O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” faniga kirish. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari


Bank operatsiyalarining omonotlarning va hisobvaraqalarining sir tutilishi, shuningdek, meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi”. 41-modda



Yüklə 296,23 Kb.
səhifə26/96
tarix09.10.2023
ölçüsü296,23 Kb.
#153229
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   96
Seminar mavzulari — копия (6)

Bank operatsiyalarining omonotlarning va hisobvaraqalarining sir tutilishi, shuningdek, meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi”. 41-modda.

Shu o‘rinda Konstitutsiyasining 41-moddasida nafaqat bankka qo‘yilgan omonatlarning shuningdek, bank operatsiyalarining va hisobvaraqalarning ham sir tutilishi qonun bilan kafolatlanishi bank operatsiyalarining siri va bank hisobvaraqalari manfiyligini ta’minlashag oid to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi konstitutsiyaviy norma sifatida qabul qilinganligi muhim ahamiyatga ega. Bank siri va bank hisobvaraqalari manfiyligiga konstitutsiyaviy maqom berilishi bank mijozlarining shaxsiy ma’lumotlaridan qonuniy yoki jinoyat maqsadlarda foydalanishning oldini olish borasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirishga huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.



Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega.
Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori insonnig munosib turmush darajasini ta’minlash zarurati hisobga olingan holda belgilanadi.
Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi. 42-modda.


Inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikka intilish barcha Konstitutsiyaga xos xususiyat. Konstitutsiya fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash uchun mavjud hokimiyatni muayyan darajada cheklaydi. Chunki inson huquqlarini kafolatlash uchun ularga nisbatan qilinadigan turli suiste’molchiliklarni cheklash zarur. Yangi Konstitutsiyada “taqiqlanadi”, “haqli emas”, “mumkin emas” jumlalari ko‘plab uchrashining boisi ham shunda. Misol sifatida ayrim moddalani keltirish o‘rinli. 42-modda: “Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni raj etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanishi” mustahkamlab qo‘yildi. Bu ham aziz opa-singillarimizni, ko‘plab yosh oilalarni uzoq yillar o‘ylantirib kelgan, kerak bo‘lsa, hayotiy rejalarini o‘zgartirib yuborayotgan katta muammolardan biri edi.




Yüklə 296,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin