Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati va internet saytlari 1.Salamov R.S. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. 1 tom. Darslik. ITA-PRESS. T.-2014
2.Salamov R.S. Sport mashgʻulotlarining nazariy asoslari. 2 tom. Darslik. ITA-PRESS. T.,-2015
3.Курамшин Ю.Ф. Теория и методика физической культуры. Учебник. Москва. – 2010.
4.Матвеев Л.П. Теория и методика физического воспитания. Учебник. Москва. – 1991.
5.Юнусова Ю.М. Теоретические основы физической культуры и спорта. Унебная пособия. T.,-2005
6.Abdullayev A., Xonkeldiyev Sh.X. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati. Darslik. T.,- 2005.
7.Goncharova O.V. Yosh sportchilarning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish. Oʻquv qoʻllanma. T.,- 2005.
Internet saytlari 1. www.gov.uz – Oʻzbekiston Respublikasi hukumat portali.
2. www.lex.uz – Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi.
3. http://www.Ziyonet.uz.
Sport.uz.
Egiluvchanlik_qobilyatini_tarbiyalash_Reja'>Mavzu: Egiluvchanlik qobilyatini tarbiyalash Reja Egiluvchanlik haqida umumiy tushuncha.
Egiluvchanlikning turlari va rivojlanganlik darajasini aniqlovchi omillar.
Egiluvchanlikni rivojlantirishning vazifalari va vositalari
Egiluvchanlikni rivojlantirish uchun mashqlarni me’yorlash uslubiyati.
Egiluvchanlik - harakat-tayanch apparatining majmuaviy morfologik xususiyati bo‘lib, inson gavdasining alohida bo‘g‘imlaridagi bir-biriga nisbatan bo‘lgan harakatdir. “Egiluvchanlik” atamasini gavdani yoki umumiy harakat zanjirini ulovchi deb tavsiflashga maqsadga muvofiqdir. Masalan umurtqa pog‘onasi harakatini ba’zan egiluvchan deb ataladi.
Alohida bo‘g‘imlar haqida gap ketganda, ularning harakatchanligi ustida gapirib o‘tish kerak. (yelka bo‘g‘imlarii, tizza bo‘g‘imlari harakatchanligi). Rivojlanish darajasining ko‘rsatkichlariga ko‘ra harakat amplitudasi juda keng. U burchak darajasi goniometri vositasida yoki santimetr chizg‘ich yordamida o‘lchanadi.
Amplitudaning turli harakatlardagi ma’lumotlarini aniq olish uchun turli optik usullar: kinoga olish, video yozuv, stereotsiklografiya, rentgen-televizor yoki ultratovushli lokatsiyalar qo‘llaniladi.
Jismoniy tarbiyava sport amaliyotida egiluvchanlikning rivojlanishini tekshirishda turli testlardan foydalaniladi.