidadavlatnazorati.O‘zbekiston Respublika- sida neft mahsulotlari va gaz sotish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha qonunchilik hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi neft mahsulotlari va gazdan foydalanish, ularni sotish, shuningdek neft, gaz va gaz kondensati qazib olish, ularni qayta ishlash, uzatish, saqlash obyektlarini (qurilmalarini) montaj qilish va ulardan foydalanishda texnologiya talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazorati sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 13-iyulda qabul qilingan qarori bilan neft mahsulotlari va gazni qazib olish, ishlab chiqarish, sotish va ulardan foydalanishda belgilangan tartibga va texnologiya talablariga rioya etilishini nazorat qilish darajasini oshirish maqsadida quyidagilar «O‘zdavneftga- zinspeksiya»ning asosiy vazifalari etib belgilandi:
neft mahsulotlari va gaz sotish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha qonunchilik hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning bajarilishini nazorat qilish;
energiyani tejovchi davlat dasturlarini, neft, gaz, gaz kondensati va ularni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish masalalari bo‘yicha loyihalar va tadbirlarni amalga oshirish;
neft mahsulotlari va gazdan foydalanish, ularni sotish, shuningdek neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, uzatish, saqlash obyektlarini (qurilmalarini) montaj qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha normativ hujjatlarni ishlab chiqish.
«O‘zdavneftgazinspeksiya» o‘z faoliyatida O‘zbekiston Res- publikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi. Inspeksiya tizimiga yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bo‘limlar, shuningdek Toshkent nazorat-kimyo laboratoriyasi kiradi.
«O‘zdavneftgazinspeksiya»ga qonunchilik hujjatlarida belgilan- gan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq boshchilik qiladi. Boshliqning qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan ikki nafar o‘rinbosari bo‘ladi. «O‘zdavneftgazinspeksiya» boshlig‘i maqomiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi vazirining birinchi o‘rinbosariga, boshliq o‘rinbosarlari - O‘zbekiston Respublikasi vaziri o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi.
«O‘zdavneftgazinspeksiya» xodimlari maqomiga ko‘ra «O‘zbek- neftgaz» milliy xolding kompaniyasi xodimlarining tegishli toifalariga tenglashtiriladi.