O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” faniga kirish. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari


O‘zbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal qiladi. Soliqlarni joriy qilish huquqi O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisga tegishlidir



Yüklə 296,23 Kb.
səhifə86/96
tarix09.10.2023
ölçüsü296,23 Kb.
#153229
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   96
Seminar mavzulari — копия (6)

149-modda
O‘zbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal qiladi. Soliqlarni joriy qilish huquqi O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisga tegishlidir.
Birinchi forumdan keyin o‘tgan bir yil ichida davlatimiz iqtisodiyotini yanada erkinlashtirish, biznesga keng yo‘l ochish, bu borada qonun ustuvorligi hamda huquqiy kafolatlarni mustahkamlash bo‘yicha tizimli islohotlarni yangicha shiddat va sur’atda davom ettirdi.
Jumladan, mintaqamizda eng qulay fiskal tizimni yaratish yuzasidan katta odimlar tashlandi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 20 foizdan 12 foizga tushirildi. Shuningdek, QQSni eksportchi korxonalarga 7 kun ichida qaytarish mexanizmi joriy qilingani, soliq va bojxonada o‘zaro hisobga olish yo‘lga qo‘yilgani tadbirkorlarga alohida yengillik berdi.
Bundan tashqari, xorijiy investorlarning o‘z aksiyalaridan oladigan dividendlari uch yil muddatga soliqdan ozod qilindi, ular uchun foyda solig‘i 20 foizdan 12 foizga tushirildi. Muhimi, soliq va bojxona qonunlariga yangi yoki og‘irlashtiruvchi javobgarlik choralari kiritilmasligi qat’iy belgilab qo‘yildi.
2023-yil 1-maydan boshlab 2025-yil 1-yanvarga qadar ish beruvchilarga (byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek, ijtimoiysoliqni 1 foiz stavkada qo‘llovchilar bundan mustasno) ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan soliq summasi Davlat byudjetidan to‘liq qoplab beriladi (26.04.2023 yildagi PF-61-son Farmoni 1-q.).
Soliq Kodeksining 38-moddasiga asosan soliq solish maqsadida bir jismoniy yoki yuridik shaxsning ulushi tanlangan boshqa yuridik shaxsdagi ulushni aniqlash uchun ushbu shaxsning tanlangan yuridik shaxsda bevosita va bilvosita ishtirok etish ulushlarining summasi tarzida aniqlandi51.
Qanday imtiyozlar bor? Sarmoyador uchun mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini baholash, uning imkoniyatlarini hisobga olish muhim masala. Shu sababli bugun yurtimizda qulay ishbilarmonlik muhitini muntazam ravishda yaxshilab borish ustuvor vazifaga aylangan. Bunda davlatning asosiy vazifasi kapital jalb qilish uchun maqbul investitsiya muhitini yaratib, uning jozibadorligini oshirish bilan izohlanadi.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan bo‘lsa, o‘z iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga erishgan. Shu bois sarmoya, bu – sohaning mdrayveri, sodda qilib aytganda, yuragi, deb e’tirof etiladi. Iqtisodiyotdagi ijobiy natijalar esa ijtimoiy sohada to‘planib qolgan muammolarni tizimli hal qilish imkonini beradi.
Globallashuv jarayonida sarmoyadorlar tavakkalchilikka asoslanib ish tutmaydi. Ular boshqa davlatda o‘z biznesini ochishdan, ya’ni pul tikishdan avval barcha omillarni puxta o‘rganadi. Masalan, mablag‘ kiritilayotgan mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, dunyo xaritasidagi geografik joylashuvi, tabiiy resurslarining tarkibi hamda zaxirasi, hukumat olib borayotgan investitsiya siyosatining afzalliklari, kafolatlari ularni qiziqtiradi.
Prezidentimiz tomonidan 2018-yil 1-avgustda imzolangan “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon mazkur yo‘nalishdagi muhim islohotlar ijrosiga qaratilgan. Ushbu hujjatga ko‘ra, yurtimizga sarmoya kiritgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ko‘p martalik uch yillik viza olish hamda uning amal qilish muddatini respublikamiz hududidan chiqish zaruratisiz cheklanmagan miqdorda uzaytirish huquqi berildi.
Chet el investitsiyalari ishtirokida korxonalar ustav fondidagi xorijiy investitsiyalar ulushining eng kam miqdori 30 foizdan 15 foizgacha kamaytirildi. Xorijdan kiritiladigan sarmoya asosida tashkil etiladigan korxonaning ishtirokchisi sifatida chet ellik yuridik shaxs qatnashishi shartligi to‘g‘risidagi talab ham bekor qilindi. Bunday korxonalar ustav fondining eng kam miqdori 600 million so‘mdan (kamida 76 ming dollar) 400 million so‘mgacha (50 ming dollarga) kamaytirildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mamlakat iqtisodiyotining ustuvor sohalariga katta miqdorda sarmoya kiritgan chet el fuqarolariga “Faxriy fuqaro” maqomini berish tartibini joriy etish bo‘yicha takliflar kiritadigan bo‘ldi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini 50 yilgacha, lekin arizada ko‘rsatilganidan kam bo‘lmagan muddatga investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun ijaraga berish, ko‘chmas mulk ob’ektlarini (mehmonxonalar, savdo ob’ektlari, madaniy-ko‘ngilochar majmualar, maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlari, ta’lim hamda tibbiyot tashkilotlari, yo‘l infratuzilmasi va boshqalar) qurish uchun yer uchastkalariga doimiy egalik qilish huquqini auksion orqali sotish tartibi belgilandi.
Bundan tashqari, “investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunda o‘z aksini topgan yurtimizda investorlar uchun soliq yukini pasaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish, sog‘lom raqobat muhitini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan siyosat hamda soliq-tarif boshqaruvi islohotlari jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda.
Rivojlangan mamlakatlarda to‘plamgan boy tajribalar, amalga oshirilgan islohotlar, qabul qilingan qarorlar va chora-tadbirlarning tub mohiyatini o‘rganish, yutuq hamda kamchiliklarini ilmiy jihatdan tanqidiy tahlil qilish milliy iqtisodiyotimiz taraqqiyoti uchun har tomonlama dastak vazifasini o‘tayapti.
Biroq xalqaro maydonda zamonaviy tendensiyalar yildan-yilga takomillashib, o‘zgarib bormoqda. Investitsiyalarni jalb etish, ularni eksport va import qilish, sarmoyadorlar manfaatlarini himoyalash bilan bog‘liq masalalar shular jumlasidan. Qolaversa, jahonda chet el kapitalini jalb etish bo‘yicha mamlakatlararo keskin kurash ketmoqda.
Rivojlangan mamlakatlarda investitsiyaviy muhit jozibadorligini ta’minlashga xizmat qiladigan innovatsion instrumentlarning turli ko‘rinishlari yaratilayotir.
O‘zbekiston ana shunday davlatlar bilan hamqadam bo‘lishga intilyapti. Xorijiy sarmoyadorlarga turli moliyaviy imtiyozlar va huquqlar berilib, bozor infratuzilmasi shakllantirilmoqda. Bu haqda so‘z ketganda, avvalo, mamlakatning harakatlar strategiyasi, so‘ngra Taraqqiyot strategiyasi qabul qilinib, ularning doirasida keng ko‘lamli demokratik islohotlarni amalga oshirish yo‘li tanlaganini ta’kidlamoqchiman.
Ushbu yangilanish dasturlari davlatimiz va jamiyatimizning barcha sohasini qamrab olib, qonun ustuvorligini ta’minlash, raqobatni rivojlantirish, korrupsiyaga qarshi keskin kurash olib borish kabi muhim yo‘nalishlarni o‘zida mujassam etgan.




Yüklə 296,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin