O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” faniga kirish. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari


Fuqarolik yoki fuqarolik davlatda



Yüklə 296,23 Kb.
səhifə21/96
tarix09.10.2023
ölçüsü296,23 Kb.
#153229
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   96
Seminar mavzulari — копия (6)

Fuqarolik yoki fuqarolik davlatda belgilangan usul bilan tasdiqlanadi. Biroq, turli mamlakatlardagi amaliyot juda katta farq qiladi: buyuk Britaniyada hech qanday hujjatga ega bo‘lmaslik huquqidan — Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi majburiy shaxsiy guvohnomalarga yoki hatto ilgari Sovet Ittifoqining bir qismi bo‘lgan ba’zi mamlakatlarda ichki ko‘p sahifali pasportga ekanligida.
Ba’zi mamlakatlarda (Antigua va Barbuda, Sankt-Lucia, Dominika va boshqalar.Ko‘chmas mulk sotib olish yoki mamlakat iqtisodiyotiga sarmoya qo‘yish orqali fuqaroligini olish mumkin13. Fuqarolikni olishning bu shakli investitsiyalar orqali fuqarolikni olish deb ataladi va Yevropada keng tarqalgan (Portugaliya, Buyuk Britaniya, Latviya va boshqalarning" Oltin vizalari " deb ataladi.) va Caribbean (Saint Kitts va Nevis, Grenada, va boshqalar.). Fuqaroligini olish uchun, ariza beruvchi bir necha bosqichda o‘tadi — yashash huquqi, (yashash huquqi,), doimiy yashash (doimiy yashash), fuqarolik tartibi o‘zi (olish fuqarolik). Fuqarolikni olish tartibi mamlakat qonunchiligiga qarab o‘zgaradi.
Fuqarolikni tiklash.Reintegratsiya-bu ilgari unga yega bo‘lgan va keyin uni yo‘qotgan shaxslarning davlat fuqaroligini tiklash. Reintegratsiyaning ma’nosi ko‘pincha ushbu holatlarda qo‘llaniladigan protseduradan iborat. Bu maxsus qonunlarda va fuqarolik to‘g‘risidagi oddiy qonun hujjatlarida nazarda tutilishi mumkin. Ikkinchi holda, uni naturalizatsiya turi deb hisoblash mumkin.
Repatriatsiya (Lat. vataniga qaytish) - Vatanga qaytish. Bu atama odatda harbiy asirlar, ko‘chirilganlar, qochqinlar, fuqarolik huquqlarini tiklash yoki sug‘urta hodisasi yuz berganda sug‘urtalanganning yashash mamlakatiga qaytish bilan muhojirlarga nisbatan qo‘llaniladi.


3. Shaxsiy huquq va erkinliklar.
Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Bu haqda yangi O‘zbekiston Kostitutsiyasining 25-35 moddalarida batafsil yoritilgan.Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir.Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega.Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas.Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o‘zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta’minlab beriladi.Qonunning 25-moddasida keltirilganidek, “Yashash huquqi har bir insonning ajralmas huquqidir va u qonun bilan muhofaza qilinadi. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir.O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosi taqiqlanadi.Haqiqatan 2008 yildan buyon malakatimizda o‘lim jazosi beor qilinganligini ta’kidlash lozim. Davlatimizning jinoyatga oid siyosati o‘lim jazosini qo‘llashga nisbatan jahon tendensiyalariga to‘la mos keladi hamda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida e’lon qilingan insonparvarlik va odillik tamoyillarini izchil ifoda etadi.
Ayni vaqtda, mamlakatda amalga oshirilayotgan jamiyat va davlat hayotini demokratik jihatdan yanada yangilash, mamlakatni modernizatsiya qilish borasidagi islohotlarning mohiyati va mazmuni, sud-huquq tizimini liberallashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning natijalari jazo turi sifatida o‘lim jazosi bekor qilinishini hamda uni umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi bilan almashtirilishi zarurligini taqozo etmoqda.
Shu bilan birga, ushbu muhim sohadagi islohotlar, ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi va insonparvarlik ruhida olib borilishini hamda insonlar ongida demokratik qadriyatlar tobora mustahkamlanishini inobatga olgan holda izchillik bilan amalga oshirib borilishi lozim.
O‘lim jazosining bekor qilinishi aholi orasida keng tushuntirish ishlari olib borishni, birinchi navbatda, mamlakatimizning huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lidagi izchil harakatlarini asoslab berishni, jinoiy jazoni yanada liberallashtirish, shu jumladan o‘lim jazosini bekor qilish zaruratining anglab yetilishini kishilar ongida mustahkamlashni taqozo etadi.
O‘lim jazosi umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish bilan almashtirilgan shaxslarni saqlash uchun majmua va inshootlar qurish, zarur shart-sharoitlarni yaratish, ana shu muassasalarda ishlash uchun xodimlarni tayyorlash bilan bog‘liq bir qator tashkiliy-tayyorgarlik tadbirlarini amalga oshirish lozim.
Jinoyat, jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya qonun hujjatlarini puxta ishlab chiqish hamda o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish ushbu sohadagi xalqaro-huquqiy hujjatlarni, o‘lim jazosini bekor qilgan va o‘lim jazosi o‘rniga umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan shaxslarning jazolari ijro etilishini tashkil qilish tajribasiga ega bo‘lgan xorijiy mamlakatlarning tegishli qonun hujjatlarini chuqur o‘rganib chiqishni hisobga olgan holda amalga oshirilishi muhim vazifa hisoblanadi.
Insonning yashash huquqini e’lon qiluvchi va mustahkamlovchi xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalaridan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalaridan kelib chiqqan holda, shuningdek jinoiy jazolarni yanada liberallashtirish borasida aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasida 2008 yilning 1 yanvaridan jinoiy jazo turi sifatida o‘lim jazosi bekor qilinsin va uning o‘rniga umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi joriy etilsin14. Shuningdek, 26-moddada “Insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizdir. Hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo‘lishi mumkin emas. Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emas. Hech kimda uning roziligisiz tibbiy va ilmiy tajribalar o‘tkazilishi mumkin emas”. Bu shuni anglatadiki, Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasi har bir shaxsning sha’ni va qadr-qimmatiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga yo‘naltirilgan bir necha eng muhim tamoyillar bilan xalqimiz e’tiboriga sazovor bo‘ldi. Unda xususan, insoning sha’ni va qadr-qimmati daxlsiz ekani va hech bir narsa ularni kamsitish uchun asos bo‘la olmasligi ko‘zda tutilgan. 26-moddada qiynoqqa solish, zo‘ravonlik, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etish, shaxsning roziligisiz tibbiy yoki ilmiy tajribalar o‘tkazilishi mumkin emasligi belgilab qo‘yilgan. Hozirgi paytda qiynoqlarning taqiqlanishi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida, Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktda, Qiynoqlarga hamda muomala va jazolashning boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsitadigan turlariga qarshi konvensiyada, Inson huquqlari to‘g‘risidagi Amerika konvensiyasida, Inson va xalqlar huquqlari Afrika xartiyasida va boshqa hujjatlarda mustahkamlab qo‘yilgan. Qiynoqlarning taqiqlanishi mutlaq xarakterga ega.
Mazkur tuzatishlarning kiritilishi inson qadr-qimmatini, uni huquq-tartibot organlarining noqonuniy xatti-harakatlaridan himoyalashni kafolatlab, shaxsiy daxlsizligini ta’minlash imkonini beradi. Yuqorida sanab o‘tilgan holatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun penitensiar muassasalarda 2 ming 800 dan ziyod kuzatuv kameralari o‘rnatilgani, IIVning barcha tergov izolyatorlari tergov xatti-harakatlarini o‘tkazish xonalari 123 kuzatuv kamerasi bilan jihozlangani shunga o‘xshash hodisalarning oldini olishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Aybsizlik prezumsiyasini amaliyotda qo‘llash isloh etilib, Xalqimizning xohish-irodasi bilan qabul qilingan Konstitutsiyamizda shaxsning ishi sudda ko‘rib chiqilib, bu ish qonuniy kuchga kirgan hukm bilan aniqlanmaguncha u aybsiz hisoblanishi qatiy belgilandi.
Darhaqiqat, Konstitutsiyadagi normalarga diqqat bilan e’tibor qaratadigan bo‘lsak, unda inson manfaatlari davlat manfaatlaridan ustun qo‘yilgani ko‘zga tashlanadi. Masalan, shaxsni sud qarorisiz 48 soatdan ortiq ushlab turish mumkin emasligi, ushlab turish chog‘ida uning huquqlari va ushlab turilish asoslari unga tushuntirilishi kerakligi (“Miranda qoidalari”), ayblanuvchi va sudlanuvchilarga o‘ziga qarshi ko‘rsatma bermaslik, ya’ni “sukut saqlash” huquqi kafolatlandi. 31-moddada insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizdir hamda hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo‘lishi mumkin emasligi nazarda tutilmoqda. Yangi yozishmalar, telefon orqali so‘zlashuvlar, pochta, elektron xabarlar va boshqa xabarlarni sir saqlash huquqi faqat sud qaroriga asosan cheklanishi mumkinligi ham ko‘rsatilgan15.
Har bir inson shaxsiy hayotining daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sirga ega bo‘lish, o‘z sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqiga ega.
Har kim yozishmalari, telefon orqali so‘zlashuvlari, pochta, elektron xabarlari hamda boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqiga ega.
Yuqorida bildirilgan fikrlardan kelib chiqqan holda ushbu huquqning cheklanishiga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi.Har kim o‘z shaxsiga doir ma’lumotlarni himoya qilish, shuningdek noto‘g‘ri ma’lumotlarning tuzatilishini, o‘zi to‘g‘risida qonunga xilof yo‘l bilan to‘plangan yoki huquqiy asoslarga ega bo‘lmay qolgan ma’lumotlarning yo‘q qilinishini talab qilish huquqiga ega.
Har kim uy-joy daxlsizligi huquqiga ega.
Hech kim uy-joyga unda yashovchi shaxslarning xohishiga qarshi kirishi mumkin emas. Uy-joyga kirishga, shuningdek unda olib qo‘yishni va ko‘zdan kechirishni o‘tkazishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda yo‘l qo‘yiladi. Uy-joyda tintuv o‘tkazishga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi.Nima uchun tintuv o‘tkazish va telefon so‘zlashuvini eshitishga sanksiya berish vakolati prokurordan sudga o‘tkazilmoqda? Buning ahamiyati nimada ?! Sababi bu xuddi qo‘zichoqni bo‘riga ishonishdek gap. Bugungi zamonaviy qarashlar o‘tmishdagidek emas. Insonning shaxsiy hayoti muqaddas tushunchaga aylanmoqda. Inson tug‘ilganidan boshlab u haqidagi ma’lumotlar uning hayoti davomida biror-bir joyda “iz” qoldiradi.
Shifoxonada, FHDYO bo‘limlarida, bog‘chada, maktabda, banklarda va boshqa tashkilotlarda, kundalik foydalanadigan ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda yoki ma’lumotlar bazalarida shaxsning foto, video, audio, yozma yoki elektron shaklidagi shaxsga doir ma’lumotlar mavjud.
Shu sababli ham tergov organiga fuqaroning shaxsiy hayotiga aralashib uning telefon so‘zlashuvini eshitish bo‘yicha o‘zi mustaqil qaror qabul qilish vakolatini boshqaga berib bo‘lmaydi. Chunonchi 29-moddada. Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir.
Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taalluqli bo‘lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin.Fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi demokratik davlatdagina mavjud bo‘ladigan va kafolatlanadigan huquqlardir. «Men, – deb yozgan edi Spinoza, – demokratiyani shuning uchun afzal ko‘ramanki, u tabiat har kimga in’om etgan erkinlikka eng ko‘p yaqinlashadi».1
“Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”ning 19-moddasiga muvofiq, “Har bir inson e’tiqod erkinligi va uni erkin ifoda qilish huquqiga ega; bu huquq hech bir to‘siqsiz o‘z e’tiqodiga amal qilish erkinligini hamda axborot va g‘oyalarni har qanday vosita bilan, davlat chegaralaridan qat’i nazar, izlash, olish va tarqatish erkinligini o‘z ichiga oladi”.
Demokratik jamiyatda har kim o‘z e’tiqodiga asoslangan holda, jamiyat, davlat hayoti va ijtimoiy-siyosiy muammolarga doir fikr va mulohazalarini erkin bayon qilish huquqiga ega. Har kim ma’lum hodisa va hujjatlarga o‘zining shaxsiy bahosini berishi, hokimiyat va boshqaruv muassasalari, oddiy fuqarolar va mansabdor shaxslarning faoliyatidagi kamchiliklarni va yetishmovchiliklarni tanqid qilish huquqiga ega.
Fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi, barcha ma’lumotlarni qidirish, olish va tarqatish huquqi fuqarolarga davlat idoralari, jamoat birlashmalari, korxona va tashkilot hamda muassasalarga taklif va ariza yoki shikoyat bilan murojaat qilish orqali jamoat va davlat faoliyatini boshqarishda faol qatnashish imkonini beradi.
Fikrlash erkinligi – bu so‘z erkinligi orqali amalga oshiriladigan va o‘z fikrini erkin so‘zlash hamda shu fikrlarni boshqa shaxslarning e’tiboriga havola qilishdir.
Inson va fuqarolarning fikrlash va e’tiqod erkinligi huquqi so‘z erkinligi orqali, ya’ni ularni ochiq tarzda izhor qilish hamda boshqa shaxslarga yetkazish orqali amalga oshiriladi. So‘z erkinligi ko‘proq ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshirilib, ular O‘zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonunida belgilangan. Unda har bir shaxsning so‘z erkinligi, ommaviy axborot vositalarida chiqish, o‘z fikri va e’tiqodini oshkora bayon etish huquqlari o‘z ifodasini topgan.
Albatta tiyib turuvchi mexanizmlar kerak.
Endilikda bu tartibga solinib, tintuv va telefon eshitish doirasi ham sud tomonidan belgilanishi, bunga qay darajada zaruriyat borligi xolis va mustaqil sudya tomonidan baholanishi belgilanmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda shaxsiy hayot daxlsizligi Konstitutsiyada mustahkalanmoqda.Har bir fuqaro, har bir oila o‘zining shaxsiy hayoti va oilaviy sirini himoya qilish, o‘z mulkiga ega bo‘lishi va uning daxlsizligiga o‘zga shaxslarning tajovuzidan xavotirsiz hayot kechirishi lozim. Telekommunikatsiya tarmoqlari va axborot texnologiyalari rivojlanishi bilan axborot va ma’lumotlarni uzatish, tarqatish jarayonlari osonlashdi va xalq ichida ommaviylashdi.
Endilikda fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari, yozishmalari va biometrik ma’lumotlarini saqlash va tarqatilishida tashqi ta’sirlardan himoya zarurati yuzaga keldi.
Mazkur daxlsizlik huquqlari konstitutsiyaga kiritilmoqda va shaxsiy, oilaviy sir va ma’lumotlar noqonuniy to‘planishi va tarqalib ketishi cheklanmoqda.Bundan tashqari, Konstitutsiya loyihasida uy-joyga bo‘lgan huquq daxlsiz etib belgilanmoqda.
Hech kim sudning qarorisiz uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligi hamda uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanishi mustahkamlanmoqda. Mazkur normani Konstitutsiyaga kiritilishi bir necha yillardan buyon jamiyatimizda o‘tkir muammolardan biriga aylangan “snos” bilan bog‘liq muammoga nisbatan xalqparvar, mulkdorlar manfaatini himoya qiluvchi oqilona yechim ekanligini alohida qayd etish lozim.
Ommaviy kommunikatsiyalar rivojlanishi bilan bugun ijtimoiy tarmoq va internet saytlarida shaxsning shaxsiy va oilaviy siriga oid ma’lumotlari, ming afsuski, uning roziligisiz olinishi, tarqatilishiga guvoh bo‘lyapmiz. Natijada ko‘pchilik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o‘z shaxsiy hayotiga, shaxsiga oid ma’lumotlarning tarqalishiga oid huquqbuzarlikdan jabr ko‘rib qolmoqda. Shu sababli mazkur masalalarga fundamental yechim yasash maqsadida Konstitutsiyaga alohida normalar kiritilishi davr taqazosi deyish mumkin.
Insonlarning yashash huquqiga taalluqli eng asosiy talablar qatoridagi uy-joy mol-imulkiga tajovuzdan himoyada yashash huquqi, shaxsiy ma’lumotlar sirligi har bir fuqaroning hayotidagi birlamchi zaruratlardan biri sifatida daxlsizlik toifasiga kiritilmoqda va kafolatli himoyaga olinmoqda.



Yüklə 296,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin