O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” faniga kirish. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 296,23 Kb.
səhifə93/96
tarix09.10.2023
ölçüsü296,23 Kb.
#153229
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96
Seminar mavzulari — копия (6)

Jangovar salohiyatni ta’minlash. Davlatning milliy xavfsizligi ijtimoiy hayotning barcha jabhasida, jumladan, harbiy sohada yagona davlat siyosatini yuritish bilan ta’minlanadi. Bunda Mudofaa vazirligi qo‘shinlari muhim o‘rin tutadi.
Urush holati O‘zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug‘ilganda qonunda belgilangan tartibda e’lon qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga qo‘shinlar to‘satdan hujum qilgan yoki bostirib kirgan taqdirda harbiy okruglar qo‘shinlarining qo‘mondonligi va mahalliy davlat hokimiyati organlari urush holati e’lon qilinishini kutmay hujumni yoki bosqinni daf etishning barcha chora-tadbirlarini ko‘rishlari shart.
Urush davri urush holati e’lon qilingan vaqtdan yoki harbiy harakatlar amalda boshlanib ketgan paytdan e’tiboran boshlanadi hamda harbiy harakatlar to‘xtatilganligi e’lon qilingan vaqtdan e’tiboran, lekin bunday harakatlar amalda to‘xtatilganidan keyin tugaydi.
Urush davri sharoitida Qurolli Kuchlar Oliy bosh qo‘mondoni tomonidan Qurolli Kuchlarga va mamlakat iqtisodiyotiga rahbarlikni amalga oshiradigan vakolatli organ tuzilishi mumkin.
Urush holati e’lon qilinishi yoki favqulodda holat joriy etilishi bilanoq umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qilinishi mumkin.
Safarbarlik tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
Hududiy mudofaa O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini himoyalash va mudofaa qilish, aholini, obyektlar va kommunikatsiyalarni dushman xurujlaridan, qo‘poruvchilik va terrorchilik harakatlaridan himoya qilish maqsadida, shuningdek favqulodda holat rejimini saqlab turish uchun tashkil etiladi va amalga oshiriladi.
Hududiy mudofaani ta’minlashga jalb etiladigan kuchlarning vazifalari, hamkorlikdagi harakatlarining tashkil etilishi va tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
Cheklangan doiradagi harbiy nizolar (harakatlar va qurolli to‘qnashuvlar) qurolli mojarolar deb hisoblanadi, bunda urush holati e’lon qilinmaydi.
Qurolli mojarolar kelib chiqqan va O‘zbekiston Respublikasi bu mojarolarga tortilgan taqdirda Qurolli Kuchlar darhol ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘radilar.
Prezidentimizning bevosita e’tibori va tashabbusi tufayli nisbatan qisqa tarixiy davrda qurollarning yangi namunalari va harbiy texnika bilan jihozlangan qo‘shinlarning qayta tashkili amalga oshirildi, ularning operativ va jangovar tayyorgarlik darajasi yuksaltirildi. Qurolli Kuchlarning turli bo‘linmalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik mustahkamlandi, eng zamonaviy talablarga javob beradigan harbiy shaharchalar va poligonlar infratuzilmasi barpo etildi.
Ko‘rilgan choralar natijasida milliy armiyamizning jangovar shayligi va qobiliyati sezilarli darajada o‘sdi. Bugun ishonch bilan aytish mumkinki, Qurolli Kuchlarimiz davlatimiz suvereniteti va hududiy yaxlitligini, tinch hayot va xavfsizligini himoya qilishga qodir kuchga ega.
Mintaqadagi murakkab harbiy-siyosiy vaziyatdan kelib chiqib, Qurolli Kuchlarning jangovar salohiyatini yanada oshirishga qaratilgan ishlar davom ettiriladi. Alohida yo‘nalishlarda qo‘shinlarning jangovar tarkibini mustahkamlash, turli ifodalarga mansub qo‘shinlar va harbiy bo‘linmalarning o‘zaro hamkorligi va qo‘shma tayyorgarligi samaradorligini yaxshilash, ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish va boshqa ko‘plab tadbirlarni amalga oshirishni rejalashtirganmiz. Qurolli Kuchlar jangovar salohiyatining yanada mustahkamlanishi ishonchli himoya qilish imkonini beradi.



Yüklə 296,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin