O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” faniga kirish. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 296,23 Kb.
səhifə70/96
tarix09.10.2023
ölçüsü296,23 Kb.
#153229
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   96
Seminar mavzulari — копия (6)

9) ijro etuvchi hokimiyat organlari ishini muvofiqlashtiradi va yo‘naltiradi, ularning faoliyati ustidan qonunda belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi;
10) ijro etuvchi hokimiyat organlarining ishida ochiqlik va shaffoflikni, qonuniylik va samaradorlikni ta’minlash, ularning faoliyatida korrupsiya holatlariga qarshi kurashish, davlat xizmatlarining sifatini oshirish va ulardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish bo‘yicha choralar ko‘radi;
11) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan har yilgi ma’ruzalarni taqdim etadi;
12) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
116-modda. Vazirlar Mahkamasi konstitutsiyaviy normalar doirasida va qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti oldida javobgardir.
Amaldagi Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi, biroq Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi shakllantirilguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq o‘z faoliyatini davom ettirib turadi.
117-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri:
1) Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi;
2) Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi;
3) xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko‘radi;
4) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi.
Yangi kiritilgan o‘zgarishga ko‘ra, Bosh vazirni tayinlash va unga ishonchsizlik votumi bildirishda Senatning ishtiroki bekor qilindi. Endilikda buning uchun deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismi ovoz berishi yetarli (avval har ikki palata a’zolarining uchdan ikki qismi ovoz berishi zarur edi; eslatib o‘tamiz, ishonchsizlik votumi e’lon qilinsa, prezident bosh vazirni lavozimidan ozod etadi). Bosh vazir va hukumat a’zolarining hisobotlarini eshitish ham quyi palataning vakolatiga o‘tkazildi. Bundan tashqari, Qonunchilik palatasi hukumat a’zolarini iste’foga chiqarish to‘g‘risida prezidentga taklif kiritish vakolatiga ega bo‘ldi.
118-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining mansabdor shaxslari saylangandan va organlari shakllangandan so‘ng bir oy ichida yoki Bosh vazir lavozimidan ozod etilganidan keyin yoxud Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasining amaldagi tarkibi iste’foga chiqqanidan keyin bir oy ichida Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi va ma’qullashi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng taqdim etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini taqdimnoma kiritilgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida ko‘rib chiqadi.
Bosh vazir lavozimiga nomzod O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida uning nomzodi ko‘rib chiqilayotganda Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturini taqdim etadi.
Bosh vazir nomzodi uning uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining yarmidan ko‘pi tomonidan ovoz berilgan taqdirda ma’qullangan hisoblanadi.
Bosh vazir lavozimiga taqdim etilgan nomzod uch marta rad etilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni tayinlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasini tarqatib yuborishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zolari ularning nomzodlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullanganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining amaldagi tarkibini yoki a’zosini iste’foga chiqarishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zosining o‘z faoliyatiga oid masalalar yuzasidan hisobotini eshitishga haqli. Vazirlar Mahkamasi a’zosining hisobotini eshitish yakunlariga ko‘ra Qonunchilik palatasi uni iste’foga chiqarish to‘g‘risidagi taklifni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga ko‘rib chiqish uchun kiritishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolari parlament so‘rovlariga va Qonunchilik palatasi deputatining, Senat a’zosining so‘rovlariga qonunda belgilangan tartibda javob berishi shart.
Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil etish tartibi va vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi.
Bosh vazir nomzodini endi prezident taqdim etadiPrezident bosh vazir nomzodini taqdim etishdan oldin parlamentga kirgan barcha partiyalarning fraksiyalari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazishi belgilandi. Qonunchilik palatasi prezident taqdim etgan nomzodni ko‘rib chiqadi, agar deputatlarning yarmidan ko‘pi ma’qullasa, bosh vazir lavozimga tasdiqlanadi. Agar deputatlar nomzodni uch marta rad etsa, prezident bosh vazirni tayinlab, Qonunchilik palatasini tarqatib yuborishga haqli. Avvalgi tartibga ko‘ra, bosh vazir nomzodini Qonunchilik palatasida eng ko‘p o‘rinni egallagan partiya taklif qilar, prezident ma’qullagach, nomzod ikki palata tomonidan tasdiqlanishi talab etilardi.
119-modda.O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi o‘rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi.
Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi, agar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bersa, qabul qilingan hisoblanadi. Bunday holatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga iste’foga chiqadi.
Ma’lumki, “jamiyat taraqqiyoti ko’p jihatdan hokimiyatni to’g’ri tashkil qilishga, boshqaruvda eng samarali vositalardan foydalanishga bog’liq”. Albatta, mamlakatimiz rahbariyati tomonidan ijro hokimiyati faoliyatini isloh qilish orqali uning vakolatlari, mas’uliyati va davlat hokimiyati tizimidagi mavqeini oshirishga qaratilgan islohotlarning izchillik bilan amalga oshirilayotganligi, tarixiy tajriba va milliy davlatchilik an’analarini hisobga olgan holda hokimiyatning to’g’ri tashkil qilinayotganligi haqida xulosaga kelishga asos bo’ladi. O’zbekistonda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish sharoitida Vazirlar Mahkamasi vakolatlari va mas’uliyatining kengayishiga oid munosabatlar o’rganilar ekan, mamlakatimizda 2002 - yil 27 - yanvarda o’tkazilgan umumxalq referendumining huquqiy, siyosiy va tarixiy ahamiyatini esdan chiqarmasligimiz zarur. Chunki ushbu referendum mamlakatimizda bevosita demokratiyaning muhim amaliy ifodasi bo’lib, uning natijasida milliy parlamentimiz bikameral tizimda qayta shakllantirildi, davlat rahbarining maqomi takomillashtirilib, Vazirlar Mahkamasining, jumladan, Bosh vazirning vakolatlari va mas’uliyati ortdi. 2003 - yil 24 - apreldagi “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi Qonunga ko’ra, Vazirlar Mahkamasining Raisi lavozimining tugatilishi Prezidentning aynan davlat boshlig’i sifatidagi maqomini yorqin namoyon qilib, o’z - o’zidan Hukumat faoliyatiga rahbarlik qiluvchi shaxs - Bosh vazirning ijro hokimiyatidagi rolini, shu bilan birga butun Vazirlar Mahkamasining davlat hokimiyati tizimidagi mavqeini yuksalishiga xizmat qildi. Konstitutsiyaning hukumat faoliyatiga oid 98 - moddasining yangi tahririda, Vazirlar Mahkamasining konstitutsiyaviy maqomi va tarkibi, uning shakllantirilish tartibi, Bosh vazirning vazifa va vakolatlari, Prezidentning Vazirlar Mahkamasi faoliyatidagi ishtirokining ayrim jihatlari hamda ushbu organning ikki taraflama javobgarligi masalalarini tartibga soluvchi normalar o’z aksini topdi. Vazirlar Mahkamasi mamlakatda ijro hokimiyatini amalga oshirishi, Bosh vazir esa Vazirlar Mahkamasi Raisiga xos bo’lgan funksiyalarni bajarishi Konstitutsiyada belgilab qo’yildi. Demak, bu holatda, qonunchilikda “Vazirlar Mahkamasi Raisi” degan ibora o’rnini “Bosh vaziri” degan ibora egalladi, deb qayd etish o’rinli bo’ladi. Bosh vazir lavozimining tarixiga qisqacha to’xtaladigan bo’lsak, u eng avvalo 18 - asrda Angliyada vujudga kelganligini bilamiz. 18-asrning 1-choragida Angliya qiroli asli Gannoverlar sulolasidan bo’lgan qirol Georg I edi.U yurtga begona bo’lgan qirol bo’lib, ingliz tilini yaxshi bilmas, atrofidagi voqealar, hatto hukumat faoliyatidan ham bexabar edi. Bunday vaziyatda, hukumatdagi vazirlar orasidan bir vazirni qirol va hukumat o’rtasidagi munosabatlarni soddalashtirish uchun tayinlash zarur edi. Bu vazir birinchi (prime) vazir bo’lib hisoblanadigan bo’ldi. Keyinchalik Bosh vazir nafaqat birinchi vazir, balki hukumat boshlig’i sifatida e’tirof etiladigan bo’ldi.


  1. Yüklə 296,23 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin