Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning mudofaa sohasidagi vakolatlari: Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar qonunchilikka muvofiq mamlakat mudofaa qobiliyatini, Qurolli Kuchlarning jangovar va safarbarlik tayyorgarligini, shuningdek jangovar qobiliyatini ta’minlashda qatnashadilar hamda zimmalariga yuklangan vazifalar bajarilishi uchun mas’uldirlar.
Harbiy buyurtmalarni bajaruvchi vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar mudofaa ehtiyojlariga zarur bo‘lgan mahsulotlar yetkazib berilishi, tarmoqning safarbarlik tayyorgarligi uchun mas’uldirlar, safarbarlik tayyorgarligi rejasiga muvofiq tarmoqning urush davrida barqaror ishlashini ta’minlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradilar.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining mudofaa sohasidagi vakolatlari: tegishli safarbarlik topshiriqlari bajarilishini ta’minlaydilar;
o‘z hududlarida joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda safarbarlik rejalari hamda davlat va safarbarlik zaxiralari moddiy boyliklarini jamlash topshiriqlari bajarilishi ustidan nazorat olib boradilar;
harbiy hisobga olish ishini, harbiy va muqobil xizmatga chaqirishni, safarbarlik, harbiy yig‘inlarni tashkil etishda, shuningdek safarbarlik va urush davrida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga bron berishda qatnashadilar;
fuqaro muhofazasi tadbirlari bajarilishini ta’minlaydilar;
hududiy mudofaa tadbirlarini rejalashtirishda va ularning bajarilishini ta’minlashda qatnashadilar;
Qurolli Kuchlarning zarur mahalliy ishlab chiqarish mahsulotlariga, issiqlik va elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlaydilar, ularga aloqa vositalarini beradilar, kommunal-maishiy va boshqa xizmatlar ko‘rsatadilar;
harbiy qismlar, Qurolli Kuchlarning korxona, muassasa va tashkilotlari ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda er, xizmat xonalari hamda turar joy beradilar;
fuqarolarning harbiy xizmatni o‘tashi, jangovar harakatlarda qatnashishi munosabati bilan ularga, shuningdek ularning oila a’zolari uchun belgilangan ijtimoiy kafolatlar amalga oshirilishini ta’minlaydilar;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.
Keyingi paytlarda Qurolli Kuchlarga muddatli harbiy xizmatga chaqirish tanlov asosida o‘tkazilayotgani buning yaqqol dalilidir. Armiya saflariga xizmatga kelgan yoshlarimiz bu yerda faqat harbiy mutaxassislikni egallash bilan cheklanayotgani yo‘q. Ham jismonan, ham ma’nan chiniqib, qat’iy irodaga va hayotiy pozitsiyaga ega bo‘lmoqda.
Mamlakatda amalga oshirilayotgan tub islohotlar natijasida armiyamizning xalqimiz bilan birligi ta’minlanib, zamonaviy ixcham va harakatchan, yaxshi tayyorlangan, mamlakatimiz xavfsizligi, hududiy yaxlitligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlashag, xalqimizning tinch-osoyishta hayotini himoya qilish bo‘yicha taktik va strategik vazifalarni samarali hal qilishga qodir milliy armiyamiz shakllandi.
Sohadagi ulkan o‘zgarishlarning ijobiy natijasi sifatida O‘zbekiston harbiylarining “Xalqaro armiya o‘yinlari”, “Kembriya patruli” (Buyuk Britaniya), “Eng yaxshi jangchi” (AQSh) xalqaro harbiy musobaqa va tanlovlarda g‘olib bo‘lganligini e’tirof etish joiz.