O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” faniga kirish. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari


Harbiy ilm-fanni rivojlantirish yo‘lida



Yüklə 296,23 Kb.
səhifə91/96
tarix09.10.2023
ölçüsü296,23 Kb.
#153229
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96
Seminar mavzulari — копия (6)

Harbiy ilm-fanni rivojlantirish yo‘lida. 14-yanvar – Qurolli Kuchlarimiz tashkil topgan sanani, xalqimiz 31 yildirki, umumxalq bayrami, milliy qadriyatlarimiz tantanasi sifatida keng nishonlab kelmoqda. Istiqlolning muhim shartlaridan, davlatchilikning asoslaridan biri bo‘lgan armiyamiz o‘tgan yillar davomida xalqimizning xohish-irodasini, orzularini ro‘yobga chiqarib, O‘zbekiston suvereniteti, elimiz tinch-osuda hayotning ishonchlik himoyachisiga aylandi.
O‘zbekiston taraqqiyotining yangi davriga dadil qadam qo‘ygan bir vaqtda milliy armiyamiz ham hamohang yuksalib bormoqda. Tarixga aylangan 2022-yil Mudofaa vazirligi qo‘shinlari uchun ham rivojlanish, boy tajribalarni to‘plash va amaliyotga kiritish, jagovar shaylik hamda tayyorgarlik dasturlarini qaytadan ko‘rib chiqish, barcha yo‘nalishdagi ta’minotni mustahkamlash, harbiy-vatanparvarlikni keng targ‘ib qilish yili bo‘ldi. Bu borada harbiy xizmatchilar, faxriylar, keng jamoatchilikning turli qiyinchiliklarga qaramasdan fidoyilarcha xizmatini alohida aytib o‘tish kerak. Zero, Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev parlamentga va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasida ta’kidlaganidek, taraqqiyotga faqat mashaqqatli va jasoratli mehnat orqali erishiladi.
Davlatimiz rahbari tomonidan bundan bir yil muqaddam Qurolli Kuchlar Bosh shtabi faoliyatini sifat jihatdan yangi pog‘onaga olib chiqish, qo‘shinlarni zamonaviy qurol-yarog‘ hamda harbiy texnika bilan butlash, mavjudlarini modernizatsiyalash, axborot xavfsizligini ta’minlash, yoshlarni yot g‘oyalardan himoya etish, harbiy xizmatchilarning psixologik tayyorgarligi va jangovar ruhini mustahkamlash yuzasidan qator vazifalar qo‘yilgandi. Ushbu muhim vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2022-2026-yillarda Qurolli Kuchlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha konseptual dastur ishlab chiqildi va u asosda amaliy ishlar olib brimoqda.
O‘tgan yillarga taqqoslanganda harbiy xizmatchining o‘quv-mashg‘ulot me’yori, jangovar va maxsus tayyorgarlik mashg‘ulotlari intensivligi, qo‘shinlar tayyorgarlik darajasi bir necha barobar oshdi. Olib borilgan ishlar va islohotlar samarasini yurt himoyachilari xalqaro maydonlarda o‘tkazilgan o‘yinlar hamda musobaqalarda yaqqol namoyon etishdi.
Mudofaa vazirligi tizimida harbiy ilm-fanni rivojlantirish yo‘nalishidagi izchil sa’y-harakatlar natijasida 150 nafarga yaqin harbiy xizmatchilar ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega bo‘ldi. Harbiy ilm-fanning ravnaqi buyuk ajdodlarimizning boy harbiy merosini chuqur o‘rganish, milliy harbiy san’at bo‘yicha fudamental tadqiqotlar qilish, sohadagi xavf va tahdidlarni tizimli o‘rganishning muhim omilidir.

Yüklə 296,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin