Jismoniy madaniyat faoliyat natijasi sifatida kerakli natijalarni bir butunligicha ishlatilishi, jamiyatda predmet boyligi sifatida madaniylashtirilishi bilan xarakterlanadi. Bularga qisman: jismoniy madaniyat faoliyati natijasida egallangan jismoniy tayyorlanganlik va shu asosida harakat, ko‘nikma va malakalarini takomillashtirish bosqichiga erishish, hayotiy kuchlar, sport yutuqlari darajasini, jismoniy madaniyat bilan aloqada bo‘lishi bilan orttirilgan natijalardir. SHunday qilib jismoniy madaniyat faoliyati, odam bilan tashqi munosabatda bo‘lib qolmasdan balki, ko‘nikma, malaka, qobiliyat sifatida uyg‘unlashgan holda ichki boylik sifatidagi shaklida ham bo‘ladi. Ijtimoiy hayot obraziga, aniq organik sharoitda jismoniy madaniyat hamma sohalarini to‘liqligicha kiritish natijasi xalq ommasini jismoniy kamoloti bo‘yicha kompleks ko‘rsatkichga erishilganligidadir.
Jismoniy madaniyatda keng ilmiy tadqiqotlar madaniyatning qator boshqa sohalariga qaraganda ancha kech boshlandi. Jismoniy madaniyat harakatining amaliy kengayishi va jismoniy madaniyatning jamiyat hayotidagi salohiyatini ortib borishi, uni ilmiy jihatdan fikrlashga bo‘lgan talabini orttirdi, shu bilan birga, uni hayotga singdirish uchun imkoniyatlar yaratildi. Jismoniy madaniyat haqidagi ilmiy bilimlar tizimning har xil bo‘limlarini tiklanishi babbaravar sodir bo‘lgani yo‘q. Boshqa bo‘limlaridan oldin, jismoniy tarbiya haqidagi bilimlar paydo bo‘ldi. Bunga birinchi navbatda, jismoniy tarbiya jismoniy madaniyatning asosiy shakli sifatida, o‘z tarixining boshlanishidan boshlab, tarbiyaning umum ijtimoiy amaliyotining katta qismini tashkil etganligi sabab bo‘ldi. Uning asosida paydo bo‘lgan jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati bevosita pedagogika fani bilan bog‘liq holda taraqqiy qildi va nisbatan rivojlangan ilmiy-amaliy predmet sifatida anchagina ilgari shakllandi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunida ta’lim davlatimiz ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustivor deb e’lon qilinishi jismoniy madaniyat fani zimmasiga juda katta mas’uliyatli ulug‘vor vazifalarni yukladi.
Jismoniy tarbiya ilmiy nazariyasining kator asosiy masalalari bizning mamlakatimizda ham buyuk olimlar va jamoat arboblari tomonidan ilgari surilgan (Jumladan, Abu Ali ibn Sino, Amir Temur)). Oliy jismoniy madaniyat ta’limotida jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati o‘quv predmeti sifatida rasmiylashtirildi. Maxsus shakllangan predmetlar o‘rtasida jismoniy madaniyat bilan bevosita bog‘langan predmet bu jismoniy tarbiya nazariyasidir.Lekin u butun jismoniy madaniyat nazariyasini ak ettiraolmaydi, chunki jismoniy madaniyat faqat jismoniy tarbiya shaklidagina namoyon bo‘lmaydi. Jismoniy madaniyat sohasidagi ilmiy bilimlarni umumlashtiruvchi boshqa rivojlangan predmet bu sport nazariyasidir. Bu fanning tez rivojlanishiga, ayniqsa, oxirgi o‘n yilliklar ichida, olimpiya o‘yinlarida va umuman xalqaro sport harakatidagi ko‘rsatilgan yuqori sport natijalari sabab bo‘ldi.
Shuni ta’kidlash shartki, xalqaro miqyosdagi musobaqalar mustaqil O‘zbekistonimizni dunyoga tanitdi. Yoshlarimizni ma’naviy va jismoniy etuk inson qilib tarbiyalash buyuk kelajak sari intilayotgan jamiyatimizning asosiy vazifasidir. Chunki, jismoniy baquvvat, ma’naviy etuk komil insonlargina jamiyat taraqqiyotini belgilab beraoladi.
Shu sababli olimpiada, jahon chempionatlarini aniqlash va maksimal darajadagi rivojlanishning yangi usullarini qidirib topishda, ko‘pgina tadqiqotchilarni jalb etishning o‘ziga xos tabiiy laboratoriyasiga aylandi va tabiiyki sport haqidagi ilmiy bilimlarni tez to‘planishida o‘z aksini topdi. Sport nazariyasi hozirgi kunda dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida, sport sohasidagi mutaxassislarni bo‘lajak kasbiga tayyorlashning etukchi predmeti sifatida shakllangan.
Jismoniy madaniyat nazariyasi fani faqat sportchilarga ta’lim tarbiya jarayonini nazariy metodik amaliy ta’minlovchi fannigina emas, balki komil insonni shakllanishini, rivojlanishini ta’minlovchi keng sohalarni ham o‘z ichiga oladi.
Ma’lumki, har qanday ilmi y bilimlar tizimini rivojlanishida har doim ikki yo‘nalish o‘zaro bog‘liqlikda bo‘ladi:
Tabaqalashgan (ayrim shaxsiy ob’ektga va yo‘nalishga tegishli bilimlarni ixtisoslashuvi va bo‘linishi) va integratsiya (ko‘pgina shaxsiy bilimlarni bir butunlikka birlashtiruvchi umumiy bilimlarni shakllantirish).
Jismoniy madaniyat va u bilan bog‘liq hodisalarni o‘rganuvchi ilmiy fanlarni shakllanishi, ko‘pgina davrlarda, asosan tabaqalashtirilgan yo‘l bilan amalga oshirildi. Natijada jismoniy madaniyatni va unga chegaradosh hodisalarni oshirish tomonlarini aks ettiruvchi ko‘pgina ayrim predmetlarpaydo bo‘ldi. Ularning ayrimlari jismoniy madaniyat va sport amaliyotining aniq bo‘limlaridan kelib chiqqan va o‘z tarkibiga, kasbga taalluqli amaliy bilimlarni kiritadi (gimnastika, o‘yin, yakkama-yakka kurash, engil atletika, suzish va h.k.), ayrimlari esa, jismoniy madaniyat sohasida yaratilmagan, bilimlar doirasida paydo bo‘lmagan, lekin o‘zlariningtarmoqlari bilan unga ham tegishli tabiiy va boshqa fanlar yoki ilmiy-amaliy predmetlar (anatomiya, fiziologiya, bioximiya, gigiena, biomexanika, psixologiya) ixtisoslashgan soha shaklida namoyon bo‘ldi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi deb keng ma’noda jismoniy madaniyat amaliyotida qo‘llaniladigan nazariy bilimlarning hamma to‘plamiga aytiladi. Har bir mustaqil fan o‘zining predmeti va metodologik asoslariga egadir. Boshqa fanlar singari jismoniy madaniyat nazariyasi ham fan sifatida paydo bo‘lar ekan, u avvalo, jamiyatning talab va ehtiyojlari asosida paydo bo‘ldi. Jismoniy madaniyat u yoki bu qonun qoidalarini tushuntiradi, uni maqsadga muvofiq ravishda boshqarishga xizmat qiladi. SHu bilan birga bunday bilimlarning majmuasi bir biridan aniq fan va nazariy umumlashtirish sanasi bilan farqlanuvchi turli fanlar ramkasida shakllanib kelgan va shakllanib bormoqda. Bu jihatdan quyidagilarni ajratish lozim.
Xususiy maxsus predmetlar. Jismoniy madaniyatning ayrim yoki ma’lum yaqin elementlarni o‘z ichiga olib metodik bilim sifatida (gimnastika turlari, sport o‘yinlari) beriladi. Bunday predmetlar o‘z chegarasida katta bo‘lmagan aniqlikda nisbatan qisqa umumlashtiriladi.
Soha predmetlari. Jismoniy madaniyatni har xil tipdagi katta komponentlarini o‘rganishga qaratilib (ta’lim tizimi, mehnatni ilmiy tashkil qilish, maishiy xizmat, maxsus sog‘lomlashtirish tiklash tadbirlarida qo‘shiladi), jamiyatda uni asosiy shakli va yo‘nalishidan maqsadga muvofiq ravishda foydalanish (asosiy jismoniy tarbiya, kasb-amaliy jismoniy tayyorgarlik, sport trenirovkasi va boshqalar). Bu sohadagi fanlarni jismoniy madaniyat nazariyasi va usuliyatining asosiy kasbga yo‘naltirilgan predmetlari deyiladi. Hozirgi vaqtda bulardan eng rivojlanganlari jismoniy tarbiya nazariyasi va sport nazariyasidir.
Umumlashtiruvchi nazariyaga jismoniy madaniyatning umumiy nazariyasi yoki jismoniy madaniyat nazariyasining umumiy asoslari deb yuritiladi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi (uning umumiy asoslari), jismoniy madaniyatning mohiyatini bildiruvchi ilmiy bilimlarni integrativ tizimi, umuman olganda, shaxsni ijtimoiy tashkil topishida va kishini hayotiy kuchlarini rivojlantirishni optimal rivojlanishi, tarbiyaviy omillar tizimini yanadada rivojlantirish uchun yo‘naltirilgan holda foydalanishni umumiy qonuniyatlari va ularni amalda qo‘llanilishi tushuniladi.
O‘quv fan sifatida. Jismoniy madaniyat nazariyasi (umumiy asoslari) o‘quv fani sifatida jismoniy madaniyat va sport bo‘yicha mutaxassislarni kasbga tayyorlashda, ularga ma’lumot berishda asosiy fan bo‘lib hisoblanadi. Jismoniy madaniyat o‘quv fani sifatida to‘rtta katta bo‘limni o‘z ichiga oladi.