O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Aloqa sohasini boshqarish



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə175/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

Aloqa sohasini boshqarish. O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik va ijtimoiy infrastrukturasining tarkibiy qismi bo‘lib, aholining, xo‘jalik subyektlarining, davlat idoralarining pochta, telefon, telegraf, radio va axborotning o‘zga turlarini uzatish va qabul qilish hamda aloqa tarmog‘i orqali jo‘natilayotgan ashyolarni yetkazib berishga bo‘lgan ehtiyojlari qondirilishini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasida aloqa sohasini boshqarish O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 13-yanvarda qabul qilingan
«Aloqa to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq amalga oshirilib, ushbu qonun aloqa tarmoqlarini tashkil qilishning umumiy huquqiy, iqtisodiy asoslarini, aloqa shohobchalarini barpo etish va ulardan foydalanishda, aloqa xizmati ko‘rsatishda mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning va fuqarolarning aloqa vositalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, ularni tasarruf etish va boshqarish sohasidagi huquqlari va vazifalarini, shuningdek berilgan huquqlarni buzganlik va vazifalarni bajarmaganlik uchun javobgarlik choralarini belgilaydi.
Mazkur Qonunning 4-moddasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining aloqa sohasidagi vakolatlari belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra Oliy Majlis aloqa sohasidagi qonunlarni qabul qiladi; aloqa sohasidagi davlat siyosatining asosiy qoidalarini belgilaydi; xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qiladi; O‘zbekiston Respubli- kasi Konstitutsiyasidan kelib chiqadigan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Aloqa sohasidagi davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan, shuningdek u vakolat bergan idora — O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Agentlik aloqa, axborotlashtirish va radiochastota spektridan foydalanish sohasidagi vazifalarni hal qilish va davlat siyosatini o‘tkazish uchun vakolat berilgan muvofiqlashtiruvchi boshqaruv
organi, shuningdek elektron raqamli imzodan foydalanish hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradiomahsulotlarini tarqatish sohasida maxsus vakolatli organ hisoblanadi. Agentlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
Agentlik Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi Ken- gashning ishchi organi funksiyasini bajaradi.
Agentlik tizimiga quyidagilar kiradi:

  • aloqa va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlan- tirish sohasida ustuvor va ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan loyiha- larni, ilmiy tadqiqot ishlarini mablag‘ bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha - Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi;

  • pochta aloqasi va telekommunikatsiya tizimlari hamda axborot tizimlari va vositalari, texnik vositalarni sertifikatlash sohasida tadqiqotlar, marketing va monitoringni tashkil etish bo‘yicha - Ilmiy-texnika va marketing tadqiqotlari markazi;

O‘zbekiston Respublikasida pochta va telekommunikatsiyalar sohasida xizmatlar ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliya- ti ustidan davlat nazorati bo‘yicha - Davlat aloqa inspeksiyasi;
O‘zbekiston Respublikasining radiochastota spektridan foyda- lanishni tartibga solish sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish bo‘- yicha - O‘zbekiston Respublikasi radiochastotalar bo‘yicha Davlat komissiyasi (idoralararo kollegial organ);

  • aloqa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, elektron tijorat, axborot xavfsizligi, iqtisodiyot va menejment sohasida mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek aloqa va axborotlashtirish sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish bo‘yicha - Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;

  • davlat hokimiyati va boshqaruvi yuqori organlarining xat- xabarlarini hamda diðlomatik xat-xabarlarni qabul qilish, yetkazib berish bo‘yicha - Davlat feldyegerlik xizmati;

  • respublika muassasalari, tashkilotlari va korxonalarining maxsus xat-xabarlari va jo‘natmalarini qabul qilish, yetkazib berish bo‘yicha - Respublika maxsus aloqa uzeli;

  • telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish, ularning samarali faoliyatini ta’minlash, telekommunikatsiyalar resurslari- dan oqilona foydalanish va ularni rivojlantirish, telekommunikat- siyalar xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojni yanada to‘liq qondirish uchun telekommunikatsiyalar turli operatorlari, idoraviy tarmoqlar egalari tarmoqlarini muvofiqlashtirgan holda boshqarish tizimini yaratish, O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mudofaa va milliy xavfsizligi manfaatlari yo‘lida tarmoq- lardan ustuvor foydalanishni ta’minlash bo‘yicha ishlarni muvofiq- lashtirish - O‘zbekiston telekommunikatsiyalari tarmoqlarini boshqarish respublika markazi;

O‘zbekiston Respublikasining butun hududida teleradiodas- turlarni tarqatish va translatsiya qilish, radiokanallar borasida radio aloqasi xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha - Radio aloqasi, radioeshit- tirish va televideniye markazi;

  • radiochastota organi funksiyalarini bajarish, shu jumladan radiochastotalardan foydalanishga ruxsatnomalar berish, elektro- magnit moslashuvni va radiochastota spektri monitoringini ta’min- lash bo‘yicha - Elektromagnit moslashuv markazi;

  • axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, axborot, servis va keng ko‘lamda konsalting xizmatlari ko‘rsatish sohasida dasturlar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha - Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi;

  • tinchlik davrida va alohida davrda O‘zbekiston Respublikasi aloqa obyektlarida va telekommunikatsiya tarmoqlarida avariya- tiklash ishlarini bajarish, alohida muhim va toifalangan obyektlarda harbiylashtirilgan qo‘riqlashni ta’minlash bo‘yicha - Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi (harbiy tuzilmasi);

  • qonunchilik va normativ hujjatlar, davlat va tarmoq stan- dartlari talablariga, ommaviy kommunikatsiyalar sohasida, jumla- dan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sun’iy yo‘ldosh tizimi, Internetning global tarmoqlari, axborotlarni, shuningdek matbaa mahsulotlarini yetkazib berish va tarqatishning boshqa elektron vositalari sohasida faoliyatni amalga oshiradigan yuridik va jismoniy shaxslar litsenziyalari shartlariga rioya etilishi

yuzasidan monitoringni amalga oshirish bo‘yicha - Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi;

  • radiotexnika, radio aloqasi, telekommunikatsiyani bosh- qarish tizimini, hisoblash texnikasini loyihalash, rekonstruksiya qilish, o‘rnatish, sozlash, foydalanishga topshirish, shu jumladan maxsus maqsaddagi obyektlar uchun vositalar va alohida buyumlar tayyorlash bo‘yicha — «Granit» ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi; Respublika axborot-kutubxona markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlari - axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatish va ularni rivojlantirish, universal axborot resurslarini, milliy va xorijiy nashrlar (bosma, audiovizual, elektron va boshqalar) fondini shakllantirish, saqlash va ularni berish, shuningdek axborot-resurs markazlarining axborotlashtirish va joylarda kutubxona ishi sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish va tashkiliy-metodik jihatdan

ta’minlash.
Agentlik Xalqaro elektr aloqasi uyushmasida, Jahon pochta uyushmasida hamda aloqa va axborotlashtirish sohasidagi boshqa xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalovchi vakolatli organ hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi qarori bilan quyidagilar O‘zbekiston aloqa va axbo- rotlashtirish agentligining asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • telekommunikatsiyalar, ma’lumotlar uzatish, pochta alo- qasi, matbuot tarqatish tarmoqlarini rivojlantirish, shuningdek zamonaviy talablar va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasiga muvofiq axborotlashtirish sohasida strategik ustuvor- liklarni shakllantirish va amalga oshirish;

  • aloqa va axborotlashtirish tarmoq va hududiy organlari hamda xizmatlari ishlarini, shuningdek standartlashtirish, sertifikatlash va xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini litsenziyalashni ta’min- lash, aloqa va axborotlashtirish sohasida, shu jumladan ma’lumot- lar uzatishning zamonaviy vositalari, IÐ — texnologiyalar sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish masalalarini muvofiq- lashtirish;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va axborot tizimlari hamda resurslari bozorini rivojlantirish sohasida raqobat muhitini
shakllantirish, shuningdek davlat boshqaruvi, fan va ta’lim, biznes, sog‘liqni saqlash sohasida va faoliyatning boshqa sohalarida axborot ayirboshlashning elektron shakllariga o‘tish dasturlarini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi tarmoqlarida, telera- dioefirda, axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlash, zamonaviy talablar va standartlarni hisobga olgan holda axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilishning samarali vositalari va usullarini joriy etish;

  • axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari, komp- yuter va telekommunikatsiya texnikasini ishlab chiqish sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini va yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etish;

  • axborot tizimlarini, telekommunikatsiya va ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish uchun xorijiy investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish va ulardan samarali foydalanish va boshqalar.

Agentlikka qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan bosh direktor boshchilik qiladi.
Bosh direktorning o‘rinbosarlari, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi, ularning sonini belgilash va ularni lavozimga tayinlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Bosh direktor maqomiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi vaziriga, bosh direktorning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari

  • tegishli ravishda vazirning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi.

Agentlikning bosh direktori bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi radiochastotalar bo‘yicha Davlat komissiyasining raisi hisoblanadi.
Agentlikda tarkibiga bosh direktor - (rais), bosh direktor o‘rinbosarlari (lavozimiga ko‘ra) hamda Agentlik tizimidagi boshqa rahbar xodimlar kiradigan 11 kishidan iborat hay’at tashkil etiladi. Agentlik hay’ati: Agentlik faoliyatining asosiy masalalarini ko‘rib
chiqadi; Agentlik bo‘limlari, hududiy boshqarmalar, Agentlikka qarashli tashkilotlar, korxonalar va muassasalar rahbarlarining hisobotlarini eshitadi; Agentlikning muhim buyruqlari va boshqa hujjatlari loyihalarini, shuningdek aloqa va axborotlashtirish tizimini rivojlantirish, ilmiy-texnika yutuqlaridan keng ko‘lamda foyda- lanish, idoralararo va davlatlararo aloqalarni rivojlantirish masala- larini muhokama qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-iyunda qabul qilingan «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompa- niyasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida» gi qaroriga binoan, «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi bosh direktori lavozimga kompaniya aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi tomonidan O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan kelishilgan holda tayinlanadi.

Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin