O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” faniga kirish. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari


-Mavzu: Davlat hokimiyatining tashkil etilishi. Saylov tizimi. Sud hokimiyati. Advokatura. Prokuratura. Moliya, pul va bank tizimi. Mudofaa va xavfsizlik



Yüklə 296,23 Kb.
səhifə72/96
tarix09.10.2023
ölçüsü296,23 Kb.
#153229
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   96
Seminar mavzulari — копия (6)

9-Mavzu: Davlat hokimiyatining tashkil etilishi. Saylov tizimi. Sud hokimiyati. Advokatura. Prokuratura. Moliya, pul va bank tizimi. Mudofaa va xavfsizlik.
Reja:

  1. Saylov tizimidagi o‘zgarishlar

  2. Sud hokimiyati. Advokatura. Prokuratura.

  3. Moliya, pul va bank tizimi.

  4. Mudofaa va xavfsizlik.



5. Saylov tizimi

Saylov tizimi-demokratik davlatning asosiy belgisi. Saylov demokratik davlatning asosiy belgilaridan biri bo‘lib, u orqali mamlakatning taraqqiyoti va istiqboli namoyon bo‘ladi. Bu xalqning o‘z xohish-irodasini bildirishi, fuqarolarning davlat ishlarini boshqarishda bevosita ishtirok etishining asosiy shaklidir. O‘z navbatida, saylovda qatnashish asosida faol fuqarolik pozitsiyasini ilgari surish xalqimizning yuksalib borayotgan siyosiy tafakkurini, ijtimoiy faolligi va elektoral madaniyatini namoyon qiladi. Yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladigan saylovlarda saylovchilar o‘z tanlovlarini berilgan varaqaga yozib, saylov qutisiga tashlashadi.


Saylov — ovoz berish orqali davlat organlari, mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va boshqa tuzilmalarni tashkil yetish vositasi. Fuqarolarning o‘z saylov huquqini amalga oshirishi — ularning davlatni boshqarishda ishtirok yetishining eng muhim shakllaridan biri. Saylov o‘tkazish tartibi va qoidalari, odatda, har bir davlatning konstitutsiyasi va boshqa konstitutsiyaviyhuquqiy hujjatlarda belgilanadi. Saylov turli ko‘rinishda bo‘ladi. Unda aholi qatnashishi yoki ularning vakillarigina ishtirok yetishi mumkin. Saylov ochiq yoki yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Qaysi organ saylanayotganligiga qarab parlamentga yoki prezidentlikka saylash, parlamentning umumiy yoki bir qismi uchun saylov o‘tkazilishiga qarab yalpi yoki qisman saylov bo‘lishi mumkin. Hududiga qarab umumdavlat yoki mahalliy; o‘tkazilish vaqtiga qarab navbatdagi yoki muddatdan oldingi; bir partiyali, ko‘p partiyali yoki partiyasiz; muqobillik asosida va nomuqobil (agar yagona nomzod ko‘rsatilsa); to‘g‘ri yoki ko‘p bosqichli; asosiy yoki qo‘shimcha saylov o‘tkazilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga binoan, mamlakat Prezident saylovi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishlicha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda — dekabr oyi 3-o‘n kunligining 1-yakshanbasida o‘tkaziladi. Saylovlar umumiy, teng, to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi (yana qarang Saylov tizimi, Saylov huquqi) .
2021-yil 8-fevral kuni qabul qilingan "Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonunga binoan saylovlar oktyabr oyida o‘tkazilishi belgilandi. Ya’ni Prezidentlikka saylov, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning konstitusiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda — oktyabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazilishi belgilandi (ilgari dekabr oyida edi) . Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tayyorlangan qonunning konsepsiya variantida saylovlarni mart oyiga ko‘chirish haqidagi taklif ham bo‘lgan. Fuqarolar bilan o‘tkazilgan semenar tadbirlarda hamda ommaviy axborot vositalari orqali kelib tushgan takliflarda ham mart, may, avgust va sentabr oylari qayd yetilgan. Biroq saylovlarni oktabr oyida o‘tkazish bo‘yicha 70 foizdan ortiq taklif fuqarolardan kelganligi bois shu oyga ko‘chirilgan .
Aslida saylov tizimi – jamiyatda davlatning vakillik organlarini saylash yo‘li bilan yuzaga keluvchi davlat siyosiy munosabatlari tizimidir. Saylov tizimi iborasi, shuningdek, deputatlik mandatlariga nomzodlar ko‘rsatish, deputatni saylash uchun yetarli bo‘lgan saylovchilar ovozining miqdori, deputatlik mandatlarining nomzod ko‘rsatgan siyosiy partiyalar o‘rtasida qanday taqsimlanishi, saylov natijalarini aniqlash tartibi kabi omillar yig‘indisini ham bildiradi.
Saylov tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: saylanadigan organlarni shakllantirishda ishtirok etish tamoyillari va shartlari; saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi. Saylov tizimining quyidagi turlari mavjud: 1. Mojaritar saylov tizimi. 2. Proporsional saylov tizimi. 3. Aralash saylov tizimi.
Majoritar saylov tizimida saylov okrugida ko‘pchilik ovoz olgan siyosiy partiyadan yoki tashabbuskor guruhdan bo‘lgan bir nomzod (bir mandatli okrugda) yoki bir necha nomzodlar (ko‘p mandatli okrugda) saylangan hisoblanadi. Ozchilik ovoziga ega bo‘lgan siyosiy partiya va tashabbuskor guruhlar nomzodlari belgilangan o‘rinlarga saylana olmaydi. Majoritar saylov tizimi ko‘pchilik ovozi prinsipiga asoslanadi. Ushbu saylov tizimida aksariyat hollarda nisbatan va mutlaq ko‘pchilik ovozlarning saylovlarda yutib chiqish qoidasi asos qilib olingan bo‘ladi. Respublikamizda ham ushbu saylov tizimidan bevosita saylovlar amaliyotida qo‘llaniladi.
Proporsional saylov tizimi ko‘ppartiyaviylikka asoslanadi. Bu saylov tizimida har bir saylov okrugidagi mandatlarga ularning har birida to‘plangan ovozlar bevosita ta’sir qiladi. Odatda, bu tizimdagi saylovlarda xorijiy mamlakatlar tajribasida ovozlarning me’yoriy qismi belgilanadi. Bunga asosan u yoki bu siyosiy partiyaning nomzodlari ana shu belgilangan ovozlarni olgandan keyingina mandatlarni taqsimlashda qatnashadi. Bunday tizimda saylovchi amalda nomzod uchun emas, balki siyosiy partiya uchun ovoz beradi.
Aralash saylov tizimida saylovchilar deputatlarning ayrim mikdorini majoritar saylov tizimi asosida, ayrimlarini esa proporsional saylov tizim asosida saylaydilar. Aralash tizimning qo‘llanilishi ikki turdagi deputatlarning saylanishiga olib keladi. Birinchisi, saylov okrugidagi saylovchilar bilan ancha bog‘liq bo‘lgan deputat bo‘lib, u saylovchilari oldida o‘z ma’suliyatini sezadi. Ikkinchisi, partiya ro‘yxati vositasida saylangan deputat bo‘lib, u ma’lum okrug saylovchilariga uncha tanish bo‘lmasligi mumkin, chunki saylovchi ovoz berganda alohida nomzod uchun emas, balki partiya ro‘yxati uchun ovoz beradi. Natijada, saylangan deputat o‘zini muayyan saylov okrugi saylovchilari oldida emas, balki uni ro‘yxatga kiritgan partiya rahbarlari oldida hisobdor sezadi.
Saylov tizimining o‘ziga xos jihatlari. Saylovlar umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi.
Umumiy saylov huquqi prinsipi. Bu prinsipga ko‘ra, fuqarolar jinsi, irqiy va milliy mansubligi, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqei, ma’lumoti, mashg‘ulotining turi va xususiyatidan qat’i nazar saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari saylash huquqiga egadir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida o‘n yil O‘zbekiston hududida muqim yashagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga yigirma besh yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan fuqarolar egadirlar. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga, saylov kunigacha yigirma bir yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari saylanish huquqiga egadirlar. Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek, sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas va saylovlarda qatnashmaydilar.
Teng saylov prinsipi. Har bir fuqaro – saylovchi bir ovozga ega. Har bir saylovchining tegishli saylov uchastkasida ro‘yxatga olinishi va shu yerdagina ovoz berishi mumkinligining o‘rnatilishi teng saylov huquqini kafolatlaydi. Tenglik saylashda ham, saylanishda ham bevosita ta’minlanadi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov prinsipi. Bu davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazilishini bildiradi. Saylovchilar nomzodlarga saylov vaqtida bevosita ijobiy yoki qarshi ovoz berishlari mumkin. To‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqlarining amalga oshirilishi saylovchilarning deputat bilan bevosita aloqasini kuchaytiradi.
Yashirin ovoz berish prinsipi. O‘zbekiston Respublikasida Prezident saylovi, hokimiyatning vakillik organlariga saylovlar yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Yashirin ovoz berish saylovchining o‘z irodasini bildirish ustidan nazorat qilishga yo‘l qo‘yilmaslikni nazarda tutadi.
Saylov jarayonlarini amalga oshirishda quyidagi asosiy huquqiy manbalardan foydalaniladi. Bular “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi saylovi to‘g‘risida”gi, ”Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi “Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi , ”Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlardir .
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga va boshqa vakillik organlariga saylovlarni tayyorlash va ularni o‘tkazish ochiq va oshkoralik asosida amalga oshiriladi. Saylovlarning oshkoralik prinsipi asosida o‘tkazilishini ta’minlab beruvchi muhim bir jarayon – saylovchilarning respublika Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlarni va hokimiyatning vakillik organlariga ko‘rsatilgan nomzodlarni yoqlab yoki ularga qarshi tashviqot yuritish huquqiga egaligidir.
O‘zbekistonda siyosiy, davlat va huquqiy sohalarning izchil, bosqichma-bosqich modernizatsiya qilinishi natijasida eng yuksak demokratik talablarga javob beradigan saylov tizimi yaratildi. Xususan, so‘nggi besh yilda saylov qonunchiligini izchil takomillashtirish hamda saylov o‘tkazish amaliyoti sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi.
Bunda saylov qonunchiligi xalqaro umume’tirof etilgan tamoyillar, nufuzli xalqaro tashkilotlar tavsiyalari va xalq fikri asosida takomiliga yetkazildi hamda mamlakatdagi demokratik islohotlar bilan uyg‘unlashtirildi.
Yangilangan Konstitutsiyamizning XXII bobida saylov tizimiga oid asosiy qoidalar mustahkamlandi. Xususan, Bosh qonunimizga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o‘z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi.
Endilikda sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganlik uchun sudning hukmiga ko‘ra ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etish huquqidan faqat qonunga muvofiq hamda sudning qarori asosida mahrum etilishi mumkin. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmasligi qonstitutsion norma sifatida belgilandi.
Konstitutsiyaning takomillashtirilishi asosida saylov jarayonlari bilan bog‘liq bunday normalar mustahkamlanishi saylovning qonuniylik, ochiqlik va oshkoralik tamoyillari asosida, jahonda umume’tirof etilgan demokratik standartlarga mos holda o‘tishini, fuqarolarning saylov huquqi kafolatlarini hamda davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini yanada kengroq ta’minlashga xizmat qiladi.
Milliy saylov qonunchiligini kodifikatsiyalashtirilishining ahamiyati.Milliy saylov qonunchiligimizning o‘ziga xos jihati saylov jarayonlariga oid barcha normalarning kodifikatsiyalashtirilganidir.
Saylov kodeksi va saylov tizimidagi islohotlar. Xususan, Saylov kodeksi saylov huquqiga oid ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy va huquqiy kafolatlar tizimini mustahkamlash bilan birga fuqarolarning saylov huquqini amalga oshirishni ta’minlovchi shart-sharoit va mexanizmlarni yaratishga oid huquqiy normalarni o‘zida aks ettiradi.
Saylov qonunchiligi kodeks shakliga keltirilgunga qadar mazkur tizimda bir vaqtning o‘zida beshta qonun parallel ravishda amal qilardi. Ushbu normativ-huquqiy hujjatlarning ayrim normalari bir-biriga zid bo‘lib, turli huquqiy kolliziya mavjud edi.
Mazkur holat esa saylov komissiyalari, ayniqsa, chekka joylardagi uchastka saylov komissiyalari a’zolari muayyan vaziyatda qanday yo‘l tutishni bilmay, turli noaniqliklar yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan.
Kodeks qabul qilingach, milliy saylov qonunchiligi va amaliyotida ayrim bo‘shliqlar va yechimini kutayotgan muammolar hamda turli noaniqlik va ovoragarchiliklar barham topganini nafaqat milliy saylov amaliyotchilari, balki xalqaro ekspertlar ham keng e’tirof etdi.
Milliy saylov tizimimiz umumjahon talablari va tendensiyalariga muvofiqlashtirildi. Kodeks kuchga kiritilishi munosabati bilan o‘ttizga yaqin qonun bekor qilindi hamda qonunosti hujjatlarga keyinchalik kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, shuningdek, ba’zi hujjatlar o‘z kuchini yo‘qotdi.
Chunonchi, Yangi Konstitutsiyaning 128-moddasida keltirilganidek: “O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o‘z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda — oktyabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkaziladi, bundan ushbu Konstitutsiyada nazarda tutilgan muddatidan ilgari saylov o‘tkazish hollari mustasno. Saylovlar umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasining o‘n sakkiz yoshga to‘lgan fuqarolari saylash huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlashga haqli. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar saylanganidan so‘ng bir oy ichida ular orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadilar.
Tabiiyki, 129-moddada qayd etilganidek: “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining referendumini tashkil etish va o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan faoliyatining asosiy prinsiplari mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilikdan iborat bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi saylov komissiyalari tizimiga boshchilik qiladi, o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi hamda o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonunlariga amal qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan saylanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining raisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan komissiya a’zolari orasidan besh yillik muddatga komissiya majlisida saylanadi. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining raisi etib saylanishi mumkin emas”.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganlik uchun sudning hukmiga ko‘ra ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etish huquqidan faqat qonunga muvofiq hamda sudning qarori asosida mahrum etilishi mumkin. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi.O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bir vaqtning o‘zida ikkidan ortiq davlat hokimiyati vakillik organining deputati bo‘lishi mumkin emas.Saylov o‘tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi”.
Xalqaro saylov standartlariga mos, puxta, ixcham va yaxlit shaklda qabul qilingan bunday mukammal Saylov kodeksidan shu paytgacha milliy saylovchiligimizda bo‘lmagan o‘nlab yangi norma va qoida joy oldi, amaldagi ayrim byurokratik tartib-qoidalar bekor qilindi.
Har bir saylovchi – diqqat-e’tiborda.Mamlakatimizda davlat siyosatining o‘ziga xos jihati O‘zbekiston fuqarolarining qaerda yashab turganidan qat’i nazar, davlat himoyasida bo‘lishi, huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlashga yo‘naltirilganidir. Aynan 2019 yildagi saylovda xorijda istiqomat qilib turgan saylov yoshidagi barcha vatandoshlarimiz uchun ilk bor ovoz berish imkoniyati yaratilgani ana shunday yuksak e’tiborning amaldagi ifodasi bo‘ldi.
Avvallari bunday siyosiy tadbirlarda faqat konsullik vakolatxonalaridan rasman ro‘yxatdan o‘tgan o‘zbekistonliklar qatnashgan.
Saylov kodeksida ilk bor chet davlatlarda yashab turgan O‘zbekiston fuqarolarini diplomatik vakolatxonalarning konsullik hisobida bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat’i nazar, saylovchilar ro‘yxatiga kiritish tartibi, xorijiy mamlakatlarda saylovchilar yashayotgan yoki ishlayotgan joyida ko‘chma qutilar orqali ovoz berishning huquqiy asoslari mustahkamlandi.
Vatandoshlarimiz uchun chet eldagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari huzurida tashkil etiladigan saylov uchastkalarining saylovchilar ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha elektron murojaat qilish imkonini beruvchi saylov.mfa.uz kommunikatsion tizimi ishga tushdi .
Saylov jarayonida suiiste’molchilik, tanish-bilishchilik kabi salbiy holatlarning oldini olish maqsadida qonunchilikda “uchastka saylov komissiyasi a’zolarining yarmidan ko‘pi bitta tashkilotdan tavsiya etilishi mumkin emas”ligi alohida qayd etilgan.
Biroq shifoxonalar, dam olish uylari, harbiy qismlar, chet ellardagi diplomatik vakolatxonalar kabi muassasalarda, ularning qat’iy ichki tartib-qoidalari talablaridan kelib chiqib, saylov uchastkasi a’zolarini bunday tartibda tuzish qiyinligi amaliyotda muammolarni keltirib chiqarar edi.
Shu sababli, kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, mazkur qoida endilikda chet davlatlardagi diplomatik muassasalar huzurida, harbiy qismlarda, sanatoriylarda va dam olish uylarida, kasalxonalarda hamda boshqa statsionar davolash muassasalarida va ozodlikdan mahrum qilish joylarida tashkil qilingan saylov uchastkalariga tatbiq qilinmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovlarni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi referendumini tashkil etish va o‘tkazish uchun tuziladi hamda o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi. Markaziy saylov komissiyasining tarkibi Oliy Majlis palatalari tomonidan tuziladi.
Saylov jarayonlarida okrug saylov komissiyasining hamda uchastka saylov komissiyasining faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Okrug saylov komissiyasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida yetmish kun qolganida tuziladi. Uchastka saylov komissiyasi saylovga qirq kun qolganida okrug saylov komissiyasi tomonidan tuziladi. Saylov komissiyasi saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar yuzasidan davlat hamda jamoat birlashmalari organlariga, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga, mansabdor shaxslarga murojaat qilish huquqiga ega hamda uch kun ichida murojaatga javob qaytarishlari shart.
Saylovoldi tashviqoti nomzodlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran boshlanadi. Nomzodlarga Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda teng huquq beriladi. Mahalliy hokimiyat organlari va jamoat tashkilotlari, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari nomzodlarga yig‘ilishlar o‘tkazish uchun jihozlangan binolar ajratishlari, nomzodlarga saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazishni tashkil etishda, zarur ma’lumot va axborot materiallari olishda yordam ko‘rsatishlari shart.
Siyosiy partiyalar va tashabbuskor guruhlar nomzodlarining dasturlari davlatning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga qarshi qaratilgan bo‘lmasligi, ularda urush, milliy, irqiy va diniy adovat targ‘iboti, konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini kamsituvchi xatti-harakatlarga da’vat bo‘lmasligi kerak. Nomzod qilib ro‘yxatga olingan shaxs saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish, televidenie ko‘rsatuvlari va radio eshittirishlarida qatnashish huquqiga ega.
Bundan tashqari, Saylov kodeksi imkoniyati cheklangan shaxslarning ovoz berish yo‘li bilan mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida ishtirok etish huquqlarini amalga oshirishi uchun barcha mexanizmlarni o‘zida mujassam etdi. Ya’ni saylov kuni ovoz berish binolaridagi texnologik jihozlar — jadvallar, kabinalar va ovoz berish qutilari nogironlar aravachasidan foydalanuvchilar ehtiyojlarini hisobga olgan holda o‘rnatilishi lozimligi mustahkamlandi.
Shu bilan birga, agar sog‘lig‘i yoki nogironligi tufayli saylovchi o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etish uchun saylov uchastkasining ovoz berish xonasiga kela olmasa, unga ovoz berish xonasidan (saylov uchastkasidan) tashqarida, yashash joyida ovoz berish huquqidan foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Yangilangan Konstitutsiya saylov tizimida yangi bosqich. Bu, o‘z navbatida, zamonaviy saylov qonunchiliging muhim jihati ko‘rinishida jamiyatimizning a’zosi sifatida nogironligi mavjud fuqarolarimiz ham boshqalar bilan teng ravishda siyosiy va ijtimoiy hayotda bevosita yoki erkin saylangan vakillari orqali samarali va har taraflama ishtirok etishi, jumladan, saylash va saylanish huquqlariga oid imkoniyatlarga ega bo‘lishini ta’minlaydi.
Saylov qonunchiligimizda har bir saylovchining huquq va erkinliklari inobatga olingani jarayonlarda siyosiy huquqga ega har bir shaxsning o‘z saylov huquqlarini hech to‘sqinliksiz amalga oshirishi, ularning davlat boshqaruvidagi ishtirokining eng muhim kafolatlaridan biridir.
Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati Saylovning ko‘ppartiyaviylik va muqobillik, oshkoralik va transparentlik tamoyillari asosida, demokratik saylov talablariga muvofiq o‘tishini ta’minlash zamonaviy tendensiyalarni inobatga olgan holda jarayonlarni raqamlashtirish masalalariga bog‘liqdir.
Jumladan, Saylov kodeksida respublika miqyosida saylovchilarning ro‘yxati elektron tarzda tuzilishi belgilab qo‘yilgan. Mazkur ro‘yxatni tuzish, unga o‘zgartishlar kiritish va yangilab turish saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi yordamida amalga oshiriladi.
O‘z navbatida, saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati vakolatli davlat organlarining axborot bazalariga muvofiq saylovchi fuqarolar, ularning doimiy va vaqtincha yashash joylari manzillari haqidagi axborotni o‘z ichiga olgan davlat axborot resursi hisoblanadi.
Aynan saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati va Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimini yanada takomillashtirish orqali fuqarolarning doimiy va vaqtinchalik yashash joylari, hududlar, ko‘chalar, uylar va xonadonlarning nomlari hamda raqamlarining elektron shaklda aniq-ravshan belgilanishiga imkon yaratiladi.
Bu shunchaki saylovchilar haqidagi ma’lumotlar bazasi emas, balki saylovning tenglik prinsipini ta’minlashga xizmat qiladigan vosita hamdir. Chunki mazkur axborot tizimi va saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati orqali fuqarolarning faqat bir marotaba ovoz berganini nazoratga olish imkoniyati mavjud bo‘ladi.
Ayniqsa, yuqori migratsiya sharoitida saylovchining tegishli saylov okrugiga biriktirish va “bir saylovchi – bir ovoz” qoidasini amalda qo‘llashni ta’minlovchi tizimni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
Tartibotga ko‘ra, saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati barcha saylov uchastkalari kesimida tegishli uchastka komissiyalariga onlayn tarzda yetkaziladi. Shunday bo‘lsa-da, har bir uchastka saylov komissiyasi uchastka hududida yashovchi aholini uyma-uy aylanib chiqish yo‘li bilan ro‘yxatga aniqlik kiritadi.
Qonunga muvofiq, saylov kuniga qadar yoki saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan, ro‘yxat tuzilayotgan paytda mazkur saylov uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilayotgan fuqarolarning familiyalari saylovchilar ro‘yxatiga kiritiladi. Har bir saylovchi faqat bitta saylovchilar ro‘yxatiga kiritilishi mumkin bo‘ladi.
Bunday tizim o‘rnatilmasidan avval bir saylovchining ham doimiy ro‘yxatda, ham vaqtincha ro‘yxatda turgan joyidan turib ovoz berish holatlari natijasida fuqarolarning teng saylov huquqi, ya’ni saylovda bitta ovozga egaligi tamoyilining buzilish holatlari kuzatilishi mumkin edi.
Shu asosda saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati fuqarolarning teng saylov huquqi prinsipini ro‘yobga chiqarib fuqarolarimizga davlat boshqaruvida saylov orqali ishtirok etishdek siyosiy huquqlaridan foydalanishda aniqlik va qulaylikni ta’minlaydi.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonning zamonaviy saylov qonunchiligi demokratik tamoyillar, umume’tirof etilgan xalqaro standartlarga, erkin va adolatli saylov mezonlariga muvofiqdir.Zero, mamlakatimiz saylov tizimi huquqiy asoslari milliy qadriyatlarimizga tayanilgan holda xalqaro tamoyillar, ilg‘or xorijiy mamlakatlar qonunchiligi va amaliyotini o‘rganish hamda mustaqillik yillarida mamlakatimizda o‘tkazilgan saylovlar tajribasining tahlili natijasida tadrijiy takomillashtirilib borilmoqda.



Yüklə 296,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin