O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” faniga kirish. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 296,23 Kb.
səhifə82/96
tarix09.10.2023
ölçüsü296,23 Kb.
#153229
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   96
Seminar mavzulari — копия (6)

8. Prokuratura
143-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar amalga oshiradi.
O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasining mazkur moddasi va "Prokuratura to'g'risida"gi qonunning 1-moddasiga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo'ysunuvchi prokurorlar amalga oshiradilar. Prokuratura ushbu vazifani bajaruvchi mamlakatdagi yagona davlat organi hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining asosiy vazifalari qonun ustuvorligini ta'minlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini, O'zbekiston Respublikasi konstitusiyaviy tuzumini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilishdan iborat.
Prokuror nazorati deganda davlat nomidan maxsus vakolatga ega bo'lgan mansabdor shaxslar – prokurorlar tomonidan qonun buzilish hollarini o'z vaqtida aniqlash va bartaraf qilish, aybdor shaxslarni qonun bilan belgilangan tartibda javobgarlikka tortish bilan qonunlarni aniq va bir xilda bajarilishini ta'minlashga qaratilgan faoliyat tushunilishi lozim.
Hozirgi bosqichda O'zbekiston Respublikasi prokuraturasining maqomi, uning vazifalari, faoliyatining asosiy yo'nalishlari, prokurorlarning tayinlanish tartibi va tizimi 2001 yil 29 avgustda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining "Prokuratura to'g'risida"gi yangi tahrirdagi qonuni bilan tartibga solinadi. Unga asosan:
Prokuratura organlari o‘z faoliyatini quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiradi:
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish;
fuqaroning huquq hamda erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan qonunlar ijrosi ustidan nazorat qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining harbiy tuzilmalarida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish;
tezkor-qidiruv faoliyatni, tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiradigan organlar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish hamda ularning jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
jinoyatlar yuzasidan dastlabki tergov olib borish;
sudlarda jinoyat ishlari ko‘rib chiqilayotganda davlat ayblovini quvvatlash, sudlarda fuqarolik ishlarini, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni hamda iqtisodiy nizolarni ko‘rishda ishtirok etish, qonunlarga zid bo‘lgan sud hujjatlariga protest keltirish;
soliq intizomini mustahkamlashga, soliq, valyuta sohasidagi jinoyatlar va huquqbuzarliklarga qarshi kurashga, shuningdek davlatga yetkazilgan iqtisodiy zararni qoplashga qaratilgan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish;
ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro etish chog‘ida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish;
qonun ijodkorligi faoliyatida hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish ishida ishtirok etish.

Yüklə 296,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin