O‘rmon xo‘jaligini boshqarish. Mamlakatimizda o‘rmon xo‘jaligi sohasi ham muhim o‘rin tutadi. O‘rmonlardan foydalanish, ularni ko‘paytirish, muhofaza va himoya qilish borasida Hukumatimiz tomonidan keng islohotlar amalga oshirilmokda. 2000-yil 7-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan o‘rmon xo‘jaligi sohasida boshqarish tuzilmasini takomillashtirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy mustaqilligini kengaytirish va o‘rmon fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasiga aylantirildi.
Bosh boshqarma respublika o‘rmon xo‘jaligini davlat tomonidan boshqarish organi funksiyalarini amalga oshiradi, o‘rmonlarning saqlanishi, qayta barpo etilishi, muhofaza qilinishi hamda o‘rmon fondi yerlaridan samarali foydalanish uchun javob beradi, respublika boshqa idoralarining foydalanilmaydigan yerlarda tabiatni muhofaza etuvchi va dalalarni ihota qiluvchi daraxtzorlar barpo etish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha faoliyatni tashkil etadi va muvofiqlashtirib boradi.
§. Qurilish sohasini boshqarish
Kapital qurilish sohasi mamlakat ishlab chiqarishining moddiy asosi bo‘lib hisoblanadi. Ushbu soha orqali yangi ishlab chiqarish obyektlari, turar joy, madaniy — maishiy va ma’muriy binolar quriladi yoki mavjud obyektlar ta’mirlanadi.
Shaharsozlikfaoliyati– davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslarning hududlarni, aholi punktlarini rivojlantirishni shahar- sozlik jihatidan rejalashtirish, yer uchastkalaridan foydalanish turlarini belgilash, binokorlik materiallari va buyumlarini ishlab
chiqarish, binolar, inshootlar hamda boshqa obyektlarning fuqarolar manfaatlari, jamiyat va davlat manfaatlari, shuningdek mazkur hududlar hamda aholi punktlarining milliy, tarixiy- madaniy, ekologik, tabiiy xususiyatlari inobatga olingan holda loyihalashtirilishi, qurilishi va rekonstruksiya qilish sohasidagi faoliyati.
O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga binoan har bir fuqaro qulay yashash va faoliyat ko‘rsatish muhiti bilan ta’minlanish huquqiga ega.
Shaharsozlik faoliyatining alohida tartibga solinadigan obyektlari jumlasiga quyidagi aholi punktlari kiritilishi ham mumkin:
O‘zbekiston Respublikasi poytaxti - Toshkent shahri;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi poytaxti - Nukus shahri;
viloyatlarning ma’muriy markazi bo‘lgan shaharlar;
hududida madaniy meros obyektlari bo‘lgan shaharlar;
kurort-shaharlar;
qo‘riqxona-shaharlar;
yashash va faoliyat ko‘rsatishning alohida rejimi belgilangan aholi punktlari (harbiy shaharchalar va o‘zga rejimli hududlar, davlat qo‘riqxonalaridagi, milliy bog‘lar va boshqa alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlardagi aholi punktlari).
O‘tgan yillar mobaynida hukumatimiz tomonidan kapital qurilish sohasida ham bir qancha islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 18- noyabrda qabul qilingan «Kapital qurilishda boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga ko‘ra Qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning 1998-2000- yillarga mo‘ljallangan dasturiga muvofiq, shuningdek, kapital qurilishda boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, qurilish sohasidagi boshqarish tuzilmalarini monopoliyadan chiqarish va ixchamlashtirish, pudrat ishlari bozorini shakllantirish maqsadida O‘zbekiston sanoat va xo‘jalik qurilishi – «O‘zsanoatxo‘jalikqurilish» davlat korporatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka- masi huzuridagi Respublika ishlab chiqarish davlat-kooperativ qurilish birlashmasi – «O‘zdehqonchilikqurilish», O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi koopera-
tiv va aksiyadorlik qurilishi korxonalari uyushmasi – «O‘zjamoat- qurilish» tugatilib, tugatilgan «O‘zsanoatxo‘jalikqurilish» korporat- siyasi, «O‘zdehqonchilikqurilish» birlashmasi va «O‘zjamoat- qurilish» uyushmasi tarkibiga kiruvchi pudrat qurilish trestlari, boshqarmalar, birlashmalar, sanoat va transport korxonalari hamda boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar mustaqil yuridik shaxs sifatida saqlanib qoldi.
Qurilish, arxitektura, shaharsozlik, sohasidagi faoliyatni, qurilish materiallari ishlab chiqarishni O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda muvofiqlashtirish va funksional boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi («Davarxitektqurilish») tomonidan amalga oshiriladi.
«Davarxitektqurilish» qo‘mitasi:
shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli davlat organi hisoblanadi;
o‘z faoliyatini davlat boshqaruvi boshqa organlari va joylardagi davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi;
o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka- masiga hisob beradi.
«Davarxitektqurilish» qo‘mitasi tarkibiga quyidagilar kiradi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi arxitektura va qurilish qo‘mitasi;
viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari;
shaharlar va tumanlar arxitektura va qurilish boshqarmalari (bo‘limlari);
davlat ekspertizasi hududiy boshqarmalari;
davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyalari;
qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish hududiy konsalting markazlari;
qurilishda standartlashtirish va sertifikatlash respublika markazi;
kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar va narxlarni shakl- lantirish markazi;
«AQATM» axborot-joriy etish markazi.
Quyidagilar «Davarxitektqurilish» qo‘mitasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, zamonaviy arxitektura va shaharsozlik talablari texnologiyalarini hisobga olgan holda hududlarni joylashtirish, rejalashtirish va qurishning ilmiy asoslangan sxemalarini ta’min- lash;
loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlari sifati, shahar va qishloq aholi yashash punktlarini rejalashtirish va qurishda shaharsozlikka oid qonunchilik hujjatlari, shaharsozlik normalari, qoidalari va standartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
shaharsozlik faoliyati sohasida yagona ilmiy va texnika siyosatini amalga oshirish, tegishli axborot bazasini yaratish;
kapital qurilishda islohotlarning borishini muvofiqlashtirish va uning monitoringini olib borish, kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarning borishini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish va joriy etish, kapital qurilishda islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
kapital qurilishni yanada isloh qilish masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va ularning monitoringini olib borish, tanlov savdolarini tashkil etish va o‘tkazishning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qilish, shartnoma munosabatlarining rolini oshirish, qurilishda narxlarni shakllantirish tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
loyihalashtirish va pudrat ishlari, qurilish materiallari bozorlarida raqobat muhitini yanada shakllantirishga ko‘maklashish;
xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishda, xususiy va qo‘shma korxonalar, injiniring, konsalting, sug‘urta tashkilotlari va bozor infratuzilmasining boshqa tashkilotlarini tashkil etishda, shaharsozlik faoliyati sohasida kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishda ko‘maklashish;
tanlov savdolari natijalari bo‘yicha tuzilgan shartnomalar majburiyatlari bajarilishi monitoringini olib borish, obyektlar
qurilishi sifati va muddatlari ustidan nazorat qilish, markaz- lashtirilgan manbalar hisobiga moliyalashtirilayotgan obyektlarni qurish sifati va muddatlarini nazorat qilish va boshqalar.