O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


§. Qishloq va suv xo‘jaligini boshqarish



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə169/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

§. Qishloq va suv xo‘jaligini boshqarish


Mamlakatimiz iqtisodiyotini qishloq xo‘jaligi sohasisiz tasavvur qilish qiyin. Qishloq xo‘jaligi respublikamiz iqtisodiyoti- ning boshqa real sektorlari kabi uning izchil rivojini ta’minlovchi muhim tarmoqlaridan biridir.
Qishloq xo‘jaligi sohasini boshqarish: yerlardan unumli foydalanish; qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tayyorlash va qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni yaxshi yo‘lga qo‘yish; ishlab chiqa- rishning moddiy-texnikaviy bazasini mustahkamlash va boshqa faoliyat turlarini o‘z ichiga oladi. Ushbu sohani boshqarish O‘zbe- kiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Vazirlik qishloq xo‘jaligi sohasini boshqarishni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari va farmoyishlari hamda vazirlik to‘g‘risidagi Nizom asosida o‘zining hududiy organlari orqali amalga oshiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmalari hamda tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlari, Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, Magistral kanallar (tizimlar), irrigatsiya tizimlari boshqarmalari Vazirlikning hududiy organlari hisoblanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmalari hamda tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlari tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va tumanlar hokimliklariga hamda Vazirlikka bo‘ysunadilar va hisob
beradilar.
Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • qishloq xo‘jaligini zamonaviylashtirish va barqaror rivojlan- tirishga qaratilgan yagona agrotexnika siyosatini amalga oshirish;

  • zamonaviy agrotexnologiyalarni takomillashtirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi tarmoqlariga joriy etish;

  • qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga bozor prinsiðlari va mexanizmlari asosida xizmat ko‘rsatayotgan tar- moqlar, bo‘g‘inlar va tuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtirish;

  • agrar sektorda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, ijara munosabatlarini, oila pudratini, fermer xo‘jaliklarini keng rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtirish;

  • qishloq xo‘jaligini yuritishni va qishloq xo‘jaligi ekinlarini navlar bo‘yicha joylashtirishni takomillashtirishga doir tavsiyalar ishlab chiqish;

  • seleksiya, urug‘chilik, naslchilik ishlari, veterinariya, o‘simliklar karantini sohasida davlat siyosatini olib borish hamda chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash;

  • irrigatsiya tizimlarini havzalar bo‘yicha boshqarish prinsið- lari asosida yer usti suv resurslarining davlat boshqaruvini amalga oshirish va barcha darajalarda suvdan foydalanishning bozor prinsiðlarini joriy etish;

  • davlat suv xo‘jaligi tizimidan foydalanilishini va uning zamonaviylashtirilishini ta’minlash;

  • ilgaridan sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va yangi yerlarni o‘zlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

  • qishloq, suv va o‘rmon xo‘jaligida investitsiya siyosatini ishlab chiqishda qatnashish;

  • yer va suv resurslaridan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash;

  • o‘rmon xo‘jaligidan foydalanish, uni qo‘riqlash, himoya qilish va rivojlantirish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish va boshqalar.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi boshqaruvi markaziy apparati tuzilmasida:

  • paxtachilikni rivojlantirish;

  • g‘allachilikni rivojlantirish;

  • sabzavot-poliz ekinlari, meva va uzumchilikni rivojlantirish hamda ularni kompleks qayta ishlash;

  • chorvachilikni rivojlantirish;

  • yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish, irrigatsiyani rivojlantirish va yerlar unumdorligini oshirish;

  • qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va kimyolashtirish muammolarini hal etish bo‘yicha Kengashlar tuziladi.

Kengashlarning tarkibiga, egallab turgan lavozimlari va ilmiy unvonlaridan qat’i nazar, fan va amaliyotning tegishli sohalarida obro‘ qozongan yetakchi mutaxassislar va olimlar jamoatchilik asosida kiradilar. Kengashlarning barcha tavsiyalari Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hay’ati majlislarida muhokama qilinadi, uning qarorlarining bajarilishi majburiydir. Kengashlarning ishchi organlari funksiyalari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining tegishli boshqarmalari va bo‘limlariga yuklanadi. Vazirlik faoliyatini tashkil etish. Vazirlikka belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan vazir boshchilik qiladi. Vazirning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavo- zimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan uch nafar o‘rinbosari, shu jumladan ikki nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi. Vazirning suv xo‘jaligi masalalari bilan shug‘ullanuvchi birinchi o‘rinbosari ayni vaqtda Suv xo‘jaligi bosh boshqarmasining boshlig‘i hisoblanadi. O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining bosh direktori lavozimiga ko‘ra vazir o‘rinbosari hisoblanadi. O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga ko‘ra vazir o‘rinbosari hisoblanadi. Suv xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari ijtimoiy va maishiy xizmat ko‘rsatish darajasi bo‘yicha vazir o‘rinbosariga tenglash-
tiriladi.
Vazir:

  • vazirlik faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda vazirlikka yuklangan vazifalar va majburiyatlar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

  • vazir o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;

  • vazirlik markaziy apparatining shtat jadvalini belgilangan tartibda tasdiqlaydi va zarurat bo‘lganda xodimlarning shtatda belgilangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida vazirlik markaziy apparatining va o‘ziga qarashli budjet tashkilotlarining tasdiqlangan tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega;

  • vazirlik markaziy apparati xodimlarini, uning hududiy organlari rahbarlarini, shuningdek tasarrufidagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

  • vazirlik markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘- risidagi nizomlarni, qishloq xo‘jaligi tarmoqlari va sohalarini

rivojlantirish muammolari bo‘yicha Kengashlar to‘g‘risidagi nizomlarni, Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, Magistral kanallar (tizimlar) va irrigatsiya tizimlari boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomlarni, shuningdek tasarrufidagi budjet tashkilotlari to‘g‘ri- sidagi nizomlarni (ustavlarni) tasdiqlaydi;

  • vazirlikning, uning hududiy organlarining, tasarrufidagi tashkilotlarning xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar va yo‘riqnomalar chiqaradi, ularning ijrosi ustidan nazoratni tashkil qiladi;

  • hududiy organlar va tasarrufidagi tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari buzilgan holda qabul qilingan qarorlarni (ko‘rsatmalarni) bekor qiladi;

  • qonunchilik hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Vazirlikda 15 kishidan iborat tarkibda hay’at tuziladi. Uning tarkibiga Vazir (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari, qishloq xo‘jaligi tarmoqlari va sohalarini rivojlantirish muammolarini hal etish bo‘yicha Kengashlar raislari, ayrim bo‘linmalar, agrosanoat kompleksi tizimi vazirliklari va idoralari rahbarlari, shuningdek vazirlik markaziy apparatining boshqa rahbar xodimlari kiradi. Hay’atning shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Hay’at qarorlari vazirning buyruqlari bilan hayotga joriy etiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqorg‘i Kengesi tomonidan lavozimga tayinlanadi. Viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmalari rahbarlari viloyatlar hokimlari taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi. Tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlari boshliqlari tuman hokimlari taqdimnomasiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri hamda viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligida uning tarkibiy bulinmasi sifatida Suv xo‘jaligi Bosh boshqarmasi
tashkil qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka- masining 2003-yil 21-iyuldagi qarori bilan) bo‘lib, Bosh boshqarmaga yuza suvlarni muhofaza qilish, ulardan foydalanishni tartibga solish hamda respublika qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini va aholisini suv bilan ta’minlashga doir zarur tadbirlarni amalga oshirish yuklangan.

Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin