Shahar yo‘lovchilar transporti – Shahar yo‘lovchilar trans- porti O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilin- gan «Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida»gi qonuni_ bilan tartibga solinadi. Shahar yo‘lovchilar transporti deganda O‘zbe- kiston Respublikasi hududida ro‘yxatga olingan, shahar doirasida yo‘lovchilar hamda bagaj tashishga mo‘ljallangan avtomobil va elektr
transporti tushuniladi. Shahar yo‘lovchilar transporti ommaviy yoki xususiy mulk asosida ishlashi mumkin.
2004-yil 11-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka- masining qarori bilan Toshkent shahrida yo‘lovchilar tashish bilan band bo‘lgan korxonalar va tashkilotlarni boshqarish tizimini takomillashtirish, ularning faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Toshkent shahar yo‘lovchilar tashish transporti davlat uyushmasi «Toshshaharyo‘lovchitrans» aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirildi va quyidagilar «Toshshaharyo‘lovchitrans» aksiyadorlik kompaniyasining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilandi:
shahar yo‘lovchilar tashish transportini rivojlantirishning istiqbolli strategiyasini belgilash, Toshkent shahar hokimligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda yo‘lovchilar tashish transportini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘rta muddatli va uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
marketing tadqiqotlarini tashkil etish va shahar transport xizmatlari bozorida raqobat muhitini shakllantirish;
Toshkent shahar aholisining shahar yo‘lovchilar tashish transporti xizmatlariga ehtiyojini qondirish, shahar yo‘lovchilar tashish transportining iqtisodiy foydali va ekologiya jihatidan toza turlarini kompleks rivojlantirish;
yo‘lovchilar tashish transportida yo‘l harakati xavfsizligining yuqori darajasini ta’minlash;
kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish.
Havo transporti.O‘zbekiston Respublikasi hududida havo transporti sohasidagi siyosatni ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va amalga oshirish «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakom- paniyasitomonidan amalga oshiriladi. Ushbu aviakompaniya 1992- yil 28-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan O‘zbekiston Fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi negizida tuzilgan va uning vorisi hisoblanadi.
Aviakompaniya yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan yangi tarkibiy bo‘linmalar tuzish, mavjud korxonalarni tugatish va qayta tashkil qilish masalalari bo‘yicha aviakompaniyaning amaldagi
tuzilmasiga aviakompaniya Kengashining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida tasdiqlangan qarori bilangina o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega.
Aviakompaniyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi hududida havo transporti soha- sidagi siyosatni ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va amalga oshirish;
respublika, davlatlararo va xalqaro aviayo‘llarda aviata- shuvlarga, shu bilan bog‘liq xizmatlarga, xalq xo‘jaligida aviatsiya- dan foydalanib ishlashga va fuqaro aviatsiyasi sohasidagi faoliyatning boshqa turlariga bo‘lgan ehtiyojni qondirish;
O‘zbekiston Respublikasi hududida tuzilma birliklari, ajralib chiqqan korxonalar tomonidan aviatsiya ishlarini bajarishda va havo kemalaridan foydalanishda xavfsizlikni ta’minlash ustidan nazorat o‘rnatish;
Aviakompaniya faoliyatiga g‘ayriqonuniy aralashishning oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish, ularni O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari bilan hamjihatlikda amalga oshirish.
Aviakompaniya yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan yangi tarkibiy bo‘linmalar tuzish, mavjud korxonalarni tugatish va qayta tashkil qilish masalalari bo‘yicha aviakompaniyaning amaldagi tuzilmasiga aviakompaniya Kengashining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan qarori bilangina o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega.
Aviakompaniyaning yuqori rahbar organi uning Kengashi hisoblanadi. Kengashga Aviakompaniya Kengashi raisi boshchilik qiladi. Aviakompaniya faoliyatini boshqarishni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tayinlanadigan Aviakompa- niyaniig bosh direktori amalga oshiradi.
Aviakompaniyaning bosh direktori lavozimi bo‘yicha Aviakom- paniya Kengashining raisi hisoblanadi.
Aviakompaniyaning moliya-xo‘jalik faoliyatini kompleks taf- tish qilish, shuningdek, uning faoliyati ayrim jihatlarini tekshirish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda unga vakil qilingan organlar hamda Aviakompaniya taftish komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.