O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” faniga kirish. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 296,23 Kb.
səhifə89/96
tarix09.10.2023
ölçüsü296,23 Kb.
#153229
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   96
Seminar mavzulari — копия (6)

10. Mudofaa va xavfsizlik

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O‘zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi.
Qurolli Kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish qonun bilan belgilanadi.
Yangi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risidag”i qonunni 152- moddasi.

Bugungi kunda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlashga qodir bo‘lgan, harakatchan va puxta qurollagan qudratli kuchga aylandi. Keyingi yillarda mamlakatimizda sohada amalga oshirilgan kompleks ishlar natijasida milliy armiyamizning qiyofasi, qo‘shnilarning tayyorgarlik darajasi tubdan o‘zgardi. Harbiy qism va poligonlardagi infratuzilma, askor va ofitserlarning sharoitlari yaxshilandi. xalqaro armiya o‘yinlarida harbiylarimiz faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritmoqda.


Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoev tomonidan imzolangan bir qator Farmon va qarorlar armiyamizning jagovar imkoniyatlari, harbiy jamoalardagi ma’naviy-axloqiy muhitni tubdan o‘zgartirish imkonini bermoqda. 2023-yili Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Milliy armiyamiz – Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqonidir!” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Mamlakatimiz geostrategik joylashuvining o‘ziga xosligi, mintaqada vujudga kelayotgan harbiy-siyosiy holat hisobga olingan holda Qurolli Kuchlar birlashmalarining vazifa va tuzilmalari qayta ko‘rib chiqildi. Harbiy boshqaruv tizimi optimallashtirilib, jangovarlik samaradorligi bo‘lmagan, bir-birini takrorlovchi tuzilmalar o‘rniga jagovar brigadalar tashkil etildi. Armiyani yangi qurol-aslaha va zamonaviy harbiy texnika bilan ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
“Xalq va armiya – bir tanu jon” tamoyili asosida harbiy qismlarning eshiklari jamoatchilik, ayniqsa, yoshlar uchun keng ochildi. Bunday sa’y-harakatlar harbiy xizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini oshiradi, yoshlarda esa milliy armiyamizdan faxrlanish tuyg‘usi va harbiy-vatanparvarlik ruhi ortadi. Toshkent shahrida “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi hamda viloyat markazlarida “Vatanparvarlik bog‘i”ning barpo etilishi chin ma’noda tarixiy o‘zligimizni himoya qiluvchi muhim manbaga aylandi.
Qurolli kuchlarning jagovar shayligi, nufuzi yildan-yilga ortib borayotgani xalqaro maydonlarda o‘tkazilgan musobaqalarda ham ko‘zga yaqqol tashlanmoqda. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoalari xalqaro armiya o‘yinlarida bir necha yildirki, faxrli o‘rinlarni egallab, musobaqalarda o‘ndan ortiq rekordlar yangilandi.
Xalq va armiya – bir tanu bir jondir!” degan tamoyildan kelib chiqib, harbiy-ma’muriy sektorlar va keng jamoatchilikning ishtirokini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. 2023-yilni mamlakatimizda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb e’lon qilinishi harbiy qismlarda shaxsiy tarkibning jangovar tayyorgarligini, bilim va malakasi, dunyoqarashini yuksaltirish, ularning kasbiy va madaniy qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga muhim ahamiyat berilmoqda53.
Harbiy harakatlarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda Qurolli Kuchlarning tashkiliy-shtat tuzilishi prinsipial jihatdan o‘zgartirildi. Tezkor-strategik boshqaruv, operativ tayyorgarlik va qo‘shinlarni jangovar qo‘llashning haqiqiy markaziga aylangan samarali boshqarish tizimi yaratildi.
Harbiy okruglar tuzilib, Davlat chegaralarini himoya qilish va qo‘riqlashning zamonaviy talablarga javob beradigan tizim shakllantirildi. Harbiy operatsiyalar amalga oshiriladigan eng muhim yo‘nalishlarda harakatchan, yaxshi ta’minlangan bo‘linmalar, birinchi navbatda, sarhadlarimiz daxlsizligi va odamlarimizning tinch-osoyishta hayotini buzishga qaratilgan har qanday yovuz kuchlarning tajovuzkor xatti-harakatlariga qat’iy zarba berishga qodir bo‘lgan maxsus bo‘linmalar tashkil etildi.
Qurolli Kuchlar qurilishi borasidagi rejalarga muvofiq, qo‘shinlarni modernizatsiya qilish va eng yangi qurol-yarog‘ hamda texnika jumladan, havo hujumidan mudofaa vositalari va vertolyotlar, bronetank qurolli, artilleriya tizimlari, aloqa vositalari, alohida va guruh bo‘lib himoyalanish vositalari bilan qayta qurollantirishga qaratilgan chora tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Konstitutsiyaga muvofiq Qurolli Kuchlarimizni malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida harbiy ta’lim sohasi ham tubdan isloh qilindi.
Mudofaa sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
boshqa davlatga qarshi harbiy kuch ishlatmaslik, tajovuzning oldini olish va uni daf etish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi tegishli shartnomalar bilan bog‘langan davlatlarga yordam ko‘rsatish hollari bundan mustasno;
xalqaro huquq normalariga muvofiq ravishda kollektiv xavfsizlik tizimlarida ishtirok etish;
harbiy-siyosiy bloklarda qatnashmaslik;
harbiy qurilishning zamonaviy urushlar va qurolli mojarolarning xususiyatiga monand bo‘lishi;
yadroviy va boshqa turdagi yalpi qirg‘in qurollarini ishlab chiqarishni, qayta ishlashni, olishni, saqlashni, tarqatishni va joylashtirishni rad etish;
Qurolli Kuchlarning, iqtisodiyotning, aholining, hududning tajovuzni daf etishga doim shay turishi;
mudofaaning yetarli darajada bo‘lishi;
harbiy xizmat sharafli ekanligini ta’minlash.
Bir qator yangi oliy harbiy ta’lim muassasalari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ularda harbiy xizmatga salohiyati yetarli, ahdi qat’iy, shijoatli, mard va jasur Vatan himoyachilarini tayyorlashga kirishildi. Harbiy kadrlar tayyorlash sohasida olib borilayotgan tizimli o‘zgarishlar asosida Qurolli Kuchlar Akademiyasining faoliyati tubdan qayta tashkil etildi.
“Xalq va armiya – bir tanu bir jondir” g‘oyasi asosidagi yangi tizim armiyadagi tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarni yuqori bosqichga ko‘tarib, harbiy xizmatchilarning ma’naviy dunyosini boyitish, intellektual salohiyatini yuksaltirishda keng jamoatchilik uchun harbiy qism va muassasalar eshigini ochib berdi. O‘z navbatida, armiyamiz mamlakatimiz aholisini, ayniqsa, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda namuna bo‘lmoqda.
Aytish joizki, yosh avlodda qat’iy hayotiy pozitsiya va Vatanimiz taqdiri uchun yuksak mas’uliyat tuyg‘usini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Shuni hisobga olib, mamlakatimizda o‘rta maktabdan boshlab oliy o‘quv yurtlarigacha qamrab oladigan uzluksiz harbiy ta’lim va vatanparvarlik tarbiyasi bo‘yicha o‘ziga xos noyob va yaxlit tizim yaratildi.
Ushbu tizimda mutlaqo yangi Qurolli Kuchlar Akademiyasi shakllantirildi, harbiy bilim yurtlari, litsey va kollejlar faoliyati takomillashtirilib, “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseylari ochildi. Ajdodlarimiz jasoratini yoshlar ongiga singdirish maqsadida “Amir Temur” va “Jaloliddin Manguberdi” sinflari tashkil etildi.
Hozirda Qurolshli Kuchlar Akademiyasi, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhamdislik, Samarqand oliy harbiy avtomabil qo‘mondonlik-muhandislik, Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtlari, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti, Harbiy tibbiyot akademiyasi 32 yo‘nalish hamda mutaxassisliklar bo‘yicha yuqori malakali ofitser kadrlar tayyorlanmoqda. Natijada mudofaa va xavfsizlik tuzilmalari safini milliy kadrlar bilan to‘ldirish imkoniyati yaratildi.
Shuningdek, muddatli harbiy xizmatga chaqirish bir yilda bir marta tashkil etilib, uni o‘tash muddati bir yil qilib belgilangani, serjantlar tarkibining sezilarli darajada kengaygani, safarbarlik rezervi xizmati joriy etilgani milliy armiyamiz qiyofasi va mazmun-mohiyatini tubdan o‘zgartirdi. Fuqarolarning muddatli xizmatni o‘tash tizimini takomilliashtirish borasida ko‘rilgan bu kabi chora-tadbirlar Qurolli Kuchlarni chaqiriluvchilar bilan to‘ldirishni sifat jihatdan yaxshilash imkonini berdi.
Milliy armiyamizda o‘z burchini o‘tagan fuqarolarning keyingi faoliyati ham davlatimizning doimiy e’tiborida. Oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishda ularga alohida imtiyozlar belgilangani, ishga joylashishda amaliy yordam ko‘rsatilayotgani ana shular jumplasidandir.
Bundan tashqari, Qurolli Kuchlarimizning salohiyati va jangovar qobiliyatini har tomonlama mustahkamlash maqsadida bugungi kun talabidan kelib chiqib, harbiy-ma’muriy okruglar tuzildi. Harbiy xizmatchilar uchun zamonaviy turarjoylar qurish, mavjud turarjoy fondini ta’mirlash, zamonaviy harbiy shaharchalarni qurish va rekonstruksiya qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilarini ipoteka kreditlari orqali uy-joy bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2021 yilda 1200 ta xonadan foydalanishga topshirildi.
1991-2016-yillarda harbiy hizmatchilarga 7 137 ta xonadon berilgan bo‘lsa, 2017-2021-yillarda bu ko‘rsatkich 10 769 ta xonadonni tashkil etdi. 2026-yilgacha mazkur ko‘rsatkichni yillik 2 295 tagacha yetkazish rejalashtirilgan.
Bugungi kunda Mudofaa vazirligi tasarrufida zamonaviy tibbiy asbob-anjomlar bilan jihozlangan, malakali tibbiy xodimlar faoliyat olib borayotgan yigirmadan ortiq davolash-profilaktika muassasalari, tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimining birlamchi bo‘g‘ini bo‘lgan ko‘p sonli tibbiyot punktlari, shu bilan birga, harbiy sanatoriylar va boshqa maxsus harbiy-tibbiyot muassasalari harbiy xizmatchilar hamda ularning oila a’zolarining sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash yo‘lida faoliyat olib bormoqda.
Mudofaa sohasining takomillashtirilishi, ushbu sohaga berilgan e’tibor natijasida O‘zbekiston yoshlari Qurolli Kuchlar safida xizmat qilishni nafaqat fuqarolik burchi sifatida, ayni chog‘da eng yuksak maqomdagi mutaxassislik sifatida qabul qilmoqda.

Yüklə 296,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin