Qo‘mitafaoliyatinitashkiletish.«Davarxitektqurilish» qo‘mi- tasiga belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rais boshchilik qiladi. Raisning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan uch nafar o‘rinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi arxitektura va qurilish davlat qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish to‘g‘risidagi qaror tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi tomo- nidan qabul qilinadi.
Boshqa tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish to‘g‘risidagi qarorni O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi qabul qiladi.
Qo‘mitada tarkibiga rais (hay’at raisi) va rais o‘rinbosarlari, shuningdek «Davarxitektqurilish» qo‘mitasi va uning tarkibiy bo‘linmalarining boshqa xodimlari kiruvchi 9 kishidan iborat hay’at tuziladi. Hay’at a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka- masi tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat arxitektura-qurilish nazorati.O‘zbekiston Respub- likasi hududida arxitektura-qurilish sohasida davlat standartlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishini O‘zbekiston Respublikasi «Davarxitektqurilish» qo‘mitasi tizimiga kiruvchi davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyasita’min- laydi. Inspeksiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi «Davar- xitektqurilish» qo‘mitasiga hisob beradi.
Quyidagilar Inspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi: yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan shaharsozlik to‘g‘ri-
sidagi qonunchilik hujjatlari, belgilangan shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
obyektlar qurilishini moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar, qurilishning barcha bosqichlarida loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlari sifatiga, davlat standartlariga, qurilish normalari va qoidalariga, ishlarni amalga oshirish texnologiyasiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish; moliyalashtirish manbalaridan va buyurtmachining mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, yakka tartibdagi uy-joy qurilishidan tashqari, barcha qurilish obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish, qurilish-montaj ishlarini boshlashga ruxsatnomalar berish; bajarilayotgan qurilish-montaj ishlarining, qo‘llanayotgan qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarining davlat standartlari talablariga va texnik shartlarga muvofiqligi ustidan nazoratni amalga oshirish; qurilish industriyasi korxonalarida qurilish materiallari, konstruksiyalari, buyumlarini ishlab chiqarish shart-sharoitlarining davlat standartlariga, nor- mativ-texnik va loyiha hujjatlariga muvofiqligini nazorat qilish; qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish bo‘yi- cha komissiyalar ishlarida majburiy ravishda qatnashish kabilar.