O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” faniga kirish. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari
3-MAVZU: INSON VA FUQAROLARNING ASOSIY HUQUQLARI, ERKINLIKLARI VA BURCHLARI 1. Umumiy qoidalar. 2. Fuqarolik 3. Shaxsiy huquq va erkinliklar 1. Umumiy qoidalar. Davlat va jamiyat hayotida uning asosiy negizini tashkil etgan, bu tom ma’noda inson uning haq-huquqlari tashkil etadi. Inson huquqlari - insoniyat paydo bo‘lgandan buyon turli darajalarda, mutafakkirlar va faylasuflarning bahs-munozarasi mavzusi bo‘lib kelgan. Uning huquqiy manbalari juda qadimgi zamonlarga borib taqaladi. Hozirgi zamon Inson huquqlariga oid qonunchilik 3 bosqichga bo‘lib o‘rganiladi. Manbalarga asosan, birinchi bosqich, 1789 yilda qabul qilingan Inson va fuqaro huquqlari fransuz Deklaratsiyasidan boshlanib to birinchi jahon urushiga qadar davrni o‘z ichiga oladi. Inson huquqlari qonunchiligi birinchi bosqichida shaxs erkinligi va fuqarolar tengligi; shaxs daxlsizligi, xususiy mulk, saylov huquqlariga oid masalalar asosiy o‘rin egallagan.Inson huquqlarining ikkinchi bosqichi XX asrning 1 yarmini o‘z ichiga oladi. Bunda insonning mehnat qilish huquqi; dam olish huquqi; ijtimoiy yordam olish huquqi qonunchilikni asosiy mavzusi bo‘lgan. XX asrning 2 yarmi Inson huquqlariga oid qonunchilikning uchinchi bosqich davri hisoblanadi. Bu davrda inson huquqlari himoyasiga oid yaratilgan qonunlar inson huquqlari qonunchiligining “yangi avlod” davri deb nomlanadi. Uchinchi bosqich qonunchiligi markazida insonlarni tinch yashash huquqi; sof va toza atrof muhitga ega bo‘lish huquqi; axborot olish huquqiga katta e’tibor qaratilgan.Mantiqan ketma-ketlikdan kelib chiqilsa, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Inson huquqlariga oid qonunchilik tizimini uchinchi bosqichida yaratilgan Konstitutsiyalar qatoridan o‘rin olgan. Shu nuqtai nazardan oladigan bo‘lsak, biz yuqorida aytib o‘tgan inson huquqlarining barchasi Konstitutsiyamizda o‘z aksini topgan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.Jumladan konstitutsiyaning II-bo‘limi “Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari” deb nomlanadi. Ushbu bo‘lim 7 bobdan iborat bo‘lib, unda Umumiy qoidalar; Fuqarolik; Shaxsiy huquq va erkinliklar; Siyosiy huquqlar; Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar; Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari; va Fuqarolarning burchlari belgilab berilgan. Shu o‘rinda nima uchun fuqarolarning burchlari ham inson huquqlari qatorida e’tirof etilmoqda, degan savol tug‘ilishi tabiiy. O‘zi bunday savolni berish to‘g‘rimi? Bizningcha to‘g‘ri. Chunki, fuqaro o‘z burchini bajarish orqali boshqa fuqarolarning huquqlarini ta’minlashda ishtirok etadi.Masalan, harbiy vatanparvar yoshlarimiz o‘zlarining vatan oldidagi yigitlik burchini bajarar ekan, mamlakatimiz sarhadlarini himoya qiladi. Shuning barobarida, boshqa fuqarolarning tinch yashash huquqini ta’minlashda ishtirok etadi. Tabiiyki, Konstitutsiyamiz normalaridan ko‘pchilikning xabardorligini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan inson huquq va erkinliklari kafolatlarini xalqaro hujjatlarga qiyoslash orqali ochib berishga harakat qilsak.Zeror,qiyoslash orqali uning farqli jihatlari mazmun-mohiyati yanada shaffof namoyon bo‘ladi. Shu bois, Inson huquqlariga oid BMT tomonidan 70 ga yaqin, Yevropa Kengashi Bosh assambleyasi tomonidan 160 dan ziyod, YuNESKO tomonidan 70 dan ortiq, Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti tomonidan 30 dan ortiq xalqaro konvensiyalar, deklaratsiyalar, paktlar qabul qilingan. Ma’lumotlarda keltirilishicha hozirgi paytda Inson huquqlari bo‘yicha 400 ga yaqin xalqaro hujjatlar mavjud. Men e’tiboringizni barchaga yaxshi ma’lum bo‘lgan BMT Bosh Assambleyasining rezolyusiya bilan 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”ga qaratsam. Nimaga? Chunki, “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” obrazli aytganda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining o‘zagini tashkil etadi. Qolaversa, butun dunyoda inson huquqlariga taalluqli bo‘lgan qonunlar hujjatlari “ildizi” mana shu BMTning asosiy hujjatidan “oziqlanadi”. Aslida Inson huquqlari - insonning davlat bilan munosabatidagi huquqiy maqomini, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy sohalardagi imkoniyatlari hamda da’volarini tavsiflovchi tushuncha. Inson huquqlarini erkin va samarali tarzda amalga oshirish fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatning asosiy belgilaridan biridir. Inson huquqlarini mutlaq va nisbiyga bo‘lish qabul qilingan. Yashash huquqi, qiynoqlarga, zo‘ravonlikka, inson sha’nini yerga uradigan boshqa xil muomalaga yoki jazoga duchor etilmaslik huquqi, shaxsiy hayotning daxlsizligi huquqi, shaxsiy va oilaviy sir saklash huquqi, o‘z sha’ni hamda yaxshi nomini himoya etish huquqi, vijdon erkinligi va dinga e’tiqod qilish huquqi, shuningdek, sud tomonidan himoya qilinish va odil sudlov huquqi hamda shular b-n bog‘liq eng muhim protsessual huquqlar mutlaq insno huquqlari sirasiga kiradi. O‘zbdekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19-moddasida belgilanganidek: O‘zbekiston Respublikasida insonning huquq va erkinliklari xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalariga binoan hamda ushbu Konstitutsiyaga muvofiq e’tirof etiladi va kafolatlanadi. Inson huquq va erkinliklari har kimga tug‘ilganidan boshlab tegishli bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar.Imtiyozlar faqat qonunga muvofiq belgilanadi va ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart. Konstitutsiyada imtiyozlar faqat qonun bilan belgilab qo‘yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart, deb keltirilgan. Shuning bilan birga, unda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari va burchlari bilan o‘zaro bog‘liqdirlar.“Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emas”, (19-modda) – deb, inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi belgilangan. Bu o‘z navbatida barcha fuqarolarning huquq va erkinliklari tengligini, hech kimning jinsi, irqi, dini, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqei jihatidan kamsitilishi mumkin emasligini, fuqarolar bilan davlat o‘rtasida o‘zaro bir-birlariga nisbatan huquq hamda burchlari mavjudligini, fuqarolarning Konstitutsiya va davlatning boshqa qonunlarida mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizligi, ularni sud qarorisiz hech kimning cheklashga haqli emasligini kafolatlaydi. Konstitutsiyamizning 24-moddasida “Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir”, deyilgan. Buning ma’nosi shundan iboratki, yashash huquqi insonning tabiiy huquqi hisoblanadi. Insonning tabiiy huquqi (yashash huquqi) va uni o‘z navbatida himoyasini ta’minlash davlat hamda barcha jamoat tuzilmalari faol harakatlarining keng doirasini, har bir mavjud inson turmushining xavfsiz ijtimoiy va tabiiy muhitini, turmush sharoitini o‘zida mujassamlaydi. Insonning yashash huquqi, u hayotda kim bo‘lishidan qat’i nazar, qonun tomonidan ta’minlanadi. Mazkur huquqiy norma 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan va o‘zining tarixiy 60 yilligi keng miqyosda nishonlanayotgan inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasiga ham to‘liq mos keladi. Jumladan, inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining 3-moddasida har bir inson yashash, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega ekanligi belgilab qo‘yilgan.Asosiy Qonuning “Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar” bobi fuqarolarning mehnat qilish, mulkdor bo‘lish, merosxo‘r bo‘lish, bilim olish, ilmiy-texnikaviy ijod erkinligi, ijtimoiy ta’minot olish huquqlarini kafolatlaydi. Xususan, 37-moddada, “Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir”. “Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tash tartibidan yoki qonunda ko‘rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi”, deb belgilangan. Bu esa, o‘z navbatida O‘zbekistonda qonun tartibida va kundalik hayotda har bir insonga to‘liq erkin iqtisodiy faoliyat, o‘z mehnatini sarflaydigan sohani va shaklini erkin tanlash ta’minlanadi. Barcha fuqarolar mehnat huquqlariga ega bo‘lish va ulardan foydalanishda teng imkoniyatlarga egadirlar. Har bir shaxsning mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqlari mustahkamlangan konstitutsiyaviy me’yorlarni rivojlantirish va ularni amalga oshirish uchun aniq mexanizmni yaratish maqsadida “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”, “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”, “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik, Mehnat kodekslari va boshqa huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Bizning oldimizda turgan eng dolzarb vazifalardan biri bu albatta, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini barcha fuqarolarimiz, ularni yoshidan qat’i nazar chuqur o‘rganishlaridir. Chunki, har bir shaxs kundalik hayotida Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan huquq va erkinliklariga bevosita murojaat qiladi. Qomusimiz o‘zining mazmun-mohiyati bilan inson va fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlab beruvchi oliy yuridik hujjatdir. Inson huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilishning ta’sirli vositasini barpo etish, xalqaro tashkilotlar hamda huquqni muhofaza qilish tashkilotlari b-n hamkorlikni kengaytirish, davlat muassasalari xodimlari va barcha aholining inson huqukutri bo‘yicha madaniyatini oshirish maqsadida, BMTning inson huquqlari va boshqaruv tizimini de-mokratiyalashni qo‘llabquvvatlash dasturiga muvofiq tashkil etilgan. Davlatga qarashli, taxlil, maslahat, idoralararo va muvofiklashtirish organi hisoblanadi. Asosiy vazifalari: inson huquqlari bo‘yicha milliy harakat rejasini ishlab chiqish; shu soxaga oid milliy ma’ruzalar tayyorlash; tegishli o‘quv-uslubiy adabiyotlar nashr etish, tadqiqotlar o‘tkazish. Markaz huzuridagi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi va bolalar qabulxonasida bepul yuridik maslahatlar beriladi. Inson huquqlarini buzish hollari yuzasidan fuqarolarning ariza va shikoyatlari ko‘rib chiqilib, hal etiladi. Markaz BMT maxsus bo‘linma va tashkilotlari, Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT) Demokratik muassasalar va inson hukuklari bo‘yicha byurosi, AQSh, Angliya, Fransiya, Italiya, Hindiston kabi davlatlarning elchixonalari, Amerika yuristlar assotsiatsiyam, K. Adenauer fon-di, Soros fondi, F. Ebert fondi va sh. k. jamg‘armalar b-n yaqin hamkorlikda faoliyat yuritadi. BMT Taraqqiyot dasturi (PROON) b-n birga ta’sis etilgan «Demokratlashtirish va inson huquqlari» ilmiy-ommabop jur. o‘zbek, ingliz va rus tillarida chop etiladi. Markaz huzurida inson huquqlari bo‘yicha ommaviy kutubxona tashkil etilgan. Shu ma’noda Konstitutsiyaning 20-moddasiga ko‘ra:O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan o‘zaro huquq va majburiyatlar bilan bog‘liqdir. Insonning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir hamda ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emas. Insonning huquq va erkinliklari bevosita amal qiladi. Insonning huquq va erkinliklari qonunlarning, davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining mohiyati va mazmunini belgilaydi. Davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy ta’sir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli bo‘lishi kerak.Inson bilan davlat organlarining o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi-deb belgilangan. “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” Muqaddimasida “Insoniyat oilasining hamma a’zolariga xos qadr-qimmat va ularning teng, ajralmas huquqlarini tan olish erkinlik, adolat va yalpi tinchlik asosi ekanligini e’tiborga olib; inson huquqlarini mensimaslik va uni poymol etish insoniyat vijdoni qiynaladigan vahshiyona ishlar sodir etilishiga olib kelganini, kishilar so‘z erkinligi va e’tiqod erkinligiga ega bo‘ladigan hamda qo‘rquv va muhtojlikdan holi sharoitda yashaydigan dunyoni yaratish insonlarning ezgu intilishidir deb e’lon qilinganligini e’tiborga olib; inson oxirgi chora sifatida zulm va istibdodga qarshi isyon ko‘tarishga majbur bo‘lishining oldini olish maqsadida inson huquqlari qonun kuchi bilan himoya etilishi zarur ekanligini e’tiborga olib; xalqlar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga ko‘maklashish zarurligini e’tiborga olib; Birlashgan Millatlar xalqlari insonning asosiy huquqlariga, shaxsning qadr-qimmatiga, erkak va ayolning teng huquqliligiga, o‘z e’tiqodlarini Nizomda tasdiqlaganliklari hamda yanada kengroq erkinlikda ijtimoiy taraqqiyot va turmush sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashishga ahd qilganliklarini e’tiborga olib; a’zo bo‘lgan davlatlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorlikda inson huquqlari va asosiy erkinliklarini yalpi hurmat qilish va unga rioya qilishga ko‘maklashish majburiyatini olganligini e’tiborga olib; mazkur huquqlar va erkinliklarning xarakterini yalpi tushunish ushbu majburiyatlarning to‘liq ado etilishi uchun katta ahamiyatga ega bo‘lishini e’tiborga olib; Bosh Assambleya mazkur Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini barcha xalqlar va barcha davlatlar bajarishga intilishi lozim bo‘lgan vazifa sifatida e’lon qilar ekan, bundan muddao shuki, har bir inson va jamiyatning har bir tashkiloti doimo ushbu Deklaratsiyani nazarda tutgan holda ma’rifat va ta’lim yo‘li bilan bu huquq va erkinliklarning hurmat qilinishiga ko‘maklashishi, milliy va xalqaro taraqqiyparvar tadbirlar orqali ham uning bajarilishi ta’minlanishiga, Tashkilotga a’zo bo‘lgan davlatlar xalqlari o‘rtasida va ushbu davlatlarning yurisdiksiyasidagi hududlarda yashayotgan xalqlar o‘rtasida yalpisiga va samarali tan olinishiga intilishlari zarur” deb hisoblaydi. Jami 30 moddadan iborat bo‘lgan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining moddalarini o‘qiymiz. Shuni alohida ta’kidlash joizki, ular O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi normalar bilan egizak.Masalan: “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”ning 3-moddasi. “Har bir inson yashash, erkin bo‘lish va shaxsiy daxlsizlik huquqlariga egadir”.Endi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini 24-moddasini o‘qiymiz: “Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir.”Deklaratsiyaning 5-moddasi: “Hech kim qiynoqqa yoki shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni xo‘rlovchi muomala va jazoga duchor etilmasligi kerak.”Bunga hamohang bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 26-moddasining ikkinchi qismini o‘qiymiz. “Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas.”Yoki, Deklaratsiyaning 9-moddasi, “Hech kim asossiz qamalishi, ushlanishi yoki quvg‘in qilinishi mumkin emas.Shu nuqtai nazardan qaraganda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida 21-moddasida “Har bir inson o‘z shaxsini erkin kamol toptirish huquqiga ega. Hech kimga uning roziligisiz qonunchilikda belgilanmagan majburiyat yuklatilishi mumkin emas.Inson o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, jamiyat hamda davlatning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasligi shart.Insonning huquq va erkinliklari faqat qonunga muvofiq va faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sog‘lig‘ini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta’minlash maqsadida zarur bo‘lgan doirada cheklanishi mumkin”.Bu yerda haqiqatan, demokratik tamoyillarningng ustuvorligini va insonning erkinligi boshqa bir inson va shaxs erkinligiga putur yetkazmasligi nazarda tutilgan. Yangilangan Konstitutsiya mamlakatimizning uzoq muddatli taraqqiyot strategiyalari, umuman, yurtimiz va xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos hamda ishonchli kafolat yaratadi.Bir so‘z bilan aytganda, “Inson qadri uchun” g‘oyasini hamda hozirgi islohotlarimizning bosh tamoyili bo‘lgan “Inson – jamiyat – davlat” degan yondashuvni Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatiga chuqur singdirib, amaliy hayotimizda bosh qadriyatga aylantirishimiz zarur. Ya’ni, insonning qadr-qimmati, sha’ni va g‘ururi bundan buyon barcha sohalarda birinchi o‘rinda turishi kerak. O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida o‘z aksini topgan xalqparvar davlatni barpo etish yo‘lidagi muhim vazifalarni amalga oshirish uchun, avvalambor yangi konstitutsiyaviy makon kerakligini barchamiz tushunib turibmiz.Bosh Qomusimiz bugungi real voqelikka mos bo‘lsagina, u shiddat bilan olib borilayotgan islohotlarimizning huquqiy asosi bo‘lib xizmat qila oladi.Bevosita xalqimizning takliflari asosida, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi tayyorlandi. Hozirda, O‘zbekiston Respublikasi ahli, fuqarolarning munosib hayot kechirishini, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni, ko‘p millatli jonajon O‘zbekistonimizning farovonligini va gullab-yashnashini ta’minlashni maqsad qilgan holda,ushbu Konstitutsiya qabul qiliganligini ta’kidlash joiz. Yana bir muhim jiati yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, ilgari amal qilib kelgan “davlat – jamiyat – inson” tamoyilini “inson – jamiyat – davlat” deb o‘zgartirilganligi, ya’ni eng avvalo inson manfaatini har narsadan ustun qo‘yish maqsad qilingan.Yangi Konstitutsiyada, O‘zbekiston ijtimoiy davlat deb e’lon qilinmoqda. Davlatning ijtimoiy majburiyatlariga oid normalar qariyb uch baravarga ortmoqda. Jumladan, fuqarolarning ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalari uy-joy bilan ta’minlanishi, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori insonga munosib yashashini ta’minlashni hisobga olgan holda belgilanishi, fuqarolarning tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini davlat hisobidan olishga haqliligi va boshqalar belgilanmoqda. Yüklə 296,23 Kb. Dostları ilə paylaş: |