O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanidan



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə90/145
tarix02.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#123483
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   145
O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘z

(turli vaqtga mansubligi).
Rivojlanishning notekisligi bir bosqichdagi jismoniy qobiliyat ko‘rsatkichlarining o‘sish darajasi boshqalardagiga qaraganda ancha jiddiy bo‘lishi mumkinligini bildiradi. Bu uncha katta bo‘lmagan vaqt kesmalari (masalan, bir necha hafta, oylik darslar) uchun ham, umuman rivojlantirish jara-yoni uchun ham (aytaylik, bir necha yillik mashg‘ulotlar uchun) to‘g‘ri bo‘la oladi. Odatda, jismoniy qobiliyatlarning eng ko‘p o‘sishi jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishning boshlang‘ich davrida kuzatiladi. Biron – bir qobiliyatning rivojlanish darajasi ko‘tarila borar ekan, uning o‘sish sur’ati pasayadi. Jismoniy qobiliyatlar rivoji ularning o‘sish sur’ati pasayishi bilan bog‘liq ekan, zarur siljishlarga erishish uchun rivojlanishning har bir keyingi bosqichida tobora ko‘p vaqt kerak bo‘laveradi.
Jismoniy qobiliyatlarning rivojlanish ko‘rsatkichlari o‘zgarishlarida (o‘sishida) geteroxronlik (turli vaqtga mansublik) hodisasi kuzatiladi. U alohida jismoniy qobiliyatlarning shiddatli o‘sa boshlashiga mos keladigan lahzalarning vaqt nuqtai naza-ridan o‘zaro muvofiq kelmasligida namoyon bo‘ladi. Maxsus tadqi-qotlar va amaliy tajriba shuni ko‘rsatadiki, inson hayotining muayyan yosh davrida qobiliyatlar rivojiga ta’sir ko‘rsatadigan qulay imkoniyatlar mavjud bo‘ladi, chunki ulardan ayrimlarining o‘sish sur’atlari boshqa yosh davrlaridagiga nisbatan ancha yuqori bo‘ladi. Bu davrlarni odatda sensitiv (hissiy) yoki kritik deb ataydilar, chunki ular organizmning rivojlanishida alohida ahamiyatga ega.
Ayrim qobiliyatlarning rivojlanishida jismoniy tarbiyaning eng kuchli ta’siri ularning jadal sur’atda tabiiy rivojlanishi davriga mos kelishi aniqlangan. Boshqa yosh davrlarida mazkur qobiliyatga pedagogik ta’sir ko‘rsatishning samaradorligi neytral yoki hatto salbiy bo‘lishi ham mumkin. Shuning uchun muayyan jismoniy qobiliyatlarni takomillashtirishda eng qulay yosh davrlarini o‘tkazib yubormaslik juda muhim, chunki keyinroq buni amalga oshirish ancha qiyin kechadi.
Bolalarda alohida jismoniy qobiliyatlarning jadal rivojlanish davrlari rasmda ko‘rsatilgan. Ko‘rinib turibdiki, ularning har biri o‘z sensitiv davriga ega. Bu davrlarning vaqt chegaralari o‘g‘il va qiz bolalarda bir xil emas. Odatda, ko‘pgina qobiliyatlarning jadal rivojlana boshlashi vaqti nuqtai nazaridan qizlar o‘smir bolalardan 1-2 yilga oldinda boradilar.
Ta’kidlash zarurki, turli mualliflarning ilmiy-usuliy adabiyotlarida u yoki bu qobiliyat rivojlanishining har xil sentitiv davrlari ko‘rsatilganligiga duch kelish mumkin. Bunday tafovutlarning bir necha sababi bo‘ladi:
1.Biron-bir qobiliyatni o‘lchash uchun bir xil bo‘lmagan testlardan foydalanish.
2. Jismoniy qobiliyatlar ko‘rsatkichlarining o‘sish sur’atlarini aniqlash uchun turli yondashuv va formulalarni qo‘llash.
3. Tekshirish uchun tanlab olingan sinaluvchilarning bir turli emasligi (tekshirilayotgan kishilar sonining turlichaligi, ularning jismoniy rivojlanishi, tayyorgarlik darajasi, umumiy faoliyat rejimi va boshqalarning bir xil emasligi).



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin