O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə174/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

Avtomobil yo‘li – transport vositalari harakatlanishi uchun mo‘ljallangan, ularning belgilangan tezlikda, og‘irlikda, o‘lcham- larda muttasil va xavfsiz harakatlanishini ta’minlaydigan muhandislik inshootlari majmuasi, shuningdek ushbu majmuani joylashtirish uchun berilgan yer uchastkalari va majmua ustidagi belgilangan doiradagi bo‘shliqdir.
Ushbu sohani boshqarish O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 3- oktabrdan kuchga kirgan «Avtomobil yo‘llari to‘g‘ri- sida»gi qonuniga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu Qonunning maqsadi avtomobil yo‘llarini loyiha- lash, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, saqlash va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasida avtomobil yo‘llari quyidagicha tasniflanadi:

  • umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari;

  • shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko‘chalari;

  • xo‘jalik avtomobil yo‘llari.

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari davlat mulki bo‘lib, avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilar uchun ochiqdir. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari aholi ehtiyojlarini, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy va mudofaa ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun shaharlar hamda boshqa aholi punktlari o‘rtasida yuklar va yo‘lovchilar tashishni ta’minlaydi.
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatga molik avtomobil yo‘llariga bo‘linadi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq xalqaro avtomobil yo‘llari tarmog‘iga kiradigan yo‘llar xalqaro ahamiyatga molik avtomobil yo‘llari jumlasiga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari va tumanlarining ma’mu- riy markazlari, viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlar, madaniyat hamda sanoat markazlari o‘rtasida transport qatnovini ta’minlaydigan, mazkur markazlarni esa xalqaro ahamiyatga molik yo‘llar bilan, aeroportlar, temir yo‘l stansiyalari, portlar va kema to‘xtash joy- lari, shuningdek qo‘shni davlatlar bilan bog‘laydigan yo‘llar davlat ahamiyatiga molik avtomobil yo‘llari jumlasiga kiradi.
Tumanlarning ma’muriy markazlarini shaharchalar, qishloq- lar va ovullar bilan, shuningdek davlat ahamiyatiga molik yo‘llar
bilan bog‘laydigan yo‘llar mahalliy ahamiyatga molik avtomobil yo‘llari jumlasiga kiradi.
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari maxsus vakolatli organ ixtiyorida bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari ro‘yxati belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko‘chalari shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar doirasida o‘tadi, mazkur ko‘chalarning O‘zbekiston Respublikasining umumiy foydalanish- dagi avtomobil yo‘llari ro‘yxatiga belgilangan tartibda kiritilgan uchastkalari bundan mustasno. Shaharlar va boshqa aholi punkt- larining ko‘chalari davlat mulki bo‘lib, mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida bo‘ladi.
Xo‘jalik avtomobil yo‘llari davlat yoki yuridik va jismoniy shaxslarning mulkidir. Texnologik maqsadlarga xizmat qiladigan yo‘llar, shoxobcha, xizmat, patrul va boshqa shunga o‘xshash avtomobil yo‘llari xo‘jalik avtomobil yo‘llari jumlasiga kiradi.
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Avtomobil yo‘llari sohasida davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, umumiy foydalanishdagi avto- mobil yo‘llari sohasidagi maxsus vakolatli organ — Avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish Davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 19-avgustda qabul qilingan «Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llari qurish va ulardan foydalanishni boshqarish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmoni bilan O‘zbekiston avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish davlat aksiyadorlik konserni Avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish Davlat-aksiyadorlik kompaniyasi («O‘zavtoyo‘l» DAK) etib qayta tashkil etildi.
«O‘zavtoyo‘l» davlat aksiyadorlik kompaniyasi:

  • umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

  • avtomobil yo‘llari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillash- tirish istiqbollarini belgilaydi;

  • avtomobil yo‘llari sohasida yagona texnika siyosatini olib boradi;

  • umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalash sohasidagi normalar va standartlarga rioya etilishini ta’minlaydi;

  • umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash sifati ustidan nazoratni amalga oshiradi;

  • umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari davlat kadastrini yuritadi;

O‘zbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avto- mobil yo‘llari ro‘yxati bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va ularni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

  • avtomobil yo‘llari sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tay- yorlash ishlarini amalga oshiradi;

  • qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Yuqoridagi Farmon bilan umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish hududiy yo‘l-ekspluatatsiya tashkilotlari zimmasiga, avtomobil yo‘llari va yo‘l infratuzilmasiga kompleks xizmat ko‘rsatish hamda ularning texnik holati ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish esa - tuman yo‘l xo‘jaligi pudrat ta’mirlash-ekspluatatsiya korxo- nalari zimmasiga yuklandi.
«O‘zavtoyo‘l» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi shartnomalar va majburiyatlar bo‘yicha «O‘zavtoyo‘l» davlat aksionerlik konser- nining huquqiy vorisi hisoblanadi. Kompaniyani boshqarishning yuqori organi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan Kompaniya kengashi hisoblanadi.
«O‘zavtoyo‘l» DAK raisi va uning o‘rinbosarlari lavozimga Kompa- niya kengashining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqoridagi Farmoni bilan shuningdek, yo‘l xo‘jaligini boshqarish tuzilmasidagi Respublika, viloyat va mahalliy yo‘l jamg‘armalari tugatilib,
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida O‘zbekiston Respublikasi yo‘l jamg‘armasi tuzildi. Ushbu jamg‘arma umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini qurish, ta’mirlash va saqlash uchun maqsadli moliyaviy resurslarni jamlovchi davlat organi hisoblanadi. Jamg‘arma:

  • Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari tushishi va sarfla- nishining har yillik va choraklik balanslarini shakllantirish;

  • investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishini hamda umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha tender jujjat- larini ekspertizadan o‘tkazish;

  • yo‘l xo‘jaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va jihozlashning aniq ro‘yxatlarini belgilangan tartibda kelishish;

  • umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llaridan foydalanish va ularni saqlash bo‘yicha xarajatlar smetalarini ro‘yxatdan o‘tkazish;

  • umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va jihozlashni tasdiqlangan xarajatlarga muvofiq moliyalashtirish, Jamg‘arma mablag‘laridan qonuniy va maqsadli foydalanishni nazorat qilish kabi asosiy vazifalarni amalga oshiradi.

Jamg‘arma mablag‘lari umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini qurish, ta’mirlash, saqlash va ulardan foydalanish uchun, Jamg‘arma ijro etuvchi direksiyasi uchun sarflanadi.
Jamg‘armaga mablag‘larni yig‘ish va tushumlarning to‘liqligini nazorat qilish vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi. Mablag‘lardan qonuniy va maqsadli foydalanishni nazorat qilish esa Respublika yo‘l jamg‘armasini boshqarish kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Jamg‘armani boshqarish kengashi jamg‘armani boshqarishning yuqori organi hisoblanadi.
Respublika yo‘l jamg‘armasiga ajratiladigan majburiy ajratmalar va yig‘imlar davlat soliqlari va yig‘imlariga tenglashtirilgan bo‘lib, ularning miqdori har yili Davlat budjeti tasdiqlanishi bilan bir vaqtda belgilanadi.
Jamg‘armaning ijro etuvchi direktori O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda moddiy ta’minot, ijtimoiy va transport xizmati ko‘rsatish shart- sharoitlari bo‘yicha vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.

Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin