O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


«O‘zbekneftgaz» xolding kompaniyasi



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə166/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

«O‘zbekneftgaz» xolding kompaniyasi faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilandi:

  • joriy va uzoq muddatli bashoratlarni, gaz, neft va neftni qayta ishlash sanoatini rivojlantirishning, tabiiy resurslardan va mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanishning aniq maqsadli ilmiy-texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy dasturlarini ishlab chiqish;

  • respublika iqtisodiyoti hamda aholisining neft mahsulotlari va gazga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini to‘la-to‘kis ta’minlash;

  • neft va gaz sohasidagi geologiya-qidiruv ishlarining strategik hamda ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va muvofiqlashtirish, neft va gaz konlarini qazishning samarali tizimi va usullarini joriy etish;

  • xorijiy mamlakatlar va kompaniyalar bilan iqtisodiy, texnikaviy, texnologik va investitsiya sohasidagi hamkorlikni har tomonlama kengaytirish;

  • neft, gaz va neft mahsulotlari respublika hamda jahon bozori konyunkturasini o‘rganish negizida sarmoyalarni jalb etish, gaz ta’minoti va neft mahsulotlari bilan ta’minlash tizimining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish;

  • tarmoq korxonalarida yangi texnologiyalarni va ilg‘or menejment usullarini joriy qilish.

Energetika – 2004-yil 21-iyunda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra «O‘zbek- energo» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshiradi:

  • respublika iqtisodiyoti va aholisini elektr energiyasi va ko‘mir bilan barqaror ta’minlash, respublika energiya tizimi ish rejimlarini tartibga solish va muvofiqlashtirish;

  • elektr energetikasini va ko‘mir sanoatini rivojlantirishning qisqa muddatli va uzoq muddatli bashoratlarini hamda maqsadli dasturlarini ishlab chiqish, elektr energiyasi hamda ko‘mir ishlab chiqarish hamda iste’mol qilish balanslarini shakllantirishda qatnashish;

  • zamonaviy asbob-uskunalar va ilg‘or texnologiyalar negizida, shu jumladan xorijiy investitsiyalar hisobiga ishlab

chiqarish quvvatlari va elektr tarmoqlarini, ko‘mir sanoati korxonalarini rekonstruksiya qilish, zamonaviylashtirish, texnika bilan qayta jihozlash va yanada rivojlantirishni amalga oshirish;

  • ko‘mir tarmog‘ida geologiya-qidiruv ishlarini muvofiqlash- tirish, ko‘mir konlarini ochish va qazib olishning samarali tizimlari va metodlarini joriy etish, uni ishlab chiqarishni ko‘paytirish hamda undan elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarishda ustun darajada foydalanish, energiyaning tiklanayotgan, shu jumladan noan’ana- viy manbalarini rivojlantirish va joriy etish;

  • respublika korxonalari va tashkilotlari bilan birgalikda elektr energiyasi va ko‘mirni tejash, ulardan oqilona foydalanish hamda ularning isrof bo‘lishini kamaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etish;

  • marketing tadqiqotlarini tashkil etish, tarmoq korxonalariga ichki va tashqi bozorlarda mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning raqobatga bardoshli yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashti- rishda, ularning jahon bozoriga chiqishida ko‘maklashish;

  • kompaniyaning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan korxonalar va tashkilotlarga axborot xizmatlari ko‘rsatish;

  • elektr energetikasi va ko‘mir sanoati uchun kadrlar tayyor- lash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish. Sanoat sohasida davlat nazorati. 2004-yil 9-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan sanoatda, gaz ta’minoti hamda kon nazorati sohasida boshqaruv tuzilmasini yanada takomillashtirish va ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish samaradorligini ta’minlash maqsadida Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda konchilikda va kommunal- maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi («Sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasi)ga

aylantirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal- maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi («Sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasi) respublika hududidagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarning sanoatda ishlarni bexatar olib borish, yer osti boyliklaridan
foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir qonunchilik hujjatlari hamda normativ-texnik hujjatlar talablariga rioya qilishlari ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va u o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
Davlat inspeksiyasi, uning hududiy inspeksiyalari va unga idoraviy mansub tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasining sanoatda xavfsizlik sohasidagi davlat boshqaruvi organlarining yagona tizimini tashkil etadi. Mintaqaviy inspeksiyalar mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqil hisoblanadi va bevosita Davlat inspeksiyasiga bo‘ysunadi. Davlat inspeksiyasi o‘z faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, huquqni muhofaza qilish organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlash- malari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi hamda xalqaro bitimlar asosida boshqa davlatlarning davlat nazorat organlari bilan o‘zaro aloqa va hamkorlik qiladi.
Quyidagilar Davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari hisob- lanadi:

  • yuridik va jismoniy shaxslarning sanoatda va gaz ta’minotida ishlarni bexatar olib borishga, yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishga, mineral xom ashyoni qayta ishlash va metallurgiya jihatidan saralashga, shuningdek kon ishlarini geologiya-marksheyderlik xizmati bilan ta’minlashga oid qonunchilik hujjatlari va normativ-texnik hujjatlar talablariga rioya qilishlari ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

  • sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini ta’minlash sohasida oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • gaz xo‘jaligi tizimida va ko‘p xonali turar joylar va respub- likaning kommunal-maishiy obyektlarining gaz ta’minotida xavfsizlik ta’minlanishini nazorat qilish;

  • texnik xavfsizlik va yer osti boyliklarini muhofaza qilish masalalari bo‘yicha ilmiy-texnik dasturlarni ishlab chiqishda qatnashish;

  • iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida ishlarning bexatar olib borilishini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

O‘zbekiston Respublikasi harbiylashtirilgan kon-qutqarish qismlariga tezkor va metodik rahbarlik qilish; o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy va texnik hujjatlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda qabul qilish.

Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin